Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. O’likni suv va sidr (xushbo‘y ishqor) birlan yuvib, tahorat qildirib


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

8-bob. O’likni suv va sidr (xushbo‘y ishqor) birlan yuvib, tahorat qildirib 
qo‘ymoq 
Ibn Umar raziyallohu anhu Sa’id ibn Zayd o‘g‘li (Olloh undan rozi bo‘lsin!) o‘lganida, 
uning jasadiga xushbo‘y hanut sepdilar, so‘ng uni tashqariga ko‘tarib chiqib, janoza 
o‘qidilar. Ibn Umar raziyallohu anhu: «Musulmonning tirigi ham, o‘ligi ham pok 
bo‘lg‘aydir»,- deydilar. Sa’id ibn Abu Vaqqos: «Agar pok bo‘lmaganida qo‘limni 
tekkizmas erdim»,- deydilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa: «Mo‘min 
nopok bo‘lmag‘aydir»,- deydilar. 
Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
qizlari Zaynab vafot etganda bizning oldimizga kirib: «Uch marta yokim besh marta 
yuvingiz, agar lozim topsangiz, undan ham ko‘proq yuvingiz, suv va sidr (xushbo‘y-
ishqor) birlan yuvingiz! Eng oxirida kofurdan (kamfaradan) ham bir oz qo‘shingiz, yuvib 
bo‘lganingizdan so‘ng meni chaqiringiz!» - dedilar. Yuvib bo‘lgach, Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallamni chaqirdik, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga o‘z haqvlaryni 
(belga o‘raydirgan katta matoni) berib: «Mana shunga o‘rangiz!»- dedilar (Ummu Atiyya 
«haqv» deganlarida izorni nazarda tutdilar, shekilli)». 
9-bob. O’likni toq marta yuvmoqning mustahabligi 
Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
qizlari Zaynabning jasadini yuvayotganimizda bizning oldimizga kirib: «Uch marta yokim 
besh marta, balkim undan ham ko‘proq sidr va suv birlan yuvingiz! Oxirgi marta 
yuvayotganingizda kofur (kamfara) qo‘shingiz, yuvib bo‘lganingizdan so‘ng, menga 
xabar qilingiz!» - dedilar. Yuvib bo‘lganimizdan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamga xabar qildik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga o‘z haqvlarini 
(izorlarini) uzatib: «Qizimni avval shunga o‘rangyz!» - dedilar. Ayyub raziyallohu anhu 
aytadilar: «Hafsa menga Muxammad ibn Sirin aytgan hadisga o‘xshash boshqa bir 
hadisni aytib berdi. Hafsa aytgan hadisda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Mayyitni toq yuvingiz, uch marta yokim besh marta yokim yetti marta, avval o‘ng 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
249
tomonidan, tahorat qilinadirgan joylaridan boshlangiz!» - deganlar»,- deyilgan. Ummu 
Atiyya ersa: «Sochini uch o‘rim qilio o‘rib qo‘ydik»,- deb ayttandilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling