Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Ro‘za tutuvchilarning jannatga Rayyon nomli maxsus eshik orqali
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
4-bob. Ro‘za tutuvchilarning jannatga Rayyon nomli maxsus eshik orqali
kirishlari xususida Sahl raziyalloku anhu rivoyat qiladirlar: «Jannatda Rayyon nomli bir eshik bordir,- deydilar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam,- bul eshikdan ro‘zani kanda qilmay tutganlargina kirg‘aydirlar, xolos. Qiyomat kuni «Ro‘zadorlar qani!» deb nido qiling‘aydir. Shunda, ular o‘rinlaridan turib mazkur eshikdan kirishg‘aydir. So‘ng, eshik yopilg‘aydir. Ulardan boshqa birorta odam bu eshikdan kira olmas». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Olloh yo‘lida nimaiki bo‘lsa ham, bir juftdan (ikki dinor, ikki dirham, ikki ko‘ylak, ikki do‘ppi) ehson qilsa, jannat eshiklaridan «Ey Ollohning bandasi, bu qilgan ishing xayrlik ishdir!» deb ichkariga da’vat qilyng‘aydir. Kimki namozxonlardan bo‘lsa, namozxonlar kiradirgan eshikdan, kimki jihod qilganlardan bo‘lsa, jihod qilganlar kiradirgan eshikdan, kimki ro‘za tutgan bo‘lsa, Rayyon nomli eshikdan, kimki ehson qilganlardan bo‘lsa, ehson qilganlar kiradirgan eshikdan chaqirilg‘aydir»,- dedilar. Abu Bakr raziyallohu anhu so‘radilar: «Otam-onam fidoyingiz bo‘lsin, yo Rasululloh! Bir eshikdan kiradirgan bo‘lganimdan keyin, hamma eshikdan chaqirilmog‘imning ne hojati bordir? Hamma eshiklardan chaqirilg‘aymi?». Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ha»,- deb javob berdilar, so‘ng: «,Men sizni hamma eshikdan chaqiriladigan bandalardan bo‘lmog‘ingizni istag‘aydirmen!» - dedilar». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 376 5-bob. Ramazonmi yo Ramazon oyimi? «Unday desa ham bo‘ladir, bunday desa ham bo‘ladir»,- degan kishi haqida Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ramazon ro‘zasini Ramazon oyi kelmasdan burun tutmangiz!» - deb aytganlar. Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Ramazon oyi kirsa, jannatning eshiklari ochilg‘aydir»,- deb aytganlar»,-deydilar. Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Ramazon kirsa, osmon eshiklari ochilib, do‘zax eshiklari berkitilg‘aydir hamda shaytonlar kishanlang‘aydir»,- deganlar». Ibn Umar raziyallohu anhu: «Men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ramazonda osmonda oyni ko‘rganingizdan keyingina ro‘za tutmoqni boshlangiz, Shavvol oyi kirgach, ro‘za tutmoqni bas qilingiz. Agar oyni bulut to‘sib qo‘ygan bo‘lsa-yu, siz uni ko‘ra olmasangiz, unda Sha’bon oyining o‘ttiz kunini to‘la o‘tkazib, so‘ng ro‘za tutingizlar!» - deganlarini eshitganman»,- deydilar. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling