Mavzu: Islom aqidasida fol, sehr va munajjimlikka oid masalalar


Download 178.22 Kb.
bet1/11
Sana31.01.2023
Hajmi178.22 Kb.
#1142327
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Islom aqidasida fol, sehr va munajjimlikka oid masalalar





Mavzu:

Islom aqidasida fol, sehr va munajjimlikka oid masalalar







Kirish .







Asosiy qism.




a)

Fol, sehr va munajjimlikning tarifi va unga bo‘lgan munosabat




b)

Fol, sehr va munajjimning shariatdagi hukmi




v)

Jinlar va shaytonlar haqida







Xulosa.







Foydalanilgan adabiyotlar





Kirish.
بْسِــم الله الرّحْـمَنِ الرّحِــيمِ
الحمدلله رب العالمين والعاقبة للمتقين والصلاة والسلام على رسوله
محمد وعلى اله واصحابه اجمعين


BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM

O‘zining oxirgi va abadiy Kitobi bo‘lmish Qur’oni Karimni butun olamlarni hidoyat qilish uchun nozil qilgan Aliymu Habiyr bo‘lmish Alloh taologa o‘zining jaloliga munosib hamdu-sanolar bo‘lsin. Qur’onni insoniyat uchun qiyomatgacha boqiy hidoyat mayog‘i, barchani ojiz koldiruvchi bayoni va ikki dunyo saodatiga eltuvchi dasturul amal qilib nozil etgan Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo‘lsin!


Qur’onni Parvardigori olamdan qabul qilib olgan, uni butun olamlarga omonat ila yetkazgan, ham o‘qishni, ham yozishni o‘rgatgan, hayotga tamomila tatbiq etib ko‘rsatgan habibi Robbil olamiyn, Muhammad al-Amiynga eng pok va eng yuksak salovotu durudlar bo‘lsin!
O‘zlariga Alloh tomonidan nozil etilgan, ikki dunyo saodatini ta’min etadigan Qur’oni Karimni ummatlarga omonat ila etkazgan, unga qandoq amal qilishni ko‘rgazgan, Sodiku Masduk bo‘lmish, Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo solallohu alayhi vasallamga mukammal va muaattar salavotu durudlar bo‘lsin! Sarvari olam, sayyidul anam, nabiyul arabi val ajam salallohu alayhi vasallamdan, Qur’onni harfma-harf ixlos ila qabul etib, butun vujudlariga singdirib, unga oyatma-oyat amal qilib, zaminda ikki oyoqlab odim otib yuruvchi, jonli qur’onlarga aylangan sahobai kirmlardan Qur’onni nozil etgan Zot rozi bo‘lsin.
Mavzuning dolzarbligi. Qay bir jamiyatda dindan bexabarlik, ilmsizlik, johillik ko‘paysa, turli irim-sirimlar, xurofotlar va zararli illatlarga yo‘l ochiladi. Johiliyat zamonidan buyon ayrim kishilar ongi va dunyoqarashida yashab, ularni haq yo‘ldan chalg‘itib kelgan ba’zi mu-ammolar keyingi paytlarda yana yangidan bo‘y ko‘rsata boshladi. Odamlar orasida folbinga boradiganlar, folbinning aytganini qiladiganlar va folbinlarga oid savollar beradiganlar ko‘payib qoldi.
Shuningdek, sehr va sehrgarlar mavzusiga oid turli mish-mishlar, tashviqotlar, asossiz gap-so‘zlar ham tobora xalq orasida urchib bormoqda. «Falonchi sehrlangan emish, endi uning sehrini yo‘qotadigan odam topilmayotganmish», «Pistonchi erni xotinga yoki xotinni erga «isitib» berayotganmish, uning eshigidan «issiq-sovuq» qildiradiganlarning keti uzilmay qolibdi» kabi gap-so‘zlarning nihoyatda avj olgani ham haqiqat! Shunday usullar bi-lan ba’zilarning bir-birlariga zarar yetkazayotgani, yana kimlar-ningdir shu illatlardan zarar topgani haqidagi gaplar ham ko‘paygani hech kimga sir emas. Ayniqsa o‘ziga sehr yoki «issiq-sovuq» qilishgani haqida so‘zlovchilar tobora ko‘paymoqda. Ular o‘zlariga yetayotgan barcha noxushlik va ko‘ngilsizliklarni sehrdan ko‘rib, o‘zlari gumon qilgan shaxsni ashaddiy dushman deb hisoblab, unga nisbatan nafratlarini yashirolmay yurishibdi.
Munajjimlar osmon jismlari va ularning joylashuv burjlariga qarab kishilar taqdirini aniqlash, ertangi kun haqida ma’lumot berish, g‘aybni bilishni da’vo qilishadi. Munajjimlarning ushbu qilmishlari folbinlikning bir turi bo‘lib, shariatimizda qat’iy ta’qiqlangan. G‘aybni bilish va insonlarning taqdiri borasidagi ilmlar faqatgina Alloh taologa xosdir. Alloh taolo o‘zini vasf etib, shunday deydi:
عَالِمُ الْغَيْبِ فَلَا يُظْهِرُ عَلَى غَيْبِهِ أَحَدًا
«(U) g‘aybni biluvchidir. Bas, O‘z g‘aybidan biror kimsani xabardor qilmas» (Jin surasi, 26-oyat).
Boshqa oyatda shunday deyilgan:
قُلْ لَا أَمْلِكُ لِنَفْسِي نَفْعًا وَلَا ضَرًّا إِلَّا مَا شَاءَ اللَّهُ وَلَوْ كُنْتُ أَعْلَمُ الْغَيْبَ لَاسْتَكْثَرْتُ مِنَ الْخَيْرِ وَمَا مَسَّنِيَ السُّوءُ إِنْ أَنَا إِلَّا نَذِيرٌ وَبَشِيرٌ لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ
ya’ni: “Ayting: “Alloh xohlaganidan tashqari o‘zim uchun (biror) foyda va zarar (keltirish)ga ega emasman. Agar g‘ayb (ilmi)ni bilsam edi, xayrli ishlarni ko‘p qilgan bo‘lur edim va menga yomonlik (ham) yetmagan bo‘lur edi. Men faqat imon keltiradigan qavm uchun ogohlantiruvchi va xushxabar beruvchidirman” (“A’rof” surasi, 188-oyat).
Munajjimlar bashoratining na dinga, na ilmga, na taraqqiyotga aloqasi bor. Bu ishlarning g‘irt bema’niligini turli soha olimlari ham, din ulamolari ham qayta-qayta ta’kidlashlariga qaramay, «munajjim bashoratlari»ning muxlislari kamayish o‘rniga tobora ortib bormoqda.
عَنْ أَبِيْ هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: “مَنْ أَتَى عَرَّافًا أَوْ كَاهِنًا فَصَدَّقَهُ بِمَا يَقُولُ فَقَدْ كَفَرَ بِمَا أُنْزِلَ عَلَى مُحَمَّدٍ” (رَوَاهُ الامَامُ التِّرْمِذِيُّ).
ya’ni: Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Kim folbinga yoki bashoratchiga borsa va uning aytgan gapini tasdiqlasa, Muhammadga nozil bo‘lgan narsaga kofir bo‘libdi”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Shariatimiz qoralagan va musulmonlarni chetlanishga buyurgan yulduzlarga qarab fol ochish va buni insonlar taqdiriga bog‘lash yolg‘on ekanini hozirgi zamon yetakchi olimlari va mutaxassislari ham isbotlab berishmoqda.
عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم: ” مَنِ اقْتَبَسَ عِلْمًا مِنَ النُّجُومِ اقْتَبَسَ شُعْبَةً مِنَ السِّحْرِ زَادَ مَا زَادَ ” (رَوَاهُ أَحْمَدُ وَأَبُو دَاوُد وَابْنُ مَاجَةْ).
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim yulduzlardan biror ilm egallasa, sehrdan bir parcha olgan bo‘ladi. Ziyoda bo‘lgani ziyoda bo‘laveradi”, deganlar” (Imom Ahmad, Imom Abu Dovud va Imom Ibn Moja rivoyati).
Ushbu rivoyatda yulduzlarga qarab g‘ayb ilmini, birovlarning taqdirini, kelajakda bo‘ladigan ishlarni bilishni da’vo qiladigan munajjimlar haqida so‘z ketmoqda.
عَنْ زَيْدِ بْنِ خَالِدٍ الْجُهَنِيِّ قَالَ صَلَّى بِنَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ صَلاةَ الصُّبْحِ بِالْحُدَيْبِيَةِ فِي إِثْرِ السَّمَاءِ كَانَتْ مِنْ اللَّيْلِ فَلَمَّا انْصَرَفَ أَقْبَلَ عَلَى النَّاسِ فَقَالَ هَلْ تَدْرُونَ مَاذَا قَالَ رَبُّكُمْ قَالُوا اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَعْلَمُ قَالَ قَالَ أَصْبَحَ مِنْ عِبَادِي مُؤْمِنٌ بِي وَكَافِرٌ فَأَمَّا مَنْ قَالَ مُطِرْنَا بِفَضْلِ اللَّهِ وَرَحْمَتِهِ فَذَلِكَ مُؤْمِنٌ بِي كَافِرٌ بِالْكَوْكَبِ وَأَمَّا مَنْ قَالَ مُطِرْنَا بِنَوْءِ كَذَا وَكَذَا فَذَلِكَ كَافِرٌ بِي مُؤْمِنٌ بِالْكَوْكَب” (أَخْرَجَهُ البُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ)
Zayd ibn Xolid al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hudaybiyyada tungi yomg‘ir so‘nggidan bomdod namozini o‘qib berdilar. O‘qib bo‘lgach odamlarga yuzlandilar-da: “Rabbingiz nima deganini bilasizlarmi?” dedilar. Odamlar: “Alloh va Uning rasuli biluvchiroq”, deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “(Alloh): “Bandalarimdan Menga mo‘min va kofir holda tong ottirganlar bo‘ldi. Kim “Allohning fazli va rahmati sababli yomg‘ir yog‘dirildi”, degan bo‘lsa, Menga mo‘min bo‘lib, yulduzlarga kofir bo‘libdi. Ammo kim yulduzdagi unday yoki bunday narsa sababli yomg‘ir yog‘dirildi, degan bo‘lsa, Menga kofir, yulduzga mo‘min bo‘libdi”, dedi”, dedilar” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).
Demak, borliqda yuz berayotgan hodisalar, inson hayotidagi o‘zgarishlar yulduzlar almashuvi sababli emas, balki Allohning bandalariga bo‘lgan ilmi, hikmatiga ko‘ra bo‘lar ekan. Jurnal va gazetalarda chop etilayotgan munajjimlar bashoratiga murojaat qilib, unga ishonish kishining imoniga putur yetkazib qo‘yishi mumkin. Vallohu a’lam.

Download 178.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling