Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namozxon rabbi — Olloh taologa munojot qilg‘aydir


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

7-bob. Namozxon rabbi — Olloh taologa munojot qilg‘aydir 
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki 
namoz o‘qig‘aydir, rabbig‘a munojot etg‘aydir (ya’ni, Olloh birlan suhbat qilg‘aydir), shu 
boisdan o‘ng tomoniga tupurmasin, ammo chap oyogi ostig‘a tupursa bo‘lur»,— deb 
aytdilar». 
Qatoda raziyallohu anhu: «Namozxon ro‘parasiga yokim old tomoniga tupurmaydir, 
ammo chap tomoniga yokim ikki oyog‘i ostiga tupursa bo‘lur»,— deydilar. 
Shu’ba raziyallohu anhu: «Namozxon old tomonita ham, o‘ng tomoniga ham 
tupurmaydir, ammo chap tomoniga yokim oyog‘i ostiga tupursa bo‘lur»,— deydilar. 
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 
«Qomatingizni tekis tutib sajda qilingiz, bilaklaringizni it yanglig‘ (erga) tashlab 
olmangiz, agar tupurmak lozim ersa, ro‘parangizga ham, o‘ng tomoningizga ham 
tupurmangiz, chunkim siz rabbingizg‘a munojot qilursiz (ya’ni, qalbingiz tili ila rabbingiz 
birlan suhbatlashursiz)»,— deb aytdilar». 
8-bob. Jazirama kunlarda salqin tushmog‘ini kutib peshin o‘qimoq haqida 
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: «Kun qattiq isib ketsa, namozni salqin tushganda o‘qingiz, jazirama issiq 
jahannam nafasi yanglig‘dir», — dedilar». 
Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning 
muazzinlari peshinga azon aytdi. Shunda Janob Rasululloh: «Salqinlatg‘il, salqinlatg‘il 
(yokim salqin tushmog‘ini kutg‘il, salqin tushmog‘ini kutg‘il)! Jazirama issiq jahannam 
nafasi yanglig‘dir. Kun qattiq isib ketsa, tepaliklar yonida soya paydo bo‘lganini 
ko‘rmagunimizcha, namoz o‘qimay turingiz!», — dedilar». 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kun 
qattiq isib ketsa, peshinni, salqin tushganda o‘qingiz, jazirama issiq jahannam nafasi 
yanglig‘dir! O’t (olov) rabbiga shikoyat qilib: «Yo rabbiy, o‘zimni-o‘zim yeb qo‘ydim (bir-
birimni yeb qo‘ydim)», — der. Demak, o‘tning o‘zi ikkitadir, biri — qishda, ikkinchisi — 
yozda bo‘lg‘aydir. Haddan ziyod isib ketganingizda yozdagisini, haddan ziyod sovuq 
qotg‘aningizda ersa, qishdagisini his qilg‘aydirsiz», — dedilar». 
Abu Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Kun qattiq isib ketsa, peshinni salqin tushganda o‘qingiz, jazirama issiq jahannam 
nafasi yanglig‘dir! » — dedilar». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling