Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Hayz ko‘rgan xotin ro‘za tutmasligi lozim
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
7-bob. Hayz ko‘rgan xotin ro‘za tutmasligi lozim
Abu Sa’id al-Xudriy bunday rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, Qurbon hayiti yoki Ramazon hayiti edi, namozgohga chiqdilar. Xotinlarning yonidan o‘tayotib: «Ey xotinlar jamoasi, sadaqa qilingiz! Do‘zax ahlining ko‘prog‘i ayollardir, deb menga ayon qilindi»,— dedilar. Shunda xotinlar: «Ne sababdan, yo Rasulalloh?» — dedilar. «Ko‘p qarg‘aysizlar va erning yaxshiligini bilmaysizlar. Erning yaxshiligini kamsitasizlar, qadrlamaysizlar (noshukrlik qilasizlar), sizlardan ko‘ra kaltafahm va e’tiqodi sustroq, har qanday iymonli kishini ham yo‘ldan ozdiruvchiroq toifani ko‘rmadim»,— dedilar. Xotinlar: «E’tiqod va aqlimizning qanday nuqsoni bor ekan, yo Rasulalloh?» —deyishdi. «Bir xotin kishining guvohligi yarimta erkakning guvohligiga teng emasmi?»—dedilar Janob Rasululloh. «Ha, shunday»,— deyishdi xotinlar. «Axir mana shu aqlingizning nuqsoni emasmi? Hayz ko‘rganingizda namoz o‘qimasligingiz, ro‘za tutmasligingiz ham sizning (erkaklarga nisbatan) nuqsoningiz emasmi?» — dedilar. «Ha, to‘g‘ri aytdingiz»,— deyishdi ayollar. «Mana shular ayollar dinining nuqsonli ekanini anglatadi»,— dedilar Rasululloh». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 64 8-bob. Hayz ko‘rgan xotin haj amallarining barchasini qiladi, ammo Ka’batullohni tavof qilmaydi Ibrohim an-Nahoiy aytadilar: «Hayz ko‘rgan xotinning Qur’on oyatlarini o‘qishi zararsizdir». Ibn Abbos ham yuvuqsiz odamning qiroat qilmog‘ini zararsiz, deb hisoblaganlar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hamma vaqt Allohni zikr qilar edilar. Ummu Atiyya: «Biz - xotinlarga, hayz ko‘rgan bo‘lsak ham, iyd (hayit) namoziga chiqmoq buyurilar edi. Erkaklar aytadigan takbir va duolarni o‘qir edik, namoz o‘qimas edik»,— deydilar. Abu Sufyon aytadilar: «Hiraql (Rum podshosi) Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning maktublarini olib kelmoqni buyurdi, so‘ng o‘qib qarasa, «Bismillohir Rahmonir Rahiym, yo ahlal-kitob, ta’oluu ila kalimatin sava... (al-oyat)» (Bismillohir Rahmonir Rahiymi, ey ahlal-kitob, sizlar va bizlar uchun barobar so‘zga kelinglar!» deb boshlanuvchi oyat) deb yozilgan ekan». Jobir raziyallohu anhu bunday rivoyat qiladilar: «Oisha onamiz hayz ko‘rdilar, so‘ng haj amallarining barchasini qilaverdilar, biroq Ka’batullohni tavof qilmadilar va namoz o‘qimadilar». Hakam aytadi: «Men yuvuqsiz holda ham «Bismilloh, Allohu akbar» deb hayvon so‘yaverar edim». «Allohning ismi aytib so‘yilmasan hayvon go‘shtini yemangiz!» — degan Alloh taolo. Oisha onamiz dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga hajni niyat qilib yo‘lga chiqdik. Saraf degan joyga kelganimizda hayz ko‘rib qoldim. Yig‘lab o‘tirganimda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kelib: «Nega yig‘layapsan?»—dedilar. «Xudo haqqi, bu yil hajga chiqqanimdan afsuslanaman»,— dedim. Rasululloh: «Ehtimol, hayz ko‘rib qolgandirsan?»—dedilar. «Ha»,— dedim. «Alloh taolo buni Odam qizlarining barchasining peshonasiga yozgandir, endi hajda qiladigan barcha amallarni qilaver, lekin to poklanguningcha Ka’batullohni tavof etmagin!» — dedilar Janob Rasululloh». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling