Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Kishi sajdaga bosh qo‘yayotib: «Menga xalal beryapsan, sal
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
108-bob. Kishi sajdaga bosh qo‘yayotib: «Menga xalal beryapsan, sal
yig‘ishtirinibroq yotg‘il!» — deb xotinini turtib qo‘yishi mumkinmi? Umar ibn Ali naql qiladilar: «Oisha onamiz «Namozxonning oldidan it, eshak va xotin kishi o‘tsa, namoz buzilg‘aydir, degan kishilarga qarata: «Juda ham yomon o‘xshatish qildingiz, bizni it va eshakka teng qildingiz! Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 108 o‘qiyotganlarida u kishining qibla tomonlarida yonboshlab yotganim esimda. Sajda qilmoqchi bo‘lsalar, oyog‘imga turtib qo‘yar erdilar, men oyog‘imni yig‘ib olar erdim»,— dedilar». 109-bob. Ayol kishining namozxon ustidagi biror ozor berib turgan narsani olib tashlashi Abdulloh ibn Mas’ud dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’batulloh yonida namoz o‘qiyotgan erdilar. Quraysh mushriklaridan bir to‘dasi o‘zlarining har doim yig‘ilishadigan joylarida gaplashib o‘tirishardi. Nogahon, ulardan biri: «Manavining ibodatni ko‘z-ko‘z qilmog‘ini ko‘ringiz! Qaysi biringiz falonchilarning qushxonasidan ichak-chavoq olib kelib, u sajdaga borganda, ikki kuragining o‘rtasiga tashlay olursiz?» — dedi. Shunda ularning eng badbaxti turib ichak-chavoq olib kelgani ketdi. Olib kelgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sajda qilmoqlarini poylab turib, ikki kuraklari o‘rtasiga tashladi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajdada turib qoldilar. Mushriklar bir-birlariga qarab qotib-qotib kulishdi. Bir kishi buni payg‘ambarimizning qizlari Fotimaga borib aytdi. Qizaloqlari yugurib kelganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajdada turar erdilar. Fotima ichak-chavoqlarni u kishining yelkalaridan olib tashladi-da, mushriklarni qarg‘adi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozni tugatganlaridan so‘ng: «Ilohi, Qurayshni halokatga uchratg‘il!»—deb uch marta duoi bad qildilar. Keyin (bir oz o‘ylab turgach): «Ilohi, Amr ibn Hishomni, Uqba ibn Rabi’ani, Shayba ibn Rabi’ani, Valid ibn Utbani, Umayya ibn Xalafni, Uqba ibn Abu Mu’itni, Ammora ibn Validni halok qilg‘il»,— deb nomma-nom aytdilar. Ollohga qasam ichib ayturmenki, ularning hammasini Badr jangida o‘lib yotganini ko‘rdim, ularni sudrab olib borib suvsiz quduqqa tashladilar». «Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quduqqa tashlanganlarni oxiratda la’natlag‘aysan!» deb Ollohga iltijo qildilar»,— deydilar Abdulloh raziyallohu anhu. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling