Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Asr vaqti to‘g‘risida


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

11-bob. Asr vaqti to‘g‘risida 
Abu Usoma raziyallohu anhu Hishomdan naql qilib: «Janob Rasululloh asr o‘qiganlarida 
Oisha onamizning hujralaridan quyosh hali chiqib ketmagan erdi»,— deydilar. 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
113
Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asrni quyosh hali hujramdan 
chiqib ketmay turib, o‘qir erdilar»,— dedilar. 
Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam quyosh hali hujramdan chiqib 
ketmay turib va hujramg‘a soya tushmay turib, asr o‘qidilar»,— dedilar. 
Oisha onamiz: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam quyosh hali hujramga tushib turganda, 
hujramda soyadan asar ham yo‘q paytda asr o‘qir erdilar»,— dedilar. 
Sayyor ibn Saloma rivoyat qiladilar: «Men va otam Abu Barzaning huzurlariga kirdik. 
Otam u kishidan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam besh vaqt namozni qandoq o‘qir 
erdilar?» — deb so‘radilar. Ul kishi: «Sizlar uvlo deb ataydirgan peshinni kun oqqan 
paytda, asrni ersa birortamiz shaharning eng chekkasiga borib qaytganimizda ham 
kunning tafti hali o‘lmagan paytda o‘qir erdilar (shom haqida aytgan gaplarini esimdan 
chiqarib qo‘yibdirman), sizlar atama deb ataydirgan xuftonni ersa kechiktirib o‘qimoqni 
afzal ko‘rar erdilar hamda xuftondan oldin uxlamakni va undan keyin so‘zlashib 
o‘ltirmakni yomon ko‘rar erdilar. Bomdodni kishi yonida o‘tirgan namozxonni taniydirgan 
darajada havo yorishganda o‘qib bo‘lar erdilar va oltmishtadan yuztagacha oyat tilovat 
qilur erdilar»,— dedilar». 
Anas ibn Molik: «Biz asr o‘qiyotgan erdik, keyin bir kishi Baniy Amr ibn Avf qavmi oldiga 
borib qarasa, ular ham asr o‘qishayotgan erkan, — dedilar. 
Sahl ibn Hunayf raziyallohu anhu Abu Umomadan naql qiladilar: «Biz Umar ibn Abdulaziz 
birlan birga peshin o‘qidik, so‘ng chiqib, Anas ibn Molikning huzurlariga kirdik, Ul kishi 
asr o‘qiyotgan erkanlar Men: «Ey amaki, hozir siz qay namozni o‘qidingiz? — dedim. Ul 
kishi: «Asr o‘qidim, Janob Rasululloh biz birlan shundrq namoz o‘qir erdilar»,— deb 
javob qildilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling