Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Minbar bo‘lmagan namozgohda va’z aytmoq


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

6-bob. Minbar bo‘lmagan namozgohda va’z aytmoq 
Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ro‘za hayiti 
va Qurbon hayitida namozgohga chiqar erdilar. Dastlab namoz o‘qir erdilar, so‘ng 
o‘rinlaridan turib odamlarga yuzlanar erdilar. Odamlar ersa, saf tortib o‘tirishar erdi. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularga va’z aytar erdilar, vasiyat qilar erdilar 
hamda halollikka da’vat etib, haromdan hazar aylamakni buyurar erdilar. Agar biror 
tomonga askar yubormoqchi bo‘lsalar, buyurar erdilar. So‘ng, Madinaga qaytar erdilar. 
Odamlar shu tartibga ko‘nikib qoldilar. Bu tartib Madina amiri Marvon davrigacha davom 
etdi. Bir kuni men va Marvon, Qurbon hayitimidi, Ramazon hayitimidi, namozgohga 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
188
chiqdik. Namozgohga yetganimizda Kasir ibn Salt yasab bergan minbarga nazarim 
tushdi. Shu vaqt Marvon namoz o‘qimasdan avval minbarga chiqmoqchi bo‘ldi. Men 
uning etagidan tortdim, ul esa etagini mendan tortib olib, minbarga ko‘tarildi-da, 
namozdan avval xutba aytdi. So‘ng. men unga: «Xudo haqqi, o‘zgartirib yubordingiz!» - 
dedim. Marvon: «Ey Abu Sa’id, bilgan narsalarimiz unut bo‘ldi!»-dedi. Men unga: 
«Bilgan narsalarim, xudo haqqi, bilmagan narsalarimdan afzalroqdir!» - dedim. Marvon: 
«Odamlar namozdan keyin xutbaga quloq solib o‘tirmay qo‘ydilar, shuning uchun 
xutbani namozdan avval aytdim»,- dedi». 
7-bob. Hayit namoziga piyoda va ulovda bormoq hamda xutbadan avval azon 
ham, takbir ham aytmay, namoz o‘qimoq 
Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurbon hayiti va Ro‘za 
hayitida namoz o‘qib, so‘ng xutba aytar erdilar»,-deydilar. 
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ro‘za hayiti 
kuni namozgohga chiqdilar. Avval namoz o‘qidilar, so‘ng xutba aytdilar. Abdulloh ibn 
Zubayr xalifalikni qabul qilib, bay’at (qasam) qilgan kuni Ibn Abbos yuborgan odam 
kelib, unga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida hayit namozida 
azon o‘qilmas erdi.va xutba namozdan keyin aytilar erdi»,- deb aytgan ekan». 
Jobir ibn Abdulloh va Ibn Abbos: «Ro‘za va Qurbon hayitlarida azon aytilmas erdi»,- 
deydilar. 
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayit kuni 
o‘rinlaridan turib, avval namoz o‘qidilar, keyin erkaklarga xutba aytdilar. Xutbadan 
so‘ng, xotinlar yoniga borib Bilolning qo‘liga tayangan holda va’z aytdilar. Bilol ersa
etagini tutib turar erdi, xotinlar unga iona tashlar erdilar. Ibn Jurayj: «Hozirgi kunda 
ham imomning xotinlarga va’z aytmog‘i lozimmi?» - deb Atoga murojaat qildi. Ato: «Ha 
albatta, ular shunday qilmoqlari lozim. Lekin, nechun bunday qilmag‘aylar, 
bilmasman»,- dedi». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling