Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Tik turib va ot mingan holda salot ul-xavf o‘qimoq


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

42-bob. Tik turib va ot mingan holda salot ul-xavf o‘qimoq 
Ibn Umar:«Aralashib ketgan vaqtda (ya’ni, dushmanlar har tomondan hujum qilib 
turganda) tik turib namoz o‘qilg‘aydir, chunkim Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Dushman xavfi yana ham kuchayib ketsa, tik turib va ot mingan holda namoz 
o‘qiyveringiz!» deb aytganlar»,- deydilar. 
43-bob. Salot ul-xavf o‘qilayotganda namozxonlar bir-birlarini qo‘riqlaydilar 
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bir guruh 
kishilar namoz o‘qimakka turdilar. Rasululloh takbiri tahrima aytdilar, qolganlar ham 
aytishdi. Rasululloh ruku’ qildilar, qolganlar ham ruku’ qilishdi, Rasululloh sajda qildilar, 
qolganlar ham sajda qilishdi. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkinchi 
rak’atni o‘qimakka turdilar. Birga namoz o‘qigan guruh ikkinchi guruhga joy bo‘shatib, 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
184
ularni qo‘riqlab turdi. Ikkinchi guruh Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga 
ruku’ va sajda qildi. Shu tariqa galma-galdan bir-birini qo‘riqlab turib, hamma namoz 
o‘qib oldi». 
44-bob. Qal’ani zabt etish va dushmanga hujum boshlash oldidan o‘qiladirgan 
namoz 
Al-Avzo’iy bunday deydilar: «Agar qal’ani fath qilishga kirishilsa-yu, namoz o‘qishga 
imkon bo‘lmasa, har bir kishi imo-ishora birlan o‘zi alohida namoz o‘qib olg‘aydir. Agar 
imo-ishora birlan ham namoz o‘qish imkoni bo‘lmasa, urush susayguncha namozni 
kechiktirg‘aydir. Urush susaygach, ikki rak’at namoz o‘qiydir. Agar bunga ham imkoni 
bo‘lmasa, bir rak’at va ikki sajda qilib namoz o‘qiydir. Mobodo buni ham qilolmasa, unda 
quruq takbirning o‘zi namoz o‘rniga o‘tmaydir. Namozni dushman xavfi yo‘qolgunicha 
kechiktirgaydir». 
Anas raziyallohu anhu bu xususda vunday deydilar: «Tastur qal’asini olishda 
qatnashdim. Tong otar paytida jang avjiga chiqib, sahobalar to kun yoyilguncha namoz 
o‘qiy olmadilar. Kun yoyilgandan so‘ng namoz o‘qidik. Biz bilan birga Abu Muso al-
Ash’ariy ham bor erdilar. So‘ng, qal’a fath qilinib, aho,lisi islomga kirgizildi. O’sha qazo 
bo‘lgan namoz o‘rniga butun dunyoni va undagi bor narsalarni bersalar ham men 
xursand bo‘lmas erdim!». 
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Xandaq qazilgan kuni (hijratning 4-nchi yili) Hazrat 
Umar kelib Quraysh kofirlarini (mo‘‘minlarni namozdan qoldirgani uchun) so‘ka 
boshladilar. So‘ng: «Yo Rasululloh, Quyosh botib ketayozdi, men hali asrni o‘qiganim 
yo‘q»,- dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohni o‘rtaga qo‘yib 
ayturmenkim, men ham haligacha o‘qiganim yo‘q»,- dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallam Bathon degan joyda (tuyadan) tushib, tahorat oldilar va kun botgandan keyin 
namozni (asrni), undan so‘ng namozi shomni o‘qidilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling