Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 36-bob. Hamrohi tahorat olayotganda suv quyib turmoq
- 37-bob. Tahoratsiz Qur’on o‘qimoq va undan boshqa narsalarning joizligi
www.ziyouz.com kutubxonasi
42 Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan so‘rashga uyaldim, Miqdodga: «Sen so‘ragin!— dedim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Maniy (suyuq suv) kelganda, tahorat olmoq lozim bo‘ladi»,— deb javob qildilar». Zayd ibn Xolid Hazrat Usmondan: «Agar kishi xotini bilan aloqa qilgan bo‘lsa-yu, maniy to‘kmagan bo‘lsa, nima qiladi?»—deb so‘radilar. Hazrat Usmon: «Namozga tahorat olgandek tahorat oladi, olatini yuvadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan ham shunday deb eshitganman. Ali, Zubayr, Talha va Ali ibn Ka’bdan so‘raganimda ham shunday deyishgan»,— deb aytdilar». Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhudan: «Rasulullox sollallohu alayhi va sallam ansoriylardan biriga odam yubordilar. Ansoriy sochidan suv tomib keldi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Biz sizni shoshirib qo‘yibmiz-da (jimo’ qilib ulgurmabsiz)?!» —dedilar. Ansoriy: «Ha, Yo Rasululloh»,— dedi. «Agar shoshib qolsangiz (oxiriga yetmasangiz) yoki maniy to‘kmasangiz, tahorat olsangiz, basdir»,— dedilar». 36-bob. Hamrohi tahorat olayotganda suv quyib turmoq Usoma ibn Zayddan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Arafot tog‘idan oshib, Sha’b degan joyga kelganlarida, qazoi hojat qildilar. Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga suv quyib berib turdim, u kishi tahorat oldilar. So‘ng: «Yo Rasulalloh, namoz o‘qiysizmi?»—dedim. «Namoz oldingdadir (hali vaqt bor)»,— dedilar». Urva ibn al-Mug‘ira ibn Shu’badan: «Mug‘ira ibn Shu’ba Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga safarda bo‘lar edi. Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qazoi hojat qilganlaridan keyin suv quyib berib turdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tahorat oldilar, yuzlarini, qo‘llarini yuvdilar, boshlariga va mahsilariga mash tortdilar». 37-bob. Tahoratsiz Qur’on o‘qimoq va undan boshqa narsalarning joizligi Ibrohim an-Naqashdan: «Hammomda qiroat qilmoqning va tahoratsiz xat yozmoqning zarari yo‘qdir. Hammomdagilarning lungisi bor bo‘lsa, salom bergin, lungisi yo‘q bo‘lsa, salom bermagin!» Abdulloh ibn Abbosdan: «Bir kecha Janob Rasulullohning xotinlari xolam Maymunanikida yotib qoldim. Men yostiqning yon tomoniga, Rasululloh va xotinlari uzun tomoniga bosh qo‘yib yotdilar. Rasululloh yarim kechagacha uxladilar, keyin uyg‘onib o‘tirdilar. Uyquni qochirmok uchun yuzlarini ishqaladilar. Keyin, Oli Imron surasining oxirgi o‘n oyatini o‘qidilar. Keyin, o‘rinlaridan turib, osig‘liq meshchani olib, tahorat oldilar. Tahoratni yaxshilab oldilar. Keyin, turib namoz o‘qidilar. Men ham o‘rnimdan turib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qilganlarini qildim va chap yonlariga borib namozga turdim. O’ng qo‘llarini boshimga qo‘ydilar, keyin o‘ng qulog‘imni cho‘zdilar (o‘ng tomonga turg‘il, degan ma’noda). So‘ng 2 rak’at, so‘ng 2 rak’at, so‘ng 2 rak’at, so‘ng 2 rak’at, 2 rak’at, so‘ng 2 rak’at namoz, keyin vitr o‘qidilar, keyin to muazzin kelguncha yonboshladilar, keyin turib yengilgina 2 ra’at namoz o‘qidilar. Keyin chiqib, bomdod namozini o‘qidilar». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling