Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Agar birontangizning idishingizni it yalasa, yetti marta yuvingiz!
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 35-bob. Katta va kichik hojatdan boshqasi tahoratni sindirmaydi, deb hisoblovchilar
34-bob. Agar birontangizning idishingizni it yalasa, yetti marta yuvingiz!
Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Agar Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 41 birortangizning idishingizdan it ichsa, yetti marta yuvingiz!»—deganlar». Abu Hurayra raziyallohu anhuga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytib bergan ekanlar: «Bani Isroil qavmidan bir kishi bir itning chanqoqdan tuproq yalayotganini ko‘rib, mahsisida suv olib, itga ichirdi. Alloh taolo u bandani mukofotlab, jannatga kirgizgay». Abdulloh ibn Umarning o‘g‘li Hamza: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam zamonlarida itlar masjidimizga kirib-chiqib yurar edi, suv bilan biror joyni yuvmas edilar»,— degan ekanlar. Adiy ibn Hotim raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan it bilan ov qilmoqlik to‘g‘risida so‘radi. «Agar itingni o‘zing ovga olib borsang-u, o‘ljani o‘ldirib (tutib) bersa, yeyaverg‘il, agar iting o‘zicha tutib yeyayotgan bo‘lsa, yemagin, zero u o‘zi uchun tutgandir»,— dedilar. «O’rgatgan itimni o‘ljaga yuborsam-u, o‘lja ustida itim bilan boshqa itni ham ko‘rsam-chi?» — dedim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «U o‘ljani yemagin, chunki sen o‘z itingga tasmiya (“Bismilloh Allohu akbar”) aytgansan, begona itga tasmiya aytmagansan»,— dedilar. 35-bob. Katta va kichik hojatdan boshqasi tahoratni sindirmaydi, deb hisoblovchilar Alloh taolo oyati karimasida: «Qaysi biringiz tahorat ushatsangiz (qazoi hojat qilsangiz) tahorat vojib bo‘ladi»,— degan. Ato ibn Abu Raboh: «Orqasidan qurt yoki peshobidan burgaga o‘xshash hashorat chiqqan kishilar qayta tahorat qiladilar»,— degan. Jobir ibn Abdulloh bunday deganlar: «Kimki namozda kulsa, tahoratini yangilamay namozini qaytarib o‘qiydi». Hasan Basriy: «Agar kishi soch oldirsa yoki tirnog‘ini olsa yo mahsisini yechsa, tahorat olmoq lozim bo‘lmaydi (oyog‘ining o‘zini yuvib oladi)»,— deganlar. Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Tahorat yel chiqmasa, sinmaydi». Jobir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir g‘azotda qatnashdilar. Bir kishiga kamon o‘qi tegdi. U kishi qon oqib turishiga qaramay, ruku’, sajda qilib, namoz o‘qiyverdi». Hasan Basriy aytadilar: «Musulmonlar jarohatlari bilan ham namoz o‘qiyverar edilar». Tovus, Muhammad ibn Ali, Ato ibn Abu Raboh va Hijoz, Makka va Madina ahli: «Qon oqsa, tahorat sinmaydi»,—deydilar. Ibn Umar yuzidagi husnbuzarni siqdi, qon chiqdi, lekin tahoratini yangilamadi. Ibn Ubay qon tupurib, namozini o‘qishda davom etaverdi. Ibn Umar va Hasan Basriy: «Qon oldirgan odam tahorat yangilamaydi, balki qon olingan joyini yuvadi, xolos»,— dedilar». Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Masjidda namozni kutib turgan kishi, agar u hadas qilmagan esa, namozda turgan hisoblanadi»,— dedilar. Shunda bir ajamiy (arab emas) kishi: «Hadas nima?» — dedi. Abu Hurayra: «Orqadan yel chiqmog‘i»,— dedilar. Ibod ibn Tamimning amakisidan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «To kishi yel ovozini eshitib, hidini sezmaguncha, namozini buzmasin!» — dedilar. Muhammad ibn Hanafiyadan: «Hazrat Ali raziyallohu anhu: «Shahvati ko‘p odam edim, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling