Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Qabr ustiga masjid qurmoq
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 70-bob. Xotin kishini qabrga kim qo‘yadir
- 71-bob. Shahidga janoza o‘qimoq to‘g‘risida
69-bob. Qabr ustiga masjid qurmoq
Oisha onamiz raziyalloxu anxo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob bo‘lib yotganlarida, xotinlari (Ummu Salama va Ummu Habiba) ul kishiga Habashistonda o‘zlari ko‘rgan kanisa to‘g‘risida so‘zlab berishdi. O’sha kanisa «Mariya» deb atalar erdi. Uni Ummu Salama birlan Ummu Habiba raziyallohu anhumo Habashistonga borishganda ko‘rgan bo‘lib, ularni kanisaning chiroyi va uning ichidagy suratlar jalb etgan erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boshlarini ko‘tarib: «Ular, agar oralaridan bir solih kishi vafot etg‘aydir, uning qabri ustiga kanisa qurg‘aydirlar, so‘ng ichiga suratlar chizg‘aydirlar. Ular Olloh taolo dargohida eng yomon otlig‘ insonlardir!»-dedilar». 70-bob. Xotin kishini qabrga kim qo‘yadir? Anas raziyalloxu anxu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlari - Ummu Gulsumning dafn marosimida qatnashdik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qarasak, qabr yonida turibdilar-u, ko‘zlaridan duv-duv yosh oqayotir. Nogahon: «Orangizda bul kecha ayoliga yaqinlik qilmagan kishi bormidir?»-deb so‘radilar. «Men» ,— dedilar Abu Talha. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tushg‘il qabrga!»-dedilar. Abu Talha qabrga tushib, mayyitni lahadga qo‘ydilar». Fulayh raziyallohu anhu: «Nazarimda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Bul kecha gunoh qilmagan kim bordir?» -deb aytdilar shekilli»,- deydilar. 71-bob. Shahidga janoza o‘qimoq to‘g‘risida Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud jangida shahid bo‘lganlarning har ikkitasini bir qabrga qo‘ydirar erdilar. Qabrga qo‘yilmog‘idan avval: «Bulardan qaysi biri Qur’onni ko‘proq yodlagandir?»-deb so‘rar erdilar. «Mana bunisi» deb ko‘rsatishgan mayyitni oldin lahadga qo‘ydirar erdilar. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bul kishilarga (Olloh yo‘lida jonini qurbon qilganlarga) qiyomat kuni men guvohdirmen!»-deb, ularning qonlarini yuvdirmay va janoza ham o‘qitmay dafn qildirar erdilar». Uqba ibn Omir rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Uhud jangida shahid bo‘lganlarga o‘z ajali birlan o‘lgan mayyitga o‘qigandek janoza o‘qidilar. So‘ng, minbarga chiqib: «Men sizlardan avval borib (jannatdan joy) tayyorlab turg‘uvchimen va men sizning (qilgan yaxshi amallaringizga) guvohdirmen. Ollohga qasam ichib ayturmenkim, hozir men Havzi Kavsarni ko‘rib turibdirmen, menga Yer xazinalarining kalitlari (yokim «Yer kalitlari»,- dedilar shekilli) berildi. Olloh haqqi- Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 267 hurmati, men o‘lganimdan keyin sizlardan xotirjamdirmen, faqat, mol-dunyo ketidan quvmasangizlar, deb qo‘rqg‘aymen, xolos»,- dedilar». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling