Mavzu: Islom aqidasida fol, sehr va munajjimlikka oid masalalar


Ayting: «Allohdan boshqa osmonlar va Erdagi biror kimsa g‘aybni bilmas». Ular qachon qayta tirilishlarini ham seza olmaslar.25


Download 178.22 Kb.
bet8/11
Sana31.01.2023
Hajmi178.22 Kb.
#1142327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Islom aqidasida fol, sehr va munajjimlikka oid masalalar

Ayting: «Allohdan boshqa osmonlar va Erdagi biror kimsa g‘aybni bilmas». Ular qachon qayta tirilishlarini ham seza olmaslar.25
Bu hali “Munajjimlar bashorati” ni o‘qigan, ammo unga ishonmagan odamning tarifi. endi agar bashorat ishonch bilan o‘qiladigan bo‘lsa, bunday kishi Payg‘ambarimiz (S.A.V) hadisiga muvofiq dindan chiqadi:
رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَحْمَدُ وَلَفْظُهُ: مَنْ أَتَى عَرَّافًا أَوْ كَاهِنًا فَصَدَّقَهُ بِمَا يَقُولُ فَقَدْ كَفَرَ بِمَا أُنْزِلَ عَلَى مُحَمَّدٍ.
“Kimki kelajakni bashorat qiluvchi oldiga borsa va u aytgan narsalarga ishonsa, Muhammadga yuborilgan narsaga uning aloqasi yoq!” 26
(Sunani Abu Dovud, 3895-Hadis)
“Munajjimlar bashorati”da insonlar taqdiri yulduzlar tomonidan boshqariladi deb davo qilinadi. Ularning fikricha, odamlarning hayoti, kelajagi yulduzlarga yozib qo‘yilgan. Bu Payg‘ambarirmiz (S.A.V) hadisida aytilgan kaftga qarab yoki idish tubiga qarab fol ochadigan bashoratning boshqacha ko‘rinishi, xolos.
“Munajjimlar bashorati” ga ishonadiganlarning niyati ertaga nima bo‘lishini oldindan bilib, unga munosib tayyorgarlik ko‘rish. Shu tarzda ular yomonliklardan o‘zlarini saqlab, yaxshiliklardan imkon qadar unumli foydalanishni maqsad qilishadi. Lekin Payg‘ambarimizga (S.A.V) Alloh bu haqda boshqacha xabar beradi
قُلْ لَا أَمْلِكُ لِنَفْسِي نَفْعًا وَلَا ضَرًّا إِلَّا مَا شَاءَ اللَّهُ وَلَوْ كُنْتُ أَعْلَمُ الْغَيْبَ لَاسْتَكْثَرْتُ مِنَ الْخَيْرِ وَمَا مَسَّنِيَ السُّوءُ إِنْ أَنَا إِلَّا نَذِيرٌ وَبَشِيرٌ لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ
Ayting: «Alloh xohlaganidan tashqari o‘zim uchun (biror) foyda va zarar (keltirish)ga ega emasman. Agar g‘ayb (ilmi)ni bilsam edi, xayrli ishlarni ko‘p qilgan bo‘lur edim va menga yomonlik (ham) etmagan bo‘lur edi. Men faqat imon keltiradigan qavm uchun ogohlantiruvchi va xushxabar beruvchidirman».27
( Arof 188-oyat).
O‘zini haqiqiy musulmon deb hisoblaganlar bu kabi xavflardan uzoqroq yurishlari, nafaqat “munajjimlar bashorati”ni o‘qimaslik, balki balki shu bashorat ramzlari hisoblangan turli shakllar aks ettirilgan uzuklar, taqinchoqlar va boshqa zararli narsalardan ham o‘zlarini ehtiyot qilishlari shart. Nafaqat o‘zimiz, farzandlarimiz ham o‘zi tavallud topgan burjining “munajjimlar bashorati” da ramzi tushirilgan taqinchoqlar taqib yurishmasin. Bularning hammasi maxsus hisob-kitob qilingan tashviqot ishlari mahsuli ekanini va uning bu qadar ommalashib ketishi tasodif emasligini yodimizda tutaylik! Mo‘min hatto o‘z burji nima ekanini bilishga ham harakat qilmasligi kerak.
Bizning diyorimizda folbinlar, sehrgarlar, munajjimlar, turli bashoratchilar, boshqa sayyoralardan kelayotgan elchilar bilan "kontaktda" bo‘layotganlar juda ham ko‘payib ketdi. Ularning ishqibozlari, ixlosmandlarining esa son-sanog‘i yo‘q edi. eng yomoni, bu noqulay holatga diniy tus berildi. Mazkur folbin, sehrgar, munajjim, bashoratchi va hokazolar erkak kishilar bo‘lsa, egniga ajabtovur chopon, boshiga qandaydir salla o‘rab olib, bo‘ynigami,qo‘ ligami tasbeh osib olishar, o‘tirgan joylariga ham shunga o‘xshash narsalar qo‘yib qo‘yishar, birorta duonimi, suranimi chala yodlab olib takror-takror o‘qishardi.
Agar ayol kishi bu ishga qo‘l urgan bo‘lsa, u ham o‘zicha shunga o‘xshash tadbirlar ko‘rgan bo‘lardi. Oqibatda odamlar bu narsalarni dinda bor yoki bo‘lmasa dinga aloqasi bor, deb tushuna boshlashdi.
Ular dunyodagi barcha muammolarni mazkur folbinlar yoki duoxonlar hal qiladigandek xayol qilishar edi. Bo‘yi etgan qiziga sovchi kelmayotgan onalar ham ularga murojaat qila boshlashdi. Kechasi uyqusida cho‘chib ketadiganlar ham, boshqa turli dardlarga chalinganlar ham, ishi yurishmay qolgan savdogarlar ham, biror narsasini yo‘qotib qo‘yganlar ham, tuzukroq mansabni mo‘ljallagan amaldor ham, qo‘li kelmay qolgan qimorboz ham, xullas, ko‘pchilik ularga murojaat eta boshladi. Falon joyda bir qiz chiqibdi, borganlar foyda topyapti ekan, u falonchiga unday depti, pistonchiga bunday depti, degan ma’nodaga shovshuvlar tez-tez tarqalib, odamlar o‘sha tomonlarga chopishadigan bo‘ldi.
Bu ma’nodagi turli gaplar, mishmishlar urchigandan - urchib ketdi. Gazetalar, jurnallar va radio televizordagi eshittirishlar bu borada olovning ustiga moy quyib turishdi. Ularda g‘aroyib hodisalar haqiyda turli suhbat va ko‘rsatuvlar berib boriladigan bo‘ldi.
Lekin o‘sha folbin, sehrgar, munajjim yoki bashoratchilarning ishqibozlari aqlni ishlatib, chuqurroq tafakkur qilib ko‘rmadilar.
O‘zlari e’tiqod qilib, ko‘tar-ko‘tar qilayotgan shaxslar kimlar, ular sodir qilayotgan "mo‘jiza"larning haqiqati nimadan iborat, bu haqda o‘ylab ko‘rmadilar.
Qiziga sovchi chiqmay folbinga kelgan ona o‘sha folbin yoki duoxonning o‘zi beva ekanli gini yoki oilasi buzilganligini yoki farzandlarida, yaqin kishilarida xuddi shu muammoning borligini o‘ylab ham ko‘rmaydi.
Kechasi uyqusida qo‘rqib chiqadigan odam, o‘zi najot istab murojaat qilayotgan shaxsning o‘zi kechalari butunlay uxlay olmasligini xayoliga ham keltirmaydi.
Tuzukroq mansab ilinjida yurgan amaldor, bu odamning qo‘lidan mansabga ko‘tarish kelsa, mening o‘rnimga o‘zi bo‘lib olmasmidi yoki o‘g‘lini, qarindoshini yaxshi bir mansabga ko‘ta rib qo‘ymasmidi, deb o‘ylab ham ko‘rmaydi.Folbin, duoxon va boshqalar esa, o‘zlarining ta’birlari bilan aytganda, bu odam ovora bo‘lib shuncha yo‘ldan kelibdi, noumid bo‘lmasin, deb kelganlarning hammasini qabul qilib, ularning boshini aylantirishda davom etaveradilar. Ularning ko‘plari jin tekkan shaxslar bo‘lib, o‘zlaridan insonlarga, jamiyatga, elu-yurtga tegayotgan zararni anglab etmaydilar.
Haqiqatan ham jin tekkani uchun ko‘pchilikda yo‘q ba’zi narsalar ularda paydo bo‘lishi mumkin. Lekin bu tekkan narsalar kasb qilib olinib, odamlarning boshlarini aylantirishga huquq beradigan fazilat emas, balki davolashga muhtoj darddir.
Folbin, sehrgar va munajjimlarning keltirayotgan zarari faqat odamlarning vaqti, sog‘ligi, moli va harakati bekorga ketayotganligi bilan chegaralanib qolmaydi. Bu zarar undan ham katta, aytish mumkinki, ulkan zararlarga olib boradi. Bu zararlarning eng kichigi odamlar o‘r tasida dushmanlik ruhi, ishonchsizlik tarqatishdir.
Zararlar silsilasi oxiri borib eng katta nuqtaga bid’at, xurofotlar, turli xil buzuq aqiydalarning natijasi o‘laroq, kufrga, shirkka borib etadi. Lekin bu katta ma’naviy jinoyatni na bizning qahramonlarimiz, na-da ularga ergashgan mijozlari anglab etmaydi.
Folbinlarga va fol ko‘ruvchilarga shar’iy kitoblarimizda kohin va arrof deb nom berilgan.
Kohin ba’zi sir narsalarni, to‘g‘rirog‘i, g‘oyibni bilishni da’vo qiladi. Uning ba’zi aytganlari tasodifan to‘g‘ri chiqishi ham mumkin, ammo aksariyat follari noto‘g‘ri chiqadi. Tasodifan to‘g‘ri chiqqan gapini o‘zi ham, odamlar ham takror-takror aytib yuradilar. Noto‘g‘ri chiqqan follari haqida esa, so‘z yuritmaydilar. Natijada kohin kishilarga g‘ayb narsalarni biladigan bo‘lib ko‘rinadi.
Kohinlar o‘zlarining jinlar bilan aloqasi borligini va ularga xabarlarni jinlarning aytishini da’vo qiladilar.
Arrof ham xuddi kohinga o‘xshaydi. Ulamolardan Imom Bag‘aviy: "Arrof-turli ishlarning sabablarini bilishni, yo‘qolgan narsaning qaerda turganini, o‘g‘irlagan narsani kim o‘g‘irlaganini va shunga o‘xshash narsalarni bilishni da’vo qiluvchidir", deydilar.
Albatta, folbinlar ko‘proq kelajakda ro‘y beradigan ishlarni bilishlarini da’vo qiladilar. Bu esa, shariat hukmi bo‘yicha kufr hisoblanadi.
Chunki g‘aybni faqat Alloh Taoloning O‘zigina biladi. Kim uni bilishni da’vo qilsa, kofir bo‘ladi.
Shuningdek, folbinlikning boshqa turlari ham bor.
Bulardan uchtasini Imom Nasaiy Qutn ibn Qubaysadan u kishi esa o‘z otalaridan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam bayon qilganlar:
"Chiziq chizib, tosh bilan va qush bilan fol ochish Allohdan boshqaga ibodat qilishdandir".
O‘sha vaqtlarda turli chiziqlarni chizib, shuningdek, mayda toshlarni tashlab, ularni turli tomonlarga qimirlatib fol ochish hollari uchragan.
Qush bilan fol ochish esa, maxsus boqilgan qushlar orqali amalga oshirilar ekan. Fol ochirmoqchi bo‘lgan shaxs bir ishni qilmoqchi bo‘lsa yoki bunda ikkilanib qolsa, folchining oldiga kelib, pul berib, undan o‘zi uchun fol ochib berishini so‘rar ekan. Shundan keyin folbin qushini olib osmonga otar, qush o‘ng tomonga uchib kesa o‘sha ish- ni qilish, chap tomonga uchib kesa qilmaslik, agar to‘g‘riga uchsa, yana qayta fol ochish kerak bo‘lar ekan.
Folbinlikning bulardan boshqa turlari ham bo‘lgan.
Hozirgi paytda fol ochishning turi son-sanoqsiz bo‘lib ketdi. Qarta bilan, qushlarga xat torttirish bilan, qo‘lning kaftiga qarab turib, suratga qarab va hokazolar... Bularning hammasi kufr ishlardir.
Sehrgar esa, turli uslublarni ishlatib, kishilarga ta’sir o‘tkazuvchi shaxsdir. Qur’oni Karimda sehr to‘g‘risida kelgan oyatda erkakni xotindan ajratuvchi ishlarni qilguvchilar ham sehrgar ekanligi aytilgan. Ulamolar sehrni, kelib chiqishi ma’lum bo‘lmagan ish, deb aytadilar.
Imom Nasaiy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam:
"Kimki tugun tugib unga dam ursa, sehr qilgan bo‘ladi. Kim sehr qilsa, shirk keltirgan bo‘ladi", deb aytganlar.
Qur’onda sehrgarlarning ishi kufr ekanligi aytilgan.
Munajjim deganda yulduzlarning joylashishi, yurishi, harakati, ularning bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab kelajakda bo‘ladigan ishlar haqida xabar beruvchilar tushuniladi.
Hozirgi kunda xuddi shu toifadagi kishilarning ishi yurishgan. Ko‘pgina davlatlarda ro‘znomalar, haftanomalar va oynomalar, radio-televizorlar munajjimlarning kundalik, haftalik, oylik, yillik, o‘n yillik follarini tarqatishda musobaqa qiladilar.
Ba’zi odamlar ishlarini munajjimlarning aytgan gaplariga qarab rejalashtiradilar. Hatto ba’zi davlat arboblarining ularga murojaat qilib turishlari ham sir emas.
Ilm-ma’rifat, taraqqiyot da’vo qilib turilgan davrda bunday ishlarning sodir bo‘lishi, ilohiy ta’limotdan uzoqlashgan inson nima to‘g‘ri kelsa, o‘shani qilaverishini ko‘rsatib turib di.
Islom shariati hukmi bo‘yicha g‘ayb ilmini da’vo qilgani uchun bu ma’nodagi munajjimlik ham kufr hisoblanadi.
Imom Abu Dovud Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasallam:
"Kimki yulduzlardan ilm iqtibos qilsa, sehrdan bir shu’ba iqtibos qilgan bo‘ladi. Ziyoda olsa, ziyoda bo‘lib boraveradi", deganlar.



Download 178.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling