Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Hadis aytgan odamni(muhaddisni) “bizga hadis aytdi,habar berdi,habar
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-bob. Imomning kishilar ilmini sinash uchun biror masalani o’rtaga tashlashi.
- 6-bob. Ollohning ilm to’g’risida nozil qilgan kalomi.
4-bob. Hadis aytgan odamni(muhaddisni) “bizga hadis aytdi,habar berdi,habar
qildi”,- degan so’zlar bilan ifodalash to’g’risida. Sahobalar va tobeunlar(sahobalarning zamondoshlari) hadislarni rivoyat qilishda “bizga habar qildi,aytdi, falonchidan eshitib gapirib berdi, eshitdim-ki”,degan so’zlar bilan ifodalaganlar. Masalan: Sahoba Ibn Mas’ud hadis aytmoqchi bo’lsalar :” Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bizga so’zlab berdilar” yoki “Rasulullohdan eshitganman”,-deb gap boshlaganlar va hokazo 5-bob. Imomning kishilar ilmini sinash uchun biror masalani o’rtaga tashlashi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:”Daraxtlar orasinda bir daraxt bordir, bargini tashlamaydir, u musulmonga o’xshaydir(ya’ni, musulmonlik daraxtning bargi- iymondur). Aytingizchi, bu qaysi daraxtdir?” Odamlar o’z qishloqlaridagi barcha Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 18 daraxtlarning nomlarini ayta ketdilar. Abdulloh ibn Umar atadilar:”Ko’nglimga, bu xurmo daraxti bo’lsa kerak, degan fikr keldi(uyalib aytmadim,aytishga uyaldim)”.Odamlar:”O’zingiz aytib bering, yo Rasululloh”,-deyishdi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam:”U xurmo daraxtidir”,-dedilar. 6-bob. Ollohning ilm to’g’risida nozil qilgan kalomi. Olloh taolo oyati karimasida:”Yo rabbiy,ilmimni ziyoda qilg’aysen,deb so’ra!”,-deydi. 7-bob. Qur’on qiroatini muhaddis ko’rigidan o’tkazib olish lozimligi to’g’risida. Hasan Basriy, Sufyon as-Savriy va Imom Molik:”Bu joizdir”,-deganlar. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam huzurlariga Zimom ibn Sa’laba degan sahoba kelib aytdi:”Olloh sizga besht vaqt namoz o’qimoqni buyurdimi?” “Ha”,-dedilar Rasululloh sallolohu alayhi va sallam. Ushbu so’zni Zimom o’z qavmiga borib, Rasulullohdsn deb rivoyat qildi. Odamlar uni Rasulullohdan deb qabul qildilar. Ba’zi kishilar Qur’on muallimiga o’zlari bilgan oyatlarni o’qib berib,tasdiqdan o’tgach, falonchidan Qur’on o’rgandim, deb unga nisbat beradir(quidagi hadis bining dalilidir). Anas ibn Molik aytadilar:”Majlisda Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bilan o’tirgan erdik.Bir kishi tuya minib keldi-da, tuyasini masjidga cho’ktirib, tushovladi.Keyin dedi:”Qaysi biringiz Muhammad alayhissalomsiz?” Rasululloh sahobalar o’rtasida suyanib o’tirgan erdilar. “Mana bu suyanib o’tirgan oq yuzli kishi”,-deb ko’rsatdik. Rasulullohga qarab:”Mutallibning o’g’limisiz?”-deb so’radi.”Ha”,-dedilar.Shunda u Rasulullohga qarab:”Men sizdan ba’zi bir narsalarni jiddiy so’raydirmen,mendan hafa bo’lmangiz”,- dedi.”So’rayvering”,-dedilar Rasululloh.”Sizning va sizdan avvalgilarning rabbinic o’rtaga qo’yib so’raydirmen,sizni Olloh odamlarning barchasiga payg’ambar qilib yubordimi?”- deb so’radi.”Ha”,-dedilar Rasululloh.”Ollohga qasamyod etib sizdan so’raydirmen,5 vaqt namoz o’qimog’imizni Olloh buyurdimi?”-dedi.”Ha”,-dedilar Payg’ambarimiz.”Ollohni o’rtaga qo’yib so’raydirmen,boylardan zakot olib, faqirlarga bo’lib bermoqni sizga Olloh buyurdimi?”-dedi.”Ha ”,-dedilar.”Ollohni o’rtaga qo’yib so’raydirmen,yilda biro y ro’za tutmoqni Olloh buyurdimi?”,-deb so’radi.”Ha”,-dedilar.Shundan so’ng u kishi dedi:”Men siz olib kelgan narsalarga iymon keltirdim.Men o’z qavmim yuborgan vakildirmen,ismim Zimom ibn Sa’laba, Sa’d ibn Bakr qabilasidanmen”. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling