Mavzu: Islom aqidasida fol, sehr va munajjimlikka oid masalalar


Download 178.22 Kb.
bet6/11
Sana31.01.2023
Hajmi178.22 Kb.
#1142327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Islom aqidasida fol, sehr va munajjimlikka oid masalalar

MUNAJJIMLIK TARIFI
Munajjim so‘zi arabcha “najm” so‘zidan olingan ismi foildir. Najm esa, yulduz degani. Munajjim yulduzni o‘rganuvchi degan ma’noni beradi. Xuddi shu so‘z ajnabiy tilda astronom deyiladi. Astrolog esa, yulduzga qarab fol ochuvchi deganidir. Bu erda ikkisida ham “astro” so‘zi borligiga e’tibor bering.
Islomiy istilohda yulduzga qarab fol ochadiganlarni munajjim (astrolog), yulduzlarni o‘rganadigan olimlarni falakiyot ilmi sohiblari (astronom), deyiladi.
Folbinlik, sehrgarlik va munajjimlik bir-birlariga yaqin narsalar bo‘lgani uchun hadisi sha riflarda ham ular birgalikda zikr etiladi. Deyarli har bir hadisda bunday insonlar va jamiyat ga nisbatan o‘ta zararli bu ma’naviy jinoyatlar kattadan katta gunoh, kufr va shirk ekanligi qayta-qayta ta’kidlanadi.
Imom Bazzor Imron ibn Husayn roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda payg‘ambary- miz Muhammad sallollohu alayhi vasallam:
"Kim qush bilan fol ochsa yoki qush bilan fol ochtirsa, kim sehr qilsa yoki sehr qildirsa, biz- dan emas. Kim folbinga borib, uning aytganiga ishonsa, Muhammad sallollohu alayhi vassal lamga nozil qilingan narsaga kufr keltirgan bo‘ladi", deganlar.
Ma’lumki, Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasallamning "bizdan emas" deyishlari juda ham og‘ir hukmdir. U zotning "bizdan emas" deganlari "Musulmonlardan emas", de - ganlaridir. Demak, hadisi sharifda zikr etilgan toifadagi kishilar musulmonlar safidan chi -qadilar.
Folbinga ishongan odam esa, Muhammad sallollohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan Qur’onga kufr keltiruvchidir. Shuning uchun ham folbin va sehrgarlikni kasb qilib olganlar ning gunohi juda ham katta bo‘ladi.
Biror narsaning hajmi yoki xatari boshqa narsaga solishtirib ko‘rilganda yaxshiroq anglanadi. Sehrning naqadar katta gunoh ekanligini u bilan bir qatorga qo‘yilgan katta gunohlardan tushunib olsa ham bo‘ladi.16
Imomi Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda quyidagilar aytiladi:
«Payg‘ambar sallollohu alayhi vasallam:
"Etti halok etuvchidan chetlaning», dedilar. Odamlar:
"Ular nimalar? ey Allohning Rasuli" - deyishdi.
U zot sallollohu alayhi vasallam:
«Allohga shirk keltirish, sehr, Alloh harom qilgan jonni o‘ldirish, riboxo‘rlik, etimning molini emoq, urush kuni qochish va g‘ofila, mo‘mina, pokiza ayollarni zinoda ayblash", dedilar.17
Ma’lumki, Allohga shirk keltirishdan kattaroq gunoh yo‘q. Ushbu hadisi sharifda insonning halokatiga sabab bo‘luvchi katta gunohlarning ichida birinchi bo‘lib aynan shu katta gunoh ning zikr qilinishi ham bejiz emas.
Undan keyin, ikkinchi o‘rinda, sehr turishi esa, sehrgarlik qanchalik katta gunoh ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. e’tibor bering-a, hatto odam o‘ldirish ham undan keyinga qo‘yil -gan. Chunki sehrgarning jamiyatga etkazadigan zarari odam o‘ldirishdan ham kattaroq zarardir.
Albatta, bunday katta gunoh qilgan shaxs oxiratda jazosini tortadi. Bu narsa hadisi sharif larda bayon qilingan.
Imom Ibn Hibbon Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam:
"Aroq ichuvchi, sehrga ishonuvchi va qarindoshlik aloqasini uzuvchilar jannatga kirmaydi", deganlar.
Ba’zi tuppa-tuzuk kishilar ham "Ishonmaymiz-u, lekin shunday bo‘lsa ham bir borib qo‘ yaveraylik-chi, deb folbinlar huzuriga boraveradilar. Bu ish ham to‘g‘ri emas.
Mo‘min kishi barcha shubhali narsalardan uzoqda yurishi lozim. Misol uchun, aroq ichmasa ham, ichganlarning oldida o‘tirishi mumkin emas. O‘tirsa, gunoh bo‘ladi. Shuningdek, fol -binga ishonmasa, ham folbinning oldiga borish noto‘g‘ri ish hisoblanadi.
Imom Tabaroniy Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambary miz Muhammad sallollohu alayhi vasallam:
"Kim folbinga borib, uning gapiga ishonsa, Muhammad sallollohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan narsadan ajrabdi. Kim uning huzuriga kelsayu gapiga ishonmasa, qirq kungacha namozi qabul bo‘lmaydi", deganlar.
Imom Tabaroniy Vosila ibn Asqa’ roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasuli Akram sallollohu alayhi vasallam:
"Kim folbinning huzuriga kelib, undan biror narsani so‘rasa, qirq kechagacha tavbasi to‘siladi. Agar folbinning gapiga ishonsa, kofir bo‘ladi", deganlar.
Haqiqiy mo‘min kishi uchun qirq kunlik emas, bir vaqtlik namozining qabul bo‘lmasligi ham cheksiz musibatdir. Haqiqiy mo‘min kishi uchun qirq kunlik tavbasi emas, bir onlik tavbasining qabul bo‘lmay qolishi ham og‘ir musiybatdir.
Kishi ishonmasa ham folbinga borishining shariatda ta’kidlanishi ma’lum hikmatga egadir. Avvalo, folbinga ishonmagan odam unga borib nima qiladi? Axir, bu mantiqsiz tasarruf -ku?! Mo‘min kishi esa, bunday tasarruflarga loyiq emas. Ikkinchidan, kim bir chuqurning atrofida aylanaversa, borib-borib unga tushadi.
Shuningdek, folbinning oldiga borgan shaxsning ham unga ishonib qolish ehtimoli kucha yadi. Gunohga botishning oldini olish uchun folbinlarga butunlay urojaat qilmaslik buyurilgan.
Mazkur ma’naviy jinoyatlarni qiluvchilar nafaqat oxiratda, balki bu dunyoda ham nuq- songa uchraydilar. Bu hukmni ham Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamning hadisla ridan olamiz.
Imom Tabaroniy Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasuli Akram sallollohu alayhi vasallam:
"Kimki fol ochsa, qismat xabarini talab qilsa yoki safaridan fol orqali qaysa, hech-hech oliy darajalarga erisha olmaydi", deydilar.
Bu hadisning arabcha matnidagi so‘zlarga bir oz izoh berishga to‘g‘ri keladi. Ana shunda ma’no to‘liqroq chiqsa ajab emas. Biz "qismat xabarini talab qilsa", deb tarjima qilgan "istaqsama" so‘zi fol ochishning bir turini bildiradi. Bunday turdagi fol ochuvchilar johiliyat davrida butlarning huzurida yashar edilar. Ularning o‘ziga xos hayot tarzi bo‘lib, folni ham but huzurida ochishar edilar.
Birov borib fol ochtirish uchun pul yoki uning o‘rnini bosadigan biror narsa bersa, folbin kamon o‘qi solingan idishni olib chiqib fol ochiruvchiga o‘qlardan birini tortishni buyurgan. Agar:"Robbim menga amr qildi", degan yozuvli o‘q chiqsa, ko‘zlangan ishni qilish mumkin bo‘lgan. "Robbim meni qaytardi", degan yozuvli o‘q chiqsa, u ishni qilishmagan. Yozuvsiz o‘q chiqsa, qaytadan fol ochishgan.
Demak, hamma holatda ham fol orqali ish ko‘rganlarning oliy darajalarga eta olmasligi ta’ kidlanmoqda. Ma’lumki, shariatning hamma hukmlari behikmat emas. Men ushbu hadis ni ajoyib hikmatli hukmga shomil, deb o‘ylayman. Uni maqsadga noshar’iy yo‘llar bilan erishmoqchi bo‘lganlarni maqsadga eta olmaydigan qilib jazolash qoidasiga binoan ish ko‘rish, deb tushunaman. Islom shariatida ana shunday qoida bor. Misol uchun, bir merosxo‘r merosga tezroq etish maqsadida meros qoldiruvchining o‘limiga sabab bo‘lsa, u merosdan mahrum qilinadi. U sabr qilib kutib turganida merosdan o‘z ulushini olar edi. Ammo unday qilmadi, tezroq molu mulkka ega bo‘lish maqsadida o‘ziga meros qoldiruvchi shaxsning o‘li miga sabab bo‘ldi. Shuning uchun unga qarshi ko‘riladigan jazo choralaridan biri, aynan ushbu merosdan mahrum qilishdir.
Folbinga murojaat qiluvchilar ham biror yaxshiroq narsaga erishish yoki yomonlikning oldi ni olish, qaytarish maqsadida bo‘ladilar. Lekin bu noshar’iy, harom yo‘l.
Shuning uchun ham ular maqsadlariga eta olmaslik, oliy darajalarga erisha olmaslik bilan jazolana dilar.
Shariat bo‘yicha, biror ishni qilmoqchi bo‘lgan odam, avvalo, yaxshi o‘ylashi, o‘rganishi, biladiganlar bilan maslahat qilishi, shundan so‘ng azm qilsa, Allohga tavakkal qilib ishni boshlashi ko‘rsatilgan.
Agar biror ishni qilish-qilmaslikni tanlay olmay hayron bo‘lsa, maslahatlardan so‘ng ham azmu qarorga kela olmasa, istixora qiladi. Istixora degani, yotishdan oldin tahorat olib,niyat qilib ikki rakat namoz o‘qishni anglatadi. Namoz oxirida istixora duosi o‘qiladi. Yotganda tushida biron-bir ishora bo‘ladi. Shunga qarab ish qiladi.
Shu tariqa folbin bilan bitirishga harakat qilinadigan ishlarning hammasini hal qilish mumkin. Shariatga muvofiq ish olib borgan odam oliy darajalarga erishadi. Shariatga xilof ish qilganlar esa, ikki dunyoda ham oliy darajaga ko‘tarilmaydi.



  1. Download 178.22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling