Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Xotin kishi hayz ko‘rgan kiyimida namoz o‘qiydimi?


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

12-bob. Xotin kishi hayz ko‘rgan kiyimida namoz o‘qiydimi? 
Oisha onamiz raziyallohu anho dedilar: «Birontamizda bitta kiyimdan boshqa kiyim yo‘q 
edi. O’sha kiyimda hayz ko‘rar edik. Agar unga qon tegib ketsa, ishqalab tashlab, keyin 
yuvib, namoz o‘qir edik». 
13-bob. Ayol hayzdan keyin g‘usl qilgach, o‘ziga xushbo‘y narsa sepadi 
Ummu Atiyya dedilar: «O’likka 3 kundan ortiq aza tutmasdik, er o‘lsagina 4 oyu 10 kun 
aza tutilar edi. Ko‘zga surma qo‘ymasdik, o‘zimizga xushbo‘ylik sepmasdik. Bo‘yoqlik 
(guldor) kiyim kiymasdik. Odmi kiyim kiyar edik. Hayzdan poklanib, g‘usl qilganimizdan 
keyingina qisman xushbo‘ylik ishlatmakka izn berilgan edi, janozaga ergashmog‘imizga 
yo‘l qo‘yilmas edi». 
14-bob. Ayolning hayzdan poklanganda badanini ishqalab yuvmog‘i hamda 
qanday qilib g‘usl qilmog‘i, atirlangan lattani oldiga qo‘yib, qonning hidini 
ketkazmog‘i xususida 
Oisha onamiz bunday deganlar: «Bir xotin Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan 
hayzdan nechuk tozalanmak to‘g‘risida so‘radi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
qanday g‘usl qilishni aytib, so‘ng: «Atirlangan latta bilan tozalangin!» —dedilar. «U bilan 
qanday tozalanaman?» — dedi xotin. «Subhonalloh, tozalangin!» — deb aytdilar 
Rasululloh. Xotinni o‘zimga tortdim-da, unga: «Qonning hidini ketkazmak uchun lattani 
o‘sha joyingga qo‘ygin! — dedim». 
15-bob. Hayz kelgan joyni yuvmoq 
Oisha onamizdan: «Ansoriylardan bir xotin Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: 
«Hayzdan keyin qanday g‘usl qilaman?»—dedi. «G’usl qilganingdan keyin atirlangan 
lattani olib, tozalagin!» — deb 3 marta qaytardilar Rasululloh. Keyin, Rasululloh 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
66
sallallohu alayhi va sallam muborak yuzlarini uyalib o‘girdilar-da: «U bilan artgin!» — 
dedilar. Shunda men u xotinni o‘zimga tortdim-da, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
nima demoqchi bo‘layotganlarini aytib berdim».

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling