Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
180
(Hishom: «O’sha munofiqqa aytishadirgan ogir gaplarni Fotima menga aytgan erdi, lekin 
yodimdan ko‘tarilibdir»,- deydi)».
Amr ibn Tag‘lib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi' va sallamga o‘lja mollar 
va asirlar keltirildi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ljalarni taqsimladilar. 
Ba’zi kishilarga berdilar, ba’zilariga bermadilar. Shunda o‘lja tegmagan kishilar norozi 
bo‘layotganini aytishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hamdu sano aytib, 
so‘ng «Ammo ba’d («Andin so‘ng ersa») deb qo‘ydilar-da, «Olloh haqqi-hurmati, men 
ba’zi bir kishiga o‘lja bergayman, ba’zisiga ersa, bermagayman. Lekin, o‘lja olmagan 
kishi menga o‘lja olgan kishidan ko‘ra mahbubroqdir. Qalbida qanoatsizlik, mol-dunyoga 
hirsi borligini sezgan kishimga o‘lja bergayman. Olloh qalblariga ko‘zi to‘qlik va qanoat jo 
qilgan kishilarni ersa, yanada nazari to‘q va qanoatli bo‘lmoqqa undagayman, Amr ibn 
Tag‘lib o‘sha sabrlilar toifasidandir»,- dedilar. Xudo haqqi, Janob Rasulullohning bu 
gaplari menga har qancha molu dunyodan ortiq erdi». 
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni yarim 
kechada masjidga chiqib namoz o‘qidilar, odamlar ham ularga iqtido qilib, nafl o‘qishdi. 
Tong otgach, odamlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yarim kechada masjidga 
chiqib namoz o‘qidilar»,-deb o‘zaro gaplashishdi. Ertasiga kechqurun undan ham ko‘p 
odam yig‘ilib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qidilar. Tong 
otgach, yana shu haqda o‘zaro so‘zlashdilar. 
Uchinchi kechada masjid ahli juda ham ko‘payib ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam masjidga chiqib namoz o‘qydilar, odamlar ham o‘qishdi. To‘rtinchi kecha 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqmadilar, faqat tong otganda bomdod 
namoziga chiqdilar. Namozni o‘qib bo‘lgach, Ollohga hamdu sano aytganlaridan so‘ng 
«Ammo ba’d» deb so‘z boshladilar: «Sizlarning bu sa’yu kushishlaringiz, albatta, yaxshi, 
biroq kechasi namoz o‘qimoq farz bo‘lib qolib, keyin qiynalib qolmangiz, dedim». 
AbuHumayd as-So’idiy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
namozdan keyin o‘rinlaridan turib Ollohga munosib hamdu sano va tahlil aytganlaridan 
so‘ng, «Ammo ba’d» deb so‘z boshladilar». 
Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan 
turib hamdu sano aytayotganlarida «Ammo ba’d» deganlarini eshitdim».
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam enlariga izor kiyib, 
boshlariga katta salla o‘rab, so‘nggi marta minbarga chiqdilar, Ollohga hamdu sano 
aytganlaridan so‘ng: «Ey odamlar, menga yaqinroq kelingiz!» -dedilar. Odamlar Janob 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga to‘plandi. Rasululloh «Ammo ba’d» 
deb so‘z boshladilar: «Mana bu ansoriylar qabilasi kelajakda ozayg‘aydir, (boshqa) 
odamlar ersa, ko‘payg‘usidir. Muhammad sallallohu alayhi va sallam ummatiga mansub 
mansabdor odamning biror kishiga zarari yokim foydasi tegsa, yaxshiligini qabul qilib, 
yomonligini afv etsinlar!» 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling