Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Qo‘yning bo‘yniga belgi osmoq haqida


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet413/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

110-bob. Qo‘yning bo‘yniga belgi osmoq haqida 
Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam qurbonlik uchun hajga bir 
marta qo‘y yubordilar»,- deydilar. 
Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga belgi osadirgan ip yigirib 
berardim, ul kishi qo‘yni bo‘yniga belgi osib, Makkaga yuborar erdilar, o‘zlari ersa, 
ehrom bog‘lamay uyda qolar erdilar»,- deydilar. 
Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga belgi osadigan ip yigirib 
berardim, u birlan qo‘yning bo‘yniga belgi osib, Makkaga yuborardilar, o‘zlari ersa, 
ehrom bog‘lamay (uyda) qolar erdilar»,- deydilar. 
Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jonliqlari bo‘yniga belgi 
osadigan ip yigirib berardim»,- deydilar. Ya’ni, ehrom bog‘lamakdan avval jonliq 
bo‘yniga osadigan ipni nazarda tutayotirlar. 
111-bob. Belgi osadirgan iplar jundan yigiriladir 
Umm ul-mo‘‘minin (Oisha onamiz): «Jonliq bo‘yniga belgi osadirgan iplarni uyimizdagi 
junlardan yigirar erdim» ,— deydilar. 
112-bob. Jonliq bo‘yniga kavsh osmoq haqida 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiyulloh sallallohu alayhi va sallam 
qurbonlikka atalgan tuyani haydab borayotgan bir kishini ko‘rib: «Uni minib olg‘il!»- 
dedilar. U kishi: «Bu qurbonlik-ku!» - dedi. «Uni minib olg‘il!»-dedilar takroran. Keyin, 
boyagi kishining Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan tuyaga mingashib ketayotganini
tuya bo‘ynida ersa, kavsh osilib turganini ko‘rdim».. 
Bu hadisga Muhammad ibn Bashshor ham mutoba’at qilganlar. 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
340
113-bob. Tuya to‘qimihaqida 
Ibn Umar raziyallohu anhu tuya to‘qimiga tegmay, o‘rkachinigina kesar erdilar. Agar 
tuyani so‘yadirgan bo‘lsalar, to‘qimini, qon tegib ifloslanib qolishidan cho‘chib, yechib 
olar erdilar, keyin uni sadaqa qilar erdilar. 
Ali raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga so‘ygan tuyamning 
to‘qimi va terisini sadaqa qilmoqni buyurdilar»,- deydilar. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling