Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
4-bob. Hayz ko‘rgan xotinning quchog‘ida turib qiroat qilmoq 
Abu Voil o‘z cho‘risini, hayz ko‘rgan bo‘lsa ham, Abu Raziynga xizmat qilmoq uchun 
yuborar edi. Cho‘ri Qur’oni Karimni g‘ilofining ipidan ushlab, olib borib berar edi. 
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, men hayz ko‘rgan 
bo‘lsam ham, quchog‘imga suyanib o‘tirgan holda qiroat qilar edilar»,— deganlar. 
5-bob. «Hayz ko‘rmoq» iborasi o‘rniga «oy ko‘rmoq» iborasini qo‘llash 
Ummu Salama: «Men va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikkalamiz yonboshlab 
yotgan edik, birdan hayz ko‘rib qoldim. Sekingina bag‘rilaridan sug‘urilib chiqdim-da, 
hayz kiyimlarimni oldim. «Oy ko‘rdingmi?» — dedilar. «Ha»,— dedim. Rasululloh 
sollallohu alayhi va sallam meni yonlariga chaqirdilar. Men hayz kiyimida u kishining 
yonlarida yotdim». 
6-bob. Hayz ko‘rgan xotinni eri quchoqlasa bo‘ladimi? 
Oisha raziyallohu anho dedilar: «Men va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikkalamiz 
yuvuqsiz bo‘lganimizda bir idishdan g‘usl qilar edik. Hayz ko‘rganimda esa, menga hayz 
kiyimimni kiyib olmoqni buyurar edilar, kiyinib olardim, keyin quchoqlardilar. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam masjidda e’tikofda bo‘lganlarida boshlarini darchadan chiqarar 
edilar, men hayz holimda boshlarini yuvib qo‘yar edim». 
Oisha raziyallohu anho: «Birontamiz hayz ko‘rgan bo‘lsagu, Rasululloh sollallohu alayhi 
va sallam quchoqlamoqchi bo‘lsalar, hayz kiyimni kiyishni buyurar edilar, keyin 
quchoqlar edilar. Qaysi biringiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdek shahvatingizni 
tiyib tura olasiz!»—dedilar. 
Abdulloh ibn Shaddod bunday deb rivoyat qiladilar: «Maymuna onamizdan eshitdimki
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xotinlaridan birortasini hayz holida 
quchoqlamoqchi bo‘lsalar, hayz kiyimini kiyib olmoqni buyurar edilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling