Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namozning fazilati uning o‘z vaqtida ekanlig‘idadir


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

4-bob. Namozning fazilati uning o‘z vaqtida ekanlig‘idadir 
Abu Umar va Shayboniy raziyallohu anhumo rivoyat qiladirlar: «Abdulloh raziyallohu 
anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: «Bandalarning qaysi amali Olloh taologa xush 
kelg‘aydir?»—deb so‘radi. Janob Rasululloh: «O’z vaqtida o‘qilg‘an namoz»,— dedilar. 
Abdulloh: «Undan keyin-chi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Ota-onaga itoatli 
bo‘lmoqlig‘»,— dedilar. «Yana qaysi?» — dedi Abdulloh. «Olloh yo‘lida jihod 
qilmoqlig‘»,— dedilar Janob Rasululloh. «Bularni menga Janob Rasulul:loh aytganlar, 
agar unga zarracha qo‘shib-chatigan bo‘lsam, xudo ursin!» — degandi Abdulloh». 
5-bob. Besh vaqt namoz gunohlarga kafforatdir 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
odamlarga: «Birortangiz uyingizning oldidan oqib o‘tadirg‘an daryoda (yokim soyda) har 
kuni besh mahal yuvinsangiz, badanimda kir qolmish, deb ayturmisiz?» — dedilar. 
Odamlar: «Sira ham kir qolmag‘aydir»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Besh vaqt namoz 
ham shunga o‘xshash bo‘lib, Olloh taolo ular tufayli gunohlarni kechirg‘aydir»,— deb 
aytdilar». 
6-bob. Namoz vaqtini boy bermoq haqida 
Raylon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Anas raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu 
alayhi va sallam davrlaridagidan ko‘ra yaxshiroq narsani bilmasman, ul namoz deb 
atalg‘aydir»,— dedilar. Keyin: «Namozni boy bermoq birlan undan tegadirgan savobni 
ham boy berib qo‘ymadingizmi!?» — deb qo‘shib qo‘ydilar». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
111
Zuhriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Damashqda Anas ibn Molikning huzurlariga 
kirsam, yig‘lab o‘tirgan erkanlar. «Nechun yig‘laydirsiz?»—dedim. Ul kishi: «O’zim bilgan 
narsalar ichinda namozdan ko‘ra yaxshiroq narsani bilmasman, bul namoz ersa, boy 
berilmishdir»,— deb aytdilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling