Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Minoda namoz o‘qimoq


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

2-bob. Minoda namoz o‘qimoq 
Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga 
Minoda ikki rak’at qasr o‘qidim. Abu Bakr Siddiq birlan ham, Umar va endigina amirlik 
qilayotgan Usmon birlan ham ikki rak’at qasr o‘qiganman. Keyin, Usmon to‘liq 
o‘qiydirgan bo‘ldilar». 
Horisa ibn Vahb: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan birga Minoda to‘rt 
rak’at o‘rniga ikki rak’at namoz o‘qidilar»,- deydilar. 
Abdurrahmon ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Usmon ibn Affon biz birlan birga Minoda to‘rt 
rak’at kamoz o‘qidi. Buni Abdulloh ibn Mas’udga yetkazishdi. Shunda Abdulloh ibn 
Mas’ud shul xususdagi bir voqeani eslab, bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallam birlan birga Minoda farzni to‘rt rak’at o‘rniga ikki rak’atdan o‘qidik, Abu Bakr 
birlan ham, Umar birlan ham Minoda ikki rak’atdan o‘qidik. Koshki erdi, farz to‘rt rak’at 
o‘rniga ikki rak’at deb qabul qilingan bo‘lsa erdi!» 
3-bob. Rasululloh sallallohu alayqi va sallam hajda necha kun turdilar? 
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va ul kishining 
sahobai kiromlari Makkai Mukarramaga Zulhijja oyining 4-nchi kuni tongda yetib 
keldilar. 4-nchi kunning peshinidan boshlab 8-nchi kunning asrigacha haj uchun talbiya 
aytdilar. Janob Rasululloh 8-nchi kuni Minoga chikdilar. Makkada 21 ta farz namozi 
o‘qidilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurbonlik olib kelmagan 
sahobalarga umra (kichik haj) qilib ehromni yechmoqni, qurbonlik olib kelganlarga ersa, 
ehromni yechmay hajni (katta hajni) davom ettirmoqni buyurdilar». 
4-bob. Necha kunlik safarda qasr o‘qiladir? 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kecha-yu bir kunduzlik yo‘lni «safar» deb 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
216
atadilar. Ibn Umar va Ibn Abbos 4 burudlik (16 farsah - 36 km) yo‘lga chiqsalar, 
namozni qasr qilib, ro‘zani ochar erdilar. 
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Xotin kishi 3 kecha-
yu kunduzlik yo‘lga yolg‘iz o‘zi safar qilmag‘aydir, balkim mahrami birlan birga safar 
qilg‘aydir»,- deganlar». 
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taologa va 
oxirat kuniga ishongan xotinning mahramsiz yolg‘iz o‘zi bir kecha-yu kunduzlik yo‘lga 
safar qilmog‘i joiz ermas»,- deydilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling