Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Masjidga borib ovqatga taklif qilgan va unga «xo‘p» deb javob qilgan


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

43-bob. Masjidga borib ovqatga taklif qilgan va unga «xo‘p» deb javob qilgan 
kishilar 
Abdulloh ibn Umar aytib berganlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
sovutilgan otlar (mingan chavandozlar) o‘rtasida Hafyo’ degan joydan Saniyyat ul-Vido’ 
degan joygacha, sovutilmagan otlar (mingan chavandozlar) o‘rtasida esa Saniyyat ul-
Vido’dan to Baniy Zurayh masjidigacha poyga uyushtirdilar». Poygachilar orasida 
Abdulloh ham bor edilar. 
Ishoq ibn Abdullohga Anas aytib bergan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamni masjidda bir jamoa odamlar orasidan topdim, yonlariga bordim. Shunda 
menga: «Abu Talha yubordimi seni?» — dedilar. «Ha»,— dedim. «Ovqatgami?»—
dedilar. «Ha»,— dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yonlaridagi kishilarga: 
«Turingiz, ketdik!» — deb o‘rinlaridan qo‘zg‘aldilar. Men ham ular bilan birga yo‘l oldim». 
44-bob. Masjidda qozilik va li’on qilmoq 
Sahl ibn Sa’d aytib berganlar: «Bir kishi: «Yo Rasululloh, nima deysiz, kimki xotini birlan 
yot zrkakning yotganini ko‘rsa, o‘ldiradimi?»— deb so‘radi. O’sha kishi birlan xotini 
masjidda bizga li’on qildi (ya’ni, har biri o‘z davosini aytib, «Agar yolg‘on so‘zlasam, 
menga Ollohning la’nati bo‘lsin!» — deyishdi), men buning shohidiman». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
45-bob. Agar kishi taklifga binoan birovning uyiga kirsa, pok yoki iflosligini 
tekshirmay namozini o‘zi xohlagan joyda o‘qiyveradimi yoki xonadon sohibi 
ko‘rsatgan joyda o‘qiydimi? 
Utbon ibn Molik aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening 
hovlimga keldilar va: «Uyingning qaerida namoz o‘qimog‘imni istaydursen?» — dedilar. 
Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir joyni ko‘rsatdim. Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam takbir aytib, namoz o‘qiy boshladilar. Biz orqalarida saf turib iqtido 
qildik. Ikki rak’at namoz o‘qidilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling