Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-bob. Kun oqqanda peshin o‘qimoq haqida
www.ziyouz.com kutubxonasi
112 9-bob. Safar chog‘ida peshinni salqin tushganda o‘qimoq haqida Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda erdik. Muazzin peshinga azon aytmoqchi bo‘ldi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Salqin tushmog‘ini kutg‘il!» — dedilar. Keyin, yana aytmoqchi bo‘luvdi: «Tepaliklar yonida soya paydo bo‘lganini ko‘rmagukimizcha, kutib turg‘il!»— dedilar-da, «Jazirama issiq jahannam nafasi yanglig‘dir, agar kun qattiq isib ketsa, namozni salqin tushganda o‘qingiz!» — deb qo‘shib qo‘ydilar». 10-bob. Kun oqqanda peshin o‘qimoq haqida Jobir raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam kun qattiq qizigan paytda namoz o‘qir erdilar»,— deydilar. Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kun oqqanda chiqib, peshin o‘qidilar. So‘ng minbarga chiqib, qiyomat haqida va o‘shal kuni bo‘ladirgan buyuk ishlar to‘g‘risida eslab, so‘zladilar. Keyin: «Kimki biror narsa to‘g‘risida so‘ramoqchi ersa, so‘rasin, ko‘zim ochiqligida ilgari men sialarga aytib bermaganim narsalar xususinda so‘rab qolingiz!» — dedilar. Shunda odamlar yig‘idan o‘zlarini tiya olmadilar, Janob Rasululloh bo‘lsalar, nuqul: «So‘rab qolingiz!» — der edilar. Ittifoqo, Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiy o‘rnidan turib: «Mening otam kimdir?» — dedi. Janob Rasululloh: «Otang Huzofadir»,— dedilar, keyin: «Yana so‘rangiz!» — deb takrorlayverdilar. Shunda Umar tiz cho‘kib turib: «Biz Ollohni rabbimiz deb, islomni dinimiz deb, Muhammadni payg‘ambarimiz deb tan oldik»,— dedi-da, jim qoldi. Janob Rasululloh: «Hrzirgina menga mana shul devor tomonda jannat birlan do‘zax ko‘rsatildi, men bunchalik yaxshilig‘ va yomonlig‘ni ko‘rmagan erdim»,— dedilar». Abu Barza raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bomdodni har birimiz yonimizdagi namozxonni taniydirgan darajada havo yorishganda o‘qir erdilar va oltmishtadan yuztagacha oyat tilovat qilur erdilar. Peshinni kun oqqanda, asrni ersa, birortamiz shaharning eng chekxasiga borib qaytganimizda ham kunning tafti hali o‘lmagan paytda o‘qir erdilar». Shu’ba raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Barza shom haqida ne deganin bilmasman, yodimdan chiqibdir, lekin u «Janob Rasululloh xuftonni tunning uchdan bir qismini o‘tkazib o‘qiyverar erdilar»,— degandi, keyin yana: «Tun yarim bo‘lganda»,— deb qo‘shib ham qo‘ygandi». Anas ibn Molik: «Jazirama issiq kunlari Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib peshin o‘qisak, peshonamiz yer taftidan kuyib qolmog‘idan qo‘rqib, kiyimimizga sajda qilur erdik»,— deydilar. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling