Mavzu: Islom aqidasida fol, sehr va munajjimlikka oid masalalar
Fol, sehr va munajjimning shariatdagi hukmi
Download 178.22 Kb.
|
Islom aqidasida fol, sehr va munajjimlikka oid masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Balki odamlarga sehr o‘rgatadigan shaytonlar kofir edilar» 18
Fol, sehr va munajjimning shariatdagi hukmi.
Bugun juda ham dolzarb masalalardan biri xususida suhbatlashamiz. Ayni paytda butun dunyoning eng katta muammolaridan biri bo‘lgan sehr, folbinlik va munajjimlik zamonamizning boshiga bitgan balo bo‘ldi, desak xato qilmaymiz. Islom ulamolari sehrgar shak-shubhasiz, kofir bo‘ladi, degan hukmni o‘qishgan. Bunga hujjat sifatida quyidagi oyat keltiriladi: وَلَـكِنَّ الشَّيْاطِينَ كَفَرُواْ يُعَلِّمُونَ النَّاسَ السِّحْرَ «Balki odamlarga sehr o‘rgatadigan shaytonlar kofir edilar»18 (Baqara surasi, 102). La’natlangan shaytonning odamlarga sehr o‘rgatishdan ko‘zlagan birdan-bir maqsadi ularni mushrikka aylantirishdir. Alloh o‘ziga sherik qilgan nsonni hech qachon kechirmaydi. Bugungi kunda ko‘plab gumroh kimsalarning sehrga aralashib yurganiga guvoh bo‘lasiz. Ular sehrni faqatgina harom deb o‘ylaydilar va uning kufr ekanligini his qilmaydilar. Bu hol ayniqsa, er-xotin orasidagi munosabatlarda – issiq sovuq va shu kabi narsalarni qilishda yaq qol namoyon bo‘ladi. Ular bu ishlarida aksariyat qismi shirk va kufr bo‘lgan so‘zlarni qo‘llaydilar. Islomda sehrgarning jazosi – o‘lim, qatl etmoq. Chunki u Allohga kufr keltirgan yoki shunga yaqinroq, o‘xshash ish qilgan bo‘ladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Ettita halokat qiluvchi gunohlardan saqlaninglar», deb ulardan biri sehr ekanligini bayon qilganlar.19 (Buxoriy, Muslim). Har bir banda Alloh taolodan qo‘rqishi va dunyo-yu oxiratini kuydirib yuboradigan buningdek ishlardan saqlanishi lozim. Jundub (roziyallohu anhu) aytgan edilar: «Sehrgarning jazosi – qilich bilan chopib tashlash». Bujola ibn Ubda aytadi: «Umardan (roziyallohu anhu) vafot etishlaridan bir yil oldin maktub oldik. Unda, «Sehrgar erkagu aelning har birini o‘ldiringlar», deyilgan edi.20 (Ahmad, Abu Dovud). Vahb ibn Munabbah aytadilar: «Alloh azza va jalla: «Mendan o‘zga iloh yo‘q. Sehr qilgan va sehr qildirgan, fol ochgan va fol ochirgan, shumlangan va shumlantirgan kimsalar Mendan emas», deydi», deb ayrim kitoblarda o‘qidim. Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu): «Folbin - sehrgar, sehrgar esa kofirdir» degan (Hokim. Sahih hadis). عَالِمُ الْغَيْبِ فَلَا يُظْهِرُ عَلَى غَيْبِهِ أَحَدًا إِلَّا مَنِ ارْتَضَى مِن رَّسُولٍ فَإِنَّهُ يَسْلُكُ مِن بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِ رَصَدًا «(U zot) g‘aybni bilguvchidir. Bas, O‘z g‘aybidan biron kimsani ogoh qilmas. Faqat O‘zi rozi bo‘lgan payg‘ambarnigina (O‘zining g‘aybidagi sir-asrorining ayrimlaridan ogoh etar)»21 (Jin surasi, 26–27). Mazkur oyati karima yulduzlar g‘aybga dalolat qiladi, deb iddao qilgan kimsa kofir bo‘lishiga dalildir. Allohu a’lam. Zayd ibn Holid Juhaniy (roziyallohu anhu) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vassallam biz bilan bomdod namozi o‘qidilar. Tuni bilan yomg‘ir yog‘ib chiqqan edi. Namozni o‘qib bo‘lgach, odamlarga yuzlanib: «Rabbingiz nima deganini bilasizlarmi?» dedilar. Ular: «Allohning Rasuli bilguvchiroq», deb javob berishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «U zot aytdiki: «Bandalarimdan ayrimlari menga iymon keltirib, ayrimlari kufr kel- tirib tong ottirdi. Kimki: «Allohning fazli va rahmati ila bizga yomg‘ir yog‘di», desa u Menga iymon keltirib yulduzlarga kufr keltiribdi. Ammo kimki: «Bu va bu xodisalar (shamol, bulut) bo‘lib bizga yomg‘ir yog‘di», desa, u Menga kufr keltirib, yulduzlar (osmon jismlari)ga iy -mon keltiribdi»22 (Muttafaqun alayh). Ulamolar aytadilarki: «Agar bir musulmon: «Falon hodisa bo‘lib yomg‘ir yog‘di», desa va bu gapini shu hodisa, masalan havo bulut bo‘lishining o‘zi yomg‘irni paydo qiladi, vujudga keltiradi va yomg‘ir yog‘averadi, degan ma’noda aytgan bo‘lsa, u shubhasiz, murtad bo‘lib kofirga aylanadi. Agar bu gapni shu hodisa yomg‘ir yog‘ishining alomati, odatda shu hodisa bo‘lganda yomg‘ir yog‘adi, biroq yomg‘irning yaratuvchisi Alloh taolo va u Allohning fazli ila yog‘adi, degan ma’noda gapirgan bo‘lsa, kofir bo‘lmaydi. Har qanday holatda ham, bu jumla kofirlar gapi bo‘lgani bois uni aytish makruhdir. وعن حفصة قالت : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : " من أتى عرافا فسأله عن شيء لم تقبل صلاة أربعين ليلة " . رواه مسلم Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki bashoratgo‘yning oldiga borib, undan biron narsani so‘rasa va uni tasdiqlasa, qirq kungacha uning bironta ham namozi qabul qilinmaydi» (Muslim rivoyati). و عن عائشة قالت : سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول : " إن الملائكة تنزل في العنان وهو السحاب فتذكر الأمر قضي في السماء فتسترق الشياطين السمع فتوحيه إلى الكهان فيكذبون معها مائة كذبة من عند أنفسهم . رواه البخاري Oishadan roziyallohu anho, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Farishtalar bulutga tushadilar va osmonda hukm qilingan ishni zikr qiladilar. Shayton o‘g‘rincha quloq tutib, eshitib oladi-da, uni folbinlarga «vahiy» qiladi (uqtiradi). Ular esa unga o‘zlaridan yuzta yolg‘on qo‘shib, yolg‘on gapiradilar» (Buxoriy rivoyati).23 عن ابن عباس قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : " من اقتبس علما من النجوم اقتبس شعبة من السحر زاد ما زاد " . رواه أحمد وأبو داود وابن ماجه Ibn Abbos roziyallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki yulduzlar ilmidan (munajjimlikdan) bironta ilmni egallasa, sehrning bir bo‘lagini o‘g‘irlagan bo‘ladi. U ziyoda bo‘lgan sayin bu ham ziyoda bo‘laveradi»24 (Abu Dovud rivoyati). Qadimgilarning bu masalaga nisbatan munosabatlarini o‘rganib chiqdik. endi bugungi kunimizga ham bir nazar tashlaylik. “Munajjimlar bashorati”ni yozish, tarqatish va ommalashtirishga aralashish emas, balki uni oqish, shunga bag‘ishlangan nashrlarni sotib olish Islom dinida keskin taqiqlangan. “Munajjimlar bashorati” kelajakni bashorat qilish bilan shug‘ullanar ekan, unga murojaat qiladigan o‘quvchi Payg‘ambarimizning (S.A.V) quyidagi hadisga muvofiq tushadi: “Kimki arrof(bashoratchi)ning oldiga borsa va undan biron narsa haqida so‘rasa, uning ibodatlari qirq kecha qabul qilinmaydi” Ushbu hadisda bashoratchining oldiga boorish haqida gapirilyapti xolos, siz uning gaplariga ishonasizmi-yo‘qmi, bu boshqa masala. Garchi “Munajjimlar bashorati”ni o‘qigan odam un ga ishongisi kelmasa ham, yoki qalbida shubha uyg‘onsa ham, yuqoridagi hadisga muvofiq jazolanaveradi, chunki bashoratning rost yoki yolg‘onligiga shubha bilan qarash uni aytgan odamning kelajakni bilish yoki bilmasligiga shubha bilan qarashni anglatadi. Bu esa, Quronda bashorat qilinganidek, Allohga shirk keltirish hisoblanadi. G‘ayb ilmlarini Alloh taoloning o‘zigina bilur. Payg‘ambarlarining ham faqat ayrimlariga bu ilmdan ato etgan. Oyatda: Alloh taoloning azaliy “ilm” sifati bilan oshkorayu pinhona narsalardan doimiy ravishda ogoh ekani bildirilmoqda. Shu ilmiga binoan qiyomatgacha bo‘ladigan ishlarni “Lavhul-mahfuz”ga oldindan bitib qo‘ygan. Insonlar taqdirini Alloh taolo buyruq tariqasida emas, balki vasf va ta’rif sifatida yozgan. Masalan, falon kimsa o‘z ixtiyori bilan shayton vasvasasiga beriladi, deb yozilgan. “Berilsin!” deb yozilmagan. Aks holda banda javobgar bo‘lmas edi. قُلْ لا يَعْلَمُ مَنْ فِي السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ الْغَيْبَ إِلاّ اللَّهُ وَمَا يَشْعُرُونَ أَيَّانَ يُبْعَثُونَ (Naml 65-oyat) Download 178.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling