Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Olloh taoloning «Qaysi biringizkim betob bo‘lgaydirsiz yokim


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet437/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

25-bob. Olloh taoloning «Qaysi biringizkim betob bo‘lgaydirsiz yokim 
boshingizda illatingiz (bit) bo‘lg‘aydir, tovon uchun ro‘za tutg‘aydirsiz yokim 
sadaqa qilg‘aydirsiz yohud jonliq qurbonlik etg‘aydirsiz, bularning qaysi oirini 
qilmoq sizning ixtiyoringizdadir, biroq ro‘za tutsangiz, uch kun tutgaydirsiz» 
degan kalomi sharifi xususida 
Ka’b ibn Ujra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
(menga): «Hashoratlar (bit) seni bezovta qilsa kerak»,— dedilar. «Ha, yo Rasululloh»,— 
dedim. Ul kishi: «Sochingni oldirib, uch kun ro‘za tutg‘il yokim olti miskinni to‘ydirg‘il 
yokim bir qo‘yni qurbon qilg‘il!»—dedilar». 
26-bob. Olloh taoloning «... yokim sadaqa...» degan so‘zi oltita miskinni 
to‘ydirmoqni anglatadir 
Ka’b ibn Ujra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Hudaybiyada ekanlig‘imizda tepamda turgan erdilar, boshimni bitlab ketganlig‘ini ko‘rib: 
«Seni bitlar bezovta qilayotirmi?» - dedilar. Men: «Ha»,- dedim. Ul kishi: «Sochingni 
oldirg‘il!» - dedilar. Shu payt, Olloh taoloning «Qaysi biringizkim betob bo‘lgaydirsiz 
yokym boshingizda illatingiz (bit) bo‘lg‘aydir..» degan oyati meni deb nozil bo‘ldi. 
Shunda, Janob Rasululloh menga: «Uch kun ro‘za tutg‘il, yokim olti miskinga bir farq (16 
ratl) taom berg‘il, yohud qurbingga qarab jonliq qurbonlik qilg‘il!» - dedilar». 
27-bob. Fidya (jarima) uchun yarim so’ taom sadaqa qilmoq haqida 
Abdulloh ibn Ma’qil rivoyat qiladirlar: «Ka’b ibn Ujra raziyallohu anhuning yonida o‘tirgan 
erdim, undan fidya to‘g‘risida so‘radim, ul kishi: «Mazkur oyat mening haqimda nozil 
bo‘lgan ersa ham, sizlarning barchangizga taalluqlidir. O’shanda meni Janob 
Rasulullohning huzurlariga bir yumush birlan yuborishgan erdi, boshimdan bitlar 
yuzimga to‘kilib turar erdi. Shunda Janob Rasululloh menga: «Seni bunchalik bitlab 
ketgansan, deb o‘ylamagan erdim, juda qiynalib qolibsan-ku! Bitta qo‘y topa 
olg‘aymisen?»-dedilar. Men: «Yo‘q»,- dedim. «Unda uch kun ro‘za tutg‘il yokim olti 
miskinni to‘ydirg‘il, har bir miskinga yarim so’dan taom berg‘il!» - dedilar (1 so’ - 4 
mudd, 1 mudd-1,33 ratl)». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling