Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Xuftonning fazilati
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22-bob. Xuftondan oldin uxlamak makruxdir
21-bob. Xuftonning fazilati
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Tunlardan birida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xuftonga imomlik qilmoqlari lozim erdi. Bu voqea islom tarqalmasidan oldin bo‘lgan erdi. O’shanda Janob Rasululloh hadeganda masjidga chiqavermadilar, hatto Hazrat Umar: «Xotinlar va bolalar uxlab qoldilar»,— deb ovoz qildilar. Shundan keyin Janob Rasululloh masjidga yig‘ilgan namozxonlarga qarab: «Bul namozni (xuftonni) Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 116 sizlardan bo‘lak yer yuzida hech kim o‘qiydirmen, deb muntazir bo‘lib o‘tirgani yo‘qdir»,— dedilar». Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men va men birlan kemada birga kelgan sheriklarim Bathon degan joyga kelib tushgan erdik, Nabiy sallallohu alayhi va sallam ersalar Madinada erdilar. Ul kishi har kecha bizlardan bittamizga (navbatma-navbat) xuftonga imomlik qilmakni tayinlar erdilar. Men va mening sheriklarim ul kishi birlan kelishib oldik, ul kishi ba’zi bir yumushlari bo‘lganligi sababli tunning yarmigacha imomlik qildilar. Keyin, Janob Rasululloh chiqib biz birlan namoz o‘qidilar. Namozni o‘qib bo‘lgach, o‘sha yerda hozir bo‘lganlarga qarab: «Olloh taolo sizlarga ato etgan ne’matdan o‘zgalarni ham sekingina xabardor qilingiz, shu soatda sizlardan boshqa hech kim namoz o‘qiyotgani yo‘q!»— dedilar». 22-bob. Xuftondan oldin uxlamak makruxdir Abu Barza raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xuftondan oldin uxlamakni va xuftondan keyin so‘zlashib o‘ltirmakni makruh der erdilar»,— deydilar. 23-bob. Xuftondan oldin charchab uxlab qolgan kishi xususida Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xuftonga imomlik qilmaklari lozim erdi, (uxlab qolib) hadeganda chiqavermadilar. Shunda Hazrat Umar: «Xotinlaru bolalar uxlab qoldi»,— deb ovoz qilib u kishini chaqirdilar. Janob Rasululloh chiqib: «Yer yuzida sizlardan boshqa hech kim xufton o‘qiydirmen, deb muntazir bo‘lib o‘ltirgani yo‘qdir»,— dedilar. O’sha vaqtlarda Madinadan boshqa hech qaerda namoz o‘qilmas erdi. Xuftonni shafaq yo‘qolgandan boshlab, tunning birinchi qismining uchdan biri oralig‘ida o‘qishar erdi». Abdulloh ibn Umar raziyalohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunlardan birida xufton vaqtida band bo‘lib qolib, unga bir oz kechikdilar, hatto biz u kishini kutib masjidda uxlab qoldik, bir uyg‘onib, keyin yana uxlab qoldik va yana uyg‘ondik, shundan keyingina Janob Rasululloh bizning oldimizga chiqdilar, so‘ng bizga qarab: «Yer yuzida hech kim xufton o‘qiydirmen, deb muntazir bo‘lib o‘tirgani yo‘qdir», — dedilar». Ibn Umarning o‘zlari, uyqu g‘oliblik qilib, xuftonni qazo qilib qo‘ymakdan qo‘rqmasalar, undan oldin yokim undan keyin mizg‘ib olaverar erdilar. Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunlardan birida xuftonga kechikdilar, hatto odamlar uxlab qoldilar, uyg‘onib, yana bir uxlab turdilar. Shunda Umar ibn Xattob turib, «Namoz!» deb ovoz qildilar. Ato va ibn Abbos: «Shundan keyin Janob Rasululloh ikki qo‘llari boshlarida, sochlaridan suv tomgancha chiqib keldilar-da, «Agar ummatimga mashaqqat bo‘lmog‘ini xohlaganimda, xuftonni shu tariqa o‘qimoqni buyurar erdim, dedilar», — deb aytishdi». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling