Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 93-bob. Dushanba kungi o‘lim haqida
www.ziyouz.com kutubxonasi
276 ko‘rmagandirmen, uning ichida (kishilar) chollar, yigitlar, bolalar va ayollar bor erkan. Keyin, meni daraxtning yuqorirog‘idagi boshqa bir uyga olib chiqdilar, bunisi avvalgisidan ham muhtashamroq va fayzliroq erdi. Unda chollar va yigitlar o‘tirishgan erkan. Men sheriklarimga qarab: «Bul kecha meni rosa sayr qildirdingizlar, endi ko‘rganlarimni tushuntirib beringiz!» - dedim. Ular: «Bo‘pti!»-deb menga tushuntira ketdilar: «Lunjiga temir changak tiqilayotgan odam kazzob (yolg‘onchi) bo‘lib, uning gaplari hatto ufqqa qadar yetib borgandir. Unga, o‘zing ko‘rganingdek, qiyomatgacha azob berilg‘aydir. Boshi majaqlanayotgan odam ersa, Olloh taolo Qur’ondan bexabar qilgan odam bo‘lib, u kechalari g‘aflat uyqusida yotgan, kunduzi ham tilovat qilmagan. Unga qiyomatgacha boshini majaqlab, azob berilg‘aydir. Chuqurda ko‘rganlaring - zino qilgan odamlardir, daryoda ko‘rganlaring ersa, sudxo‘rlardir. Daraxt tagida o‘tirgan chol ersa, Ibrohim alayhissalom, tegrasidagi bolalar - odamlarning norasida yoshda vafot etgan bolalaridir. O’t yondirayotgan shaxs o‘t yoquvchilar noziridir. Sen kirgan birinchi uy, umum mo‘‘minlar uyidir, ammo keyingi uy ersa, shahidlar uyidir. Men bo‘lsam, Jabroildirmen, bul esa Mikoildir». Shundan so‘ng, Jabroil va Mikoil menga: «Boshingni ko‘targ‘il!» -dedilar. Men boshimni ko‘tarsam, tepamda bulutga o‘xshash bir joy ko‘rindi. Ular: «Bu sening maskaningdir!» - deyishdi. Men: «Qo‘yib yuboringiz, o‘shal maskanimga kirayin!» desam, ular: «Hali umring tugagani yo‘qdir, tugasa, o‘shal manzilingga kelg‘aydirsan»,- deyishdi». 93-bob. Dushanba kungi o‘lim haqida Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr raziyallohu anhuning huzurlariga kirganimda ul kishi mendan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni necha qavat qilib kafanladingizlar?»-deb so‘radilar. Men: «Uch qavat oq suhuliyya birlan kafanladik, kafan ostida na salla va na ko‘ylak bor erdi»,-dedim. «Janob Rasululloh qaysi kuni vafot etgan erdilar?»-deb so‘radilar. «Dushanba kuni»,- dedim. «Bugun qaysi kundir?»- dedilar. «Dushanba kunidir»,-dedim. «Shu soniyadan to tungacha vafot etsam, degan umiddadirmen!»-dedilar. So‘ng, egnilaridagi betob bo‘lib yotgan kezlarida kiydirilgan kiyimlariga qarab qo‘ydilar. Unda za’faronning dog‘i bor erdi. «Mana shul kiyimimni yuvib, unga tag‘in ikki en kafanlik qo‘shib, kafanlangizlar!»-dedilar. «Bul eski-ku!» - degan erdim, «O’likdan ko‘ra, tirik yangi kiyim kiymakka haqliroqdir! Kafan badandan oqadigan har xil narsalar uchun kerakdir»,- dedilar. Abu Bakr seshanba kechasygacha vafot etmadilar. Dafn qilinganlarida hali tong otmagan erdi». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling