Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. (Yana) asr vaqti qaqida


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

12-bob. (Yana) asr vaqti qaqida 
Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam quyosh 
balanddaligida, hali uning tafti so‘nmagan paytda asr o‘qir erdilar. Keyin, yo‘lovchi 
(shaharning) eng chekkasiga borib, qaytsa ham hanuz quyosh balandda turgan bo‘lur 
erdi. Shaharning ayrim chekka joylari birlan masjid oralig‘i to‘rt mil yokim shunga yaqin 
kelur erdi»,— dedilar. 
Ibn Shihob raziyallohu anhu Anas ibn Molikdan naql qilib: «Biz asr o‘qir erdik. Keyin, 
birortamiz Masjid ul-Qabo’ga borib qaytganimizda ham Quyosh hanuz balandda turgan 
bo‘lar erdi»,— deydilar. 
13-bob. Asrni qazo qilib qo‘ygan kishining gunohi haqida 
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Asrni qazo qilib qo‘ygan odam bola-chaqasiyu, mol-dunyosidan ajragan kishi 
yanglig‘dir»,— deb aytganlar». 
Abu Abdulloh: «Asrni qazo qilib qo‘ysangiz, biror kishingiz o‘ldirilgan yokim mol-
dunyoingiz o‘g‘irlangan yanglig‘ katta yo‘qotish qilgaydirsiz»,—deydilar. 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
114
14-bob. Kimki asr o‘qimasa... 
Abu Mulayh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Burayda birlan birga Zu-G’aym kuni 
gazotda bo‘ldik, o‘shanda ul kishi: «Asrni ertaroq o‘qingiz, Janob Rasululloh: «Asr 
o‘qimagan kishi biror ishi barbod bo‘lgan kishi yanglig‘dir, deb aytganlar»,— dedilar». 
15-bob. Asr namozining fazilati haqida 
Jarir raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan 
birga erdik. Tunda Oyga (ya’ni, to‘lin Oyga) qarab: «Keyinchalik, sizlar mana shul Oyni 
ko‘rib turganingizdek rabbingizni ko‘rgaydirsizlar, uni ko‘rurmen desangiz, bir-biringizni 
ranjitmangiz! Agar kun chiqmog‘i va kun botmog‘idan oldingi namozlarni shaytonga boy 
bermaslik qo‘lingizdan kelg‘aydir, ularni doim o‘qingiz!»—dedilar-da, «Quyosh 
chiqmog‘idan burun ham, Quyosh botmog‘idan burun ham, rabbingni maqtab tasbih 
aytg‘il!»—deb qiroat qildilar». 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 
«Sizlarni maloikalar kechayu-kunduz kuzatib yurg‘aydirlar. Bomdod va asrda kelib 
to‘planishg‘aydir, so‘ng sizlar birlan birga bo‘lgan maloikalar Arshi A’loga chiqadirlar, 
Olloh taolo maloikalardan ko‘ra yaxshiroq bilsa ham: «Bandalarimni nechuk holatda 
tashlab keldingiz?» — deb ulardan so‘rag‘aydir. Maloikalar: «Kelayotganimizda ham, 
borganimizda ham namoz o‘qiyotgan erdilar»,— deb aytg‘aydirlar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling