Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Yuvuqsiz holda uydan chiqib, bozor va boshqa joylarda yurish


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

24-bob. Yuvuqsiz holda uydan chiqib, bozor va boshqa joylarda yurish 
mumkinmi? 
Ato raziyallohu anhu: «Yuvuqsiz kishi tahoratsiz qon va soch oldirsa, tirnoq olsa, 
bo‘ladi»,— deydilar. 
Anas ibn Molikdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kechada hamma 
xotinlariga aylanib chiqar edilar, o‘sha vaqtda 9 ta xotinlari bor edi». 
Abu Hurayra bunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yuvuqsiz holda 
yo‘liqib qoldim, qo‘limdan ushladilar. U kishi bir joyga borib o‘tirgunlaricha birga bordim, 
keyin sekin g‘oyib bo‘ldim. G’usl qilib, qaytib keldim. U kishi hali ham o‘tirgan ekanlar. 
«Qaerda eding, ey Abu Hurayra?» —dedilar. Men nima qilganimni aytib berdim. 
«Subhonalloh, ey Abu Hurayra, mo‘‘min odam nopok bo‘lmaydi»,— dedilar».
25-bob. Junub odam tahorat olib (g‘usl qilmay) yotaverishi mumkinmi? 
Abu Salama bunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yuvuqsiz holda 
yotarmidilar?» — deb Oisha onamizdan so‘radim. «Ha, tahorat olib yotar edilar»,— deb 
javob qildilar». 
Umar ibn al-Xattob: «G’usl qilmay yotsak bo‘ladimi?» — deb Rasululloh sollallohu alayhi 
va sallamdan so‘radilar. «Ha, birontangiz junub bo‘lsangiz, tahorat olib yotsangiz 
bo‘ladi»,— dedilar Janob Rasululloh.
26-bob. Yuvuqsiz odam tahorat olib, keyin uxlaydi 
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jimo’dan 
so‘ng uxlamoqchi bo‘lsalar, namozga tahorat olgandek tahorat olib, so‘ng yotardilar». 
Abdulloh ibn Umardan: «Umar al-Xattob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: 
«Yuvuqsiz holda uxlasak joizmi?»—deb so‘radilar. «Ha, agar tahorat olsa»,— dedilar 
Janob Rasululloh». 
Abdulloh ibn Umardan: «Umar al-Xattob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga 
kechalari bulg‘anib qolishini aytdi. Shunda Janob Rasululloh: «Olatingni yuvg‘il, tahorat 
olg‘il, keyin uxlagil!»—dedilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling