Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. O’zi muhtoj bo‘la turib qilingan sadaqa sadaqa ermas!
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
116-bob. O’zi muhtoj bo‘la turib qilingan sadaqa sadaqa ermas!
O’zi yoki oilasi muhtoj bo‘lgan yohud birovdan qarzi bo‘lgan kishi sadaqa bergandan ko‘ra va qul ozod qilgandan ko‘ra, avval qarzini uzmog‘i lozim, chunki uning xayru ehsoni baribir qabul bo‘lmag‘aydir. Birovlarning molini sarf qilmoqqa uning haqqi yo‘qdir! Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu xususda bunday deganlar: «Kim birovning molini sovurmoq niyatida olsa, Olloh taolo ul bandani halokatga mahkum etg‘aydir, Ammo, sabr-toqatliligi birlan tanilgan va muhtoj kishi, birovdan qarzi bo‘lsa ham, sadaqa qilmog‘i mumkindir». Chunonchi, Abu Bakr. raziyalloxu anhu ham shunday qilgan erdilar, Madina ansorlari ham muhojirlarni shu tariqa kutib olishgandi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘z boyligini bekorga sarf qilmoqni man’ qilganlar, demak odam birovning molini ham sovurmoqqa haqqi yo‘qdir. Ka’b raziyallohu anhu: «Yo Rasululloh, men qat’iy tavba qilganim tufayli barcha boyligimni Olloh va uning Rasuli yo‘lida sarf qilmoqchiman»,- deganlarida, Janob Rasululloh: «Molingdan bir qismini o‘zingga ham qoldirganing yaxshidir»,- debdilar. Shunda Ka’b: «Haybardagi mulkimni o‘zimga qoldirg‘ayman»,- deb aytibdilar. Sa’id ibn Musayyab Abu Hurayra raziyallohu anhudan Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitgan erkanlar: «O’zidan orttirib qilingan sadaqa eng yaxshi sadaqadir, shuning uchun sadaqa bermoqni eng avvalo oilangdan boshlag‘il!» (ya’ni, eng avvalo oilangni ta’minlag‘il). Hakim ibn Hizom raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar»,— deydilar: «Ko‘tarilgan qo‘l, tushirilgan qo‘ldan yaxshiroqdir (ko‘tarilgan qo‘l - ishlab boqguvchi qo‘l, tushirilgan qo‘l - tilamchi qo‘ldir)! Eng avvalo oilangga sadaqa berg‘il (oilangni boqg‘il)! O’zidan orttirib qilingan sadaqa - eng yaxshi sadaqadir! Kimki tavba qilg‘aydir, Olloh taolo uni kechirg‘aydir, kimki boylik tilag‘aydir, Olloh taolo unga boylik ato etg‘aydir!» Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarda turib sadaqa va poklik to‘g‘risida eslatib o‘tdilar, so‘ng: «Ko‘tarilgan qo‘l tushirilgan qo‘ldan afzaldir, ya’ni ko‘tarilgan qo‘l ishlab boqguvchi, tushirilgan qo‘l ersa, tilamchi qo‘ldir!» - dedilar». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling