Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Hayit namoziga ertaroq bormoq


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

10-bob. Hayit namoziga ertaroq bormoq 
Abdulloh ibn Busur: «Biz xuddi shu vaqtda hayit namozini o‘qib bo‘lgan bo‘lur erdik, bu 
nafl namoz o‘qimoq mumkin bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri kelg‘aydir»,- dedi. 
Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurbon 
hayiti kuni bizga xutba ayta turib: «Albatta, mana shu kunimizda eng birinchi qiladirgan 
ishimiz - namoz o‘qig‘aymiz, so‘ng qaytib borib qurbonlik qilg‘aydirmiz. Kimki shunday 
qilg‘aydir, shubhasiz bizning sunnatimizni ado etgan bo‘lur. Ammo, kimki hayit 
namozidan avval qo‘y so‘ysa, oilasiga go‘sht tayyorlab bergan bo‘lib, qurbonlik qilgan 
hisobiga o‘tmag‘aydir»,- dedilar. Shunda tog‘am Abu Burda o‘rinlaridan turib: «Yo 
Rasululloh, men hayit namozidan avval qo‘yni so‘yib qo‘yibman. Menda ikki yoshga 
yetmagan bir echkicha bordir»,- dedilar.
Rasululloh: «O’rniga o‘sha echki bolasini qurbonlik qila qolg‘il, lekin bu sendan keyin 
hech kimga ruxsat qilinmaydir!» -dedilar». 
11-bob. (Tashriq kunlarida) 1-4-hayit kunlarida qilinadirgan amali solihlarning 
fazilati 
Olloh taolo: «Muayyan kunlarda Ollohni zikr qilingiz!» - deganda, Zulhijja oyining 
birinchi o‘n kunligini, «... va sanoqli kunlarda» - deganda, hayitning 1-4-kunlarini 
tushunmoq kerak»,- deydilar Ibn Abbos. Ibn Umar va Abu Hurayra Zulhijja oyining 1-


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
190
10-kunlari bozorga chiqib takbir aytishar erdi, odamlar ham ularga qo‘shilib takbir 
aytishar erdi. Muhammad ibn Ali nafl namozidan keyin ham takbiri tashriq aytdilar». 
Ibn Abbos quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Zulhijja 
oyining birinchi 10 kunida qilinadirgan amallardan afzalroq amali solih yo‘qdir!» - 
dedilar. «Yo Rasululloh, jihoddan ham afzaldirmi?» -deyishdi sahobalar. «Ha, jihoddan 
ham!-dedilar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam - o‘z jonu molini xatarga 
qo‘yib, Olloh yo‘liga tikib chiqqan va molidan hech narsani qaytarib olib kelmagan kishi 
afzaldir!» 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling