Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Hayit kuni duo aytmoq


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

3-bob. Hayit kuni duo aytmoq 
Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
xutba aytib turib: «Albatta bugun (hayit kuni) birinchy bo‘lib qiladirgan ishimiz - namoz 
o‘qimoq, keyin ersa, borib qurbonlik qilmoqdir. Kimki shunday qilsa, bizning 
sunnatimizni bajo keltiribdir!» - dedilar». 
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Huzurimga (otam) Abu Bakr kirdilar. Oldimda ikkita 
ansoriy cho‘ri qiz ansoriylarning «Buos» kuniga bag‘ishlangan baytlarini ashula qilib 
aytayotgan erdi. Lekin, ikkala cho‘ri qiz ham ashulachi ermas erdi. Shunda Abu Bakr 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
187
Siddiq: «Shaytonning surnaylari (kelib-kelib) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
uylarida chaling‘aydirmi?» - deb koyidilar. Bu voqea hayit kuni bo‘lgan erdi, O’shanda 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Abu Bakr, har bir qavmning o‘z bayrami 
bordir, bu kun bizning bayramimiz!» -degandilar». 
4-bob. Ramazon hayiti kuni hayit namoziga chiqishdan oldin ovqatlanmoq 
Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir necha 
xurmo yeb olmasdan hayit namoziga chiqmas erdilar». 
Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasulullox. sallallohu alayhi va sallam xurmoni 
toqlab (1, 3, 5) yer erdilar». 
5-bob. Qurbon hayiti kuni hayit namozidan so‘ng ovqatlanmoq 
Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki 
Hayit namozidan avval qurbonlik qilgan ersa, qayta qurbonlik qilsin!» - dedilar. Shunda 
bir kishi: «Bu kun ishtaha birlan go‘sht yeydirgan kun!» deb qo‘shnilari to‘g‘risida 
gapirdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning o‘z qo‘shnilari to‘g‘risidagi so‘zini 
ma’qullagandek bo‘ldilar. Keyin, boyagi kishi: «Menda ikki yashar bo‘lay deb qolgan bir 
echki bordir, u myonga ikkita qo‘ydan ham afzaldir»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallam o‘sha echkini qurbonlik qilmoqqa ruxsat berdilar. Echkini qurbonlik qilmakka 
faqat o‘sha kishiga ruxsat berdilarmi yokim hammagami, bilmayman». 
Barro ibn Ozib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurbon hayiti 
kuni hayit namozidan so‘ng xutba ayta turib: «Kimki biz singari namoz o‘qib, qurbonlik 
qilgaydir, qurbonligi qabul bo‘lg‘aydir, ammo kimki hayit namozidan avval qurbonlik 
qilg‘aydir, hisobga o‘tmag‘aydir»,- dedilar, Abu Burda ibn Nayyor (Barroning tog‘asi): 
«Men qo‘yimni hayit namozidan ilgari so‘ydim. Bugun yeb~ichadirgan kun erkanligini 
bilganim uchun, qo‘yimni qurbonlik qilinadirgan qo‘ylar ichida birinchi bo‘lsin, deb 
uyimda so‘ymoqni afzal ko‘rdim, shul sababdan qurbonlik qo‘yimni hayit namoziga 
kelishdan avval so‘yib, go‘shtidan pishirib, ovqatlanib keldim»,- dedi. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam: «Qo‘ying qurbonlik ermas, go‘shtga so‘yilgan qo‘y bulibdir»,- 
dedilar. Ibn Nayyor: «Yo Rasululloh, bizda ikki yashar bo‘lay deb qolgan bir echki bordir, 
u menga ikkita qo‘ydan ham afzalroqdir, o‘shani qurbonlik qilsam, kifoya qilg‘aydirmi?» - 
dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ha, senga kifoya qilg‘aydir. Sendan boshqa 
hech kimga ikki yashar bo‘lay deb qolgan echki qurbonlikka o‘tmag‘aydir»,-dedilar (Ikki 
yoshga to‘lgan echki qurbonlikka yaraydir, lekin ikki yoshga to‘lmagani 1-yaramaydir)». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling