Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Hayz ko‘rgan xotin namozining qazosini o‘qimaydi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

21-bob. Hayz ko‘rgan xotin namozining qazosini o‘qimaydi 
Jobir ibn Abdulloh va Abu Sa’id al-Xudriy Rasululloh sallallohu alayhi va sallam haqlarida 
rivoyat qila turib: «Hayz ko‘rgan xotin namoz o‘qimaydi», dedilar. 
Muoz raziyallohu anhudan: «Bir xotin Oisha onamizdan: «Birontamiz hayzdan 
tozalansak namoz qazosini o‘qiymizmi?» deb so‘radi. Oisha onamiz: 
«Xavorijlardanmisan?» dedilar (ya’ni, ahli-sunnaga zid ravishda: «Hayz ko‘rgan xotinlar 
namoz qazosini o‘qiydi», degan toifa). Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam hayotliklarida bizga hayz vaqtida namoz qazosini o‘qimakni buyurmas edilar yoki 
qazosini o‘qimas edik», deb aytgandilar, shekilli», deydilar Muoz. 
22-bob. Hayz ko‘rgan xotin bilan, agar u hayz kiyimida bo‘lsa, birga 
yotmoqning joizligi 
Zaynab binti Abu Salamaga Ummu Salama bunday deb aytgan ekanlar: «Rasululloh 
sollallohu alayhi va sallam bilan birga chaylada yotganimda hayz ko‘rib qoldim, shunda 
yonlaridan sekin sirg‘alib chiqdim, chayladan chiqib, hayz kiyimimni kiyib oldim. 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam menga: «Hayz ko‘rib qoldingmi?» dedilar. «Ha», 
dedim. Meni chaylaga chaqirdilar». Zaynabga Ummu Salama yana bunday dedilar: 
«Rasululloh sollallohu alayhi sallam ro‘zador bo‘la turib, meni o‘par edilar, (kechasi) 
jimo’dan so‘ng u kishi bilan bir idishdan g‘usl qilar edik». 
24-bob. Hayz ko‘rgan xotinning ikkala xayitda musulmonlarning duoi 
iltijolarida (masalan, jamoat bo‘lib yomg‘ir so‘rash) namozgohdan nariroqda 
turib qatnashuvi 
Hafsa binti Sirindan: «Bo‘yi yetgan qizlarimizning ikkala hayitga chiqmoqlarini man’ qilar 
edik. Bir xotin Basradagi Baniy Xalaf qasriga kelib tushdi, so‘ngra opasi haqida so‘zlab 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
berdi. Opasining eri Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan 12 marta g‘azotda 
qatnashgan ekan. Shundan 6 tasida opasi ham birga bo‘lgan ekan. Opasi: «Biz 
yaradorlarni davolar edik, kasallarga qarar edik», degan ekan. Bir kuni opasi Rasululloh 
sollallohu alayhi va sallamdan: «Birontamizning yopinchig‘imiz bo‘lmasa-yu, (hayit 
namoziga) chiqmasak zarari bormi?» deb so‘rabdi. Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallam: «Kimning yopinchig‘i bo‘lmasa, dugonasining yopinchig‘larida» birini olib tursin, 
yaxshilik majlislarida qatnashsin, musulmonlarning duoi iltijolarida qatnashsin!» dedilar. 
Ummu Atiyya kelganda, undan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan bu xususda 
eshitganmisiz?» deb so‘radim», deydilar Hafsa. «Rasulullohga otam fido bo‘lsin! Ha, 
eshitganman (u qachon Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xususlarida so‘zlasa, 
«otam fido bo‘lsin!» deb qo‘shib so‘zlar edi), bo‘yiga yetgan qizlar ham, chimildiqdagi 
kelinchaklar ham (chimildiqdagi qizlar ham, deb aytdilarmi, bilmayman), hayz ko‘rganlar 
ham chiqsinlar, yaxshilik majlislarida, musulmonlarning duoi iltijolarida qatnashsinlar, 
hayz ko‘rganlari joynamozdan chetda tursinlar!» deb aytgan edilar», dedilar Ummu 
Atiyya. «Hayz ko‘rgan xotinlar hammi?» deb so‘radim, shunda u: «Hayz ko‘rgan xotin 
Arafotda qaynashadi-ku, axir!» deb ayollar qatnashadigan marosimlar nomini sanay 
ketdi», deydilar Hafsa. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling