Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet396/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
327
76-bob. Zamzam haqida qanday rivoyatlarni keltirishadi? 
Anas ibn Molik raziyallohu anhu Abu Zarr raziyallohu anhudan o‘zlari eshitgan quyidagi 
hadisni rivoyat qiladirlar: «Men Makkadalig‘imda,- dedilar Janob Rasululloh,- uyimning 
tomi ochilib, Jabroil alayhissalom tushdilar. Keyin, ko‘kragimni yorib, zamzam suvi birlan 
yuvdilar-da, tilla lagan to‘la hikmat va iymon keltirib, ichiga soldilar. So‘ng, ko‘kragimni 
yopib, asliga keltirdilar, keyin qo‘limdan ushlab, osmonning eng pastki qavatiga olib 
chiqdilar. Shunda, Jabroil alayhissalom osmonning eng pastki qavati posboniga: 
«(Eshikni) ochg‘il!» - dedilar. Posbon: «Bul kimdir?»-dedi. Hazrat Jabroil: «Bul menman, 
Jabroilman»,- dedilar». 
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga tik 
turganlarida zamzam ichirdim» ,— deydilar. Osim raziyallohu anhu ersa: «Ibn Abbosning 
ozod qilingan quli (mavlo) Ikrimaning ont ichib aytishiga qaraganda, o‘shal kuni Janob 
Rasululloh faqat tuya minib yurganlar»,- deydilar. 
77-bob. Qorin - bir yo‘la haj va umra qiladirgan shaxs nechuk tavof qiladir? 
Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Hajjat ul-Vido’ kuni Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam birlan birga chiqib, umraga ehrom bog‘ladik. Keyin, Janob 
Rasululloh: «Kimning jonligi bo‘lsa, bir yo‘la haj ham umraga niyat aylab, ehrom 
bog‘lasin, har ikkala udumnk ado etmaguncha ehromini yechmasin!»- dedilar. Men hayz 
ko‘rgan holimda Makkaga kelgan erdim. Haj (katta haj) qilib bo‘lganimizda, Janob 
Rasululloh meni (ukam) Abdurrahmon birlan birga Tan’imga yubordilar, men umra qilib 
qaytdim. Shunda, Janob Rasululloh menga: «Bu (hayz bo‘lib qolib, qilolmagan) umrang 
o‘rniga o‘tg‘aydir»,- dedilar. Umraga ehrom bog‘laganlar (Ka’bani) tavof etishgach, 
ehromlarini yechishdi. Ammo, bir yo‘la haj ham umraga talbiya aytganlar Ka’bani bir 
marta tavof qilishdi». 
Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar huzurlariga o‘g‘illari Abdulloh ibn 
Abdulloh tuyasini hovlida qoldirib, kirib keldi-da: «Men bu yil odamlar orasida urush 
bo‘lmasligiga ishonmasman, Ka’bani tavof qilgani chiqsangiz, yo‘lingizni (kofirlar) 
to‘smog‘i mumkin. Bu yil haj qilmay tursangiz bo‘larmi erdi?» - dedi: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam ham Ka’bani tavof qilgani chiqqanlarida Quraysh kofirlari 
yo‘llarini to‘sib, ul kishi birlan Ka’ba oralig‘ida turib olgan erdi, agar menga ham shundoq 
qilishsa. unda Janob Rasulullohda sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir, deyishadir-ku, 
axir!»-dedilar Ibn Umar. Keyin yana: «Sizlarni guvoh qilib ayturmenkim, umra ustiga 
albatta haj ham qilg‘ayman!»-deb qo‘shib qo‘ydilar, so‘ng, Ka’baga borib, ikkala haj 
uchun bir marta tavof qildilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling