Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Haj vaqtida bo‘ladirgan to‘sqinliklar haqida


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet436/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

22-bob. Haj vaqtida bo‘ladirgan to‘sqinliklar haqida 
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Mobodo, birortangiz haj vaqtida (dushman) to‘sqinligiga 
duch kelsangiz, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sunnatlari sizlarga kifoya 
qilmag‘aydirmi (ya’ni, Janob Rasululloh shundoq to‘sqinlikka duch kelganlarida qilgan 
amallarini ado etsangiz, kifoya qilmag‘aydirmi)? Janob Rasululloh hajda to‘sqinlikka duch 
kelganlarida Ka’ba hamda Safo va Marvani tavof aylab, ehromlarini yechganlar-da, shu 
birlan hajni tugatganlar. Keyin, kelasi yili haj qilib, jonliq so‘yganlar. Jonliq topmasalar, 
o‘rniga ro‘za tutganlar»,- dedilar. 
23-bob. To‘sqinlikka uchraganda soch oldirmasdan burun qurbonlik qilmoq 
haqida 
Misvar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam soch oldirmoqdan burun 
jonliq so‘ydilar va sahobalarga ham shunday qilmoqni buyurdilar»,- deydilar. 
Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh va Solim otalari Abdulloh ibn Umar 
raziyalloxu anhuga: «Bu yil hajga bormasangiz, yaxshi bo‘lar erdi, dushmanlar to‘sqinlik 
qilmasa, deb qo‘rqg‘aymiz»,- deyishganda, ul kishi: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va 
sallam birlan birga umra qilmoq niyatida chiqqanimizda ham Quraysh kofirlari Ka’ba 
yo‘lini to‘sib, bizni o‘tkazishmagan erdi. Shunda, Janob Rasululloh tuyalarini so‘yib, so‘ng 
sochlarini oldirgan erdilar»,- deb aytdilar». 
24-bob. Hajda to‘sqinlikka uchragan kishiga qayta (o‘sha yili) haj qilmoq lozim 
ermas 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Hajini dunyoviy lazzat birlan buzgan 
odamgina qayta haj qilmog‘i lozimdir, ammo biror uzrli sabab birlan haji chala qolgan 
bo‘lsa, qayta haj qilmag‘aydir. Agar hajda to‘sqinlikka duch kelgan kishining jonlig‘i 
bo‘lsa-yu, uni biror kishi orqali qurbonlik qilinadirgan joyga berib yubormoq imkoni 
bo‘lmasa, o‘zi zabh qilg‘aydir. Bordi-yu berib yubormoq imkoni bo‘lsa, jonliq o‘sha yerga 
olib borib so‘yilmaguncha, ehromini yechmay turg‘aydir». 
Imom Molik va boshqalar bunday deyishadir: «Hajda to‘sqinlikka uchragan kishi qaerda 
turgan bo‘lsa, o‘sha yerda jonlig‘ini so‘yib, sochini oldiraverg‘aydir, buning uchun qayta 
haj qilib o‘tirmag‘aydir, chunkim Nabiy sallallohu alayhi va sallam va ul kishining 
sahobalari Hudaybiyada to‘sqinlikka duch kelishganda, o‘sha turgan yerlarida jonliqlarini 
so‘yib, sochlarini oldiraverganlar. Ular Ka’bani tavof aylamay, jonliqlari qurbonlik 
qilinadirgan joyga olib borilmay turib, barcha haj ta’qiqlaridan xalos bo‘lishdi. O’shanda, 
Janob Rasulullohning sahobalardan birortasiga (ham) qayta haj qilmoqni buyurganliklari 
to‘g‘risida hech narsa deyilmagan. Hudaybiya haramdan (muqaddas joydan) 
tashqaridadir». 
Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu (Hajjoj) 
fitna qilgan yili Makkaga umra aylamoqqa kelganlarida, «Basharti, dushmanlar yo‘limni 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
359
to‘sib, Ka’baga o‘tkazishmasa, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga ilgari 
nima qilgan bo‘lsak, shuni qilg‘aydirman»,— dedilar-da, umraga talbiya aytdilar. 
Chunkim Nabiy sallallohu alayhi va sallam Hudaybiya yili umraga talbiya aytgan erdilar. 
Ibn Umar bir oz mulohaza qilib turib: «Haj va umraning udumlari bir xil bo‘lgach»,— 
dedilar-da, hamsuhbatlariga qarab, «Men sizlarning guvohligingizda bir yo‘la haj va 
umra qilmoqqa ahd etdim»,— deb qo‘shib qo‘ydilar. Keyin, ul kishi Ka’bani bir marta 
tavof aylab, «Shu kifoya qilg‘aydir»,— deb jonliqlarini zabh etdilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling