Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Qabrga lahad va yorma qilmoq
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 78-bob. Agar bola islomga kirishi bilan o‘lsa, unga janoza namozi o‘qiladirmi
77-bob. Qabrga lahad va yorma qilmoq
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud jangida o‘lganlarning ikkitasini bir qilib qabrga qo‘ydirar erdilar. Qabrga qo‘yishdan avval: «Qaysi biri Qur’onni ko‘proq bilg‘aydir»,- deb so‘rar erdilar. Qaysi birini ko‘rsatishsa, o‘shanisini oldin lahadga qo‘ydirar erdylar. So‘ng: «Men bularga qiyomat kuni guvohdirmen!» - der erdilar. Janob Rasululloh shahidlarning jarohatlaridagi qonni yuvdirmay va g‘usl qildirmay, dafn qildirar erdilar». 78-bob. Agar bola islomga kirishi bilan o‘lsa, unga janoza namozi o‘qiladirmi? Hasan Basriy, Shurayh, Ibrohim va Qatodalar bunday deyishgan erkan: «Agar biror oiladagi ota-onadan bittasi islomga kirsa, bolasi ham u birlan birga islomga kirgan hisoblanur. Masalan, Ibn Abbos raziyallohu anhu ham o‘z qavmining dinida qolgan otasi birlan birga ermas, balki islom hali zaif bo‘lgan vaqtda musulmon bo‘lgan onasi birlan birga erdi. Islom yuksalg‘aydir, undan o‘zga dinlar yuksalmag‘aydir!» Solim ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Hazrat Umar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bir to‘da odamlar yo‘ldoshligida Ibn Sayyod yashaydirgan tomonga bordilar. Ibn Sayyodni Baniy Mug‘ola qal’asi yonida bolalar birlan o‘ynab turganda uchratishdi. Ibn Sayyod balog‘atga yetib qolayozgan erdi. U, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muborak qo‘llari birlan yelkasiga qoqmagunlaricha, kelganlarini sezmadi. Janob Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 269 Rasululloh: «Mening Ollohning elchisi erkanlig‘imga guvohlik berg‘il!» - dedilar. Ibn Sayyod Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qarab: «Guvohlik berg‘aymen, siz, darhaqiqat, ummiylarning (savodsizlarning) payg‘ambaridirsiz, lekin siz o‘zingiz ham mening Ollohning elchisi erkanlig‘imga guvohlik berg‘aymisiz?» - dedi shakkoklik qilib. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning gapini rad qilib: «Men Olloh va uning payg‘ambarlariga ishong‘aymen, sen ne demoqchidirsan o‘zi?»-dedilar. Ibn Sayyod: «Menga (miyamga) gohi chin, gohi yolg‘on gaplar kelg‘aydir»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Seni shayton vasvasa qilg‘aydir, men senga ko‘nglimdagi bir gapni aytayin!» - dedilar. Ibn Sayyod «Dux... » degancha qoldi. Rasululloh: «Jim bo‘lg‘il, hech qachon sen payg‘ambarlarga keladirgan vahiydan boxabar bo‘lolmassen!» - dedilar. Darhaqiqat, Janob Rasululloh «Fa-rtaqib yavma ta’tiyu-s-samo’u bi-duxonin mubiynin» degan oyatni o‘qimoqchi bo‘lgan erdilar. Ibn Sayyod ana shu oyatdagi «duxon» (tutun) so‘ziga ishora qilg‘an erdi (oyatning mazmuni: «Osmonni tutun qoplaydirgan kunni kutg‘il!»). Shunda Hazrat Umar: «Uni menga qo‘yib beringiz, kallasini olib tashlaydirmen!» - dedilar. Janob Radululloh sallallohu alayhi va. sallam: «Agar u Dajjol bo‘lsa, unga siz hukmingizni o‘tkaza olmassiz, bordi-yu, Dajjol bo‘lmasa, o‘ldirmog‘ingizdan sizga ne naf?» - dedilar». «Keyinchalik,- deydilar Ibn Umar,- Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ubay ibn Ka’b birlan birga Ibn Sayyod birlan uchrashishgan o‘shal xurmo daraxti ostiga borishdi. Ular Ibn Sayyodga yo‘liqmasdan ilgari uning to‘g‘risida biror narsa bilib olmoqchi bo‘lishgan erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qarasalar, Ibn Sayyod bir baxmal mato ustida yonboshlab yotibdir. Matoda qandaydir bir sirli alomat (yokim ovoz) borligi sezilib turar erdi. Shunda Ibn Sayyodning onasi Janob Rasulullohning xurmo daraxti panasidan kuzatib turganlarini ko‘rib qolib, «Ey Sof (onasi uni shundoq derdi), qarag‘il, ana Muhammad!» - dedi. Ibn Sayyod o‘rnidan sapchib turdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar onasi indamay turganida, Ibn Sayyodning sirini bilib olgan bo‘lur erdik»,- dedilar». Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir yahudiy bola Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xizmatlarini qilib yurar erdi. Bir kuni u kasal bo‘lib qoldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uni ko‘rgani bordilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning bosh tomoniga o‘tirib: «Islomga kirg‘il!» - dedilar. Bola yonida o‘tirgan otasiga qaradi. Otasi bolaga: «Abulqosim sallallohu alayhi va sallamga (ya’ni, Rasulullohga) itoat etg‘il!» - dedi. Bola islomga kirdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bolani do‘zax o‘tidan qutqargan Ollohga shukr!» - deb tashqari chiqdilar». Ubaydullohga Ibn Abbos bunday degan erkanlar: «Men va onam (Makkadan Madinaga hijrat qila olmay, Makkada qolgan) zaif va nochor musulmonlardan erdik. Men bolalarning, onam ersa ayollarning orasinda eng nochori erdi». Ibn Shihob rivoyat qiladirlar: «Har bir vafot etgan bolaga, garchi uni kofir yokim buzuq xotin tuqqan bo‘lsa ham, janoza o‘qilg‘aydir. Islom millatida tug‘ilgan, ota-onasi musulmonlikni da’vo qilayotgan yokim onasi musulmon bo‘lmasa ham, otasi o‘zini «musulmonman» deyayotgan har bir tirik tug‘ilgan bolaga janoza o‘qilgaydir. Chirqirab tug‘ilmagan bolaga, tushib qolganligi sababli, janoza o‘qilmaydir. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Aslida har bir bola tabiatan (sog‘lom) musulmon tug‘ilg‘aydir. Keyin, ota-onasi uni, kamchiliksiz tug‘ilgan hayvon bolasining dumi, qulog‘i yokim shoxini qirqishgandek, istasa — yahudiy qilg‘aydir, istasa — nasoro qilg‘aydir, istasa — majusiy qilg‘aydir. Birorta buzoqning qulog‘i yokim dumi kesilgan holda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling