Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
39
26-bob. Kesakni toq ishlatmoq
Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam «Agar
birortangiz tahorat olsangiz, burniigizga suv olib qoqingiz. Kimki, tahorat ushatgach,
kesak ishlatsa, toq ishlatsin (3, 5, 7 ta). Agar qaysi biringiz uyqudan uyg‘onsangiz,
idishdagi suvga qo‘lni solmasdan avval (uni qiyshaytirib) qo‘lingizni uch marta yuvingiz.
Chunki birortangiz uyquda qo‘lingizning qaerlarga tekkanini bilmaysiz»,—deganlar».
27-bob. Oyoqni yuvmoq
Abdulloh ibn Amrdan: «Bir safarda Rasululloh sollallohu alayhi
va sallam bizdan keyinda
qoldilar, asr vaqtida bizga yetib oldilar. Biz tahorat olayotgan edik, oyoqlarni nomigagina
yuvar edik. Rasululloh baland ovoz bilan «Do‘zax otashidan
oyoq kaftlarining holiga
voy!» deb ikki yoki uch bor xitob qildilar».
28-bob. Tahorat olayotganda og‘iz chayqamoq
Himron Mavlo Usmondan: «Usmon raziyallohu anhu tahorat uchun suv keltirishni
buyurdilar. Keyin
idishni egib, qo‘llariga suv quyib uch marta yuvdilar, o‘ng qo‘lni idishga
tiqib
suv olib, uch marta og‘iz chayqadilar va burun koqdilar, yuzlarini uch marta
yuvdilar, ikki qo‘lni tirsakkacha qo‘shib
uch marta yuvdilar, boshga mash tortdilar, har
bir oyoqni uch martadan yuvdilar. So‘ng: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shu
tahoratim kabi tahorat olganlarini ko‘rdim. «Kimki shu tahoratim
kabi tahorat olsa va
ko‘ngliga dunyoviy ishlarni keltirmasdan namoz o‘qisa, Alloh taolo o‘tgan gunohlarini
kechirgay», deb aytganlar», dedilar».
Do'stlaringiz bilan baham: