Mavzu: Islom aqidasida fol, sehr va munajjimlikka oid masalalar
Malakaviy ishning maqsadi
Download 178.22 Kb.
|
Islom aqidasida fol, sehr va munajjimlikka oid masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malakaviy ishning nazariy va metodologik asoslari.
- Asosiy qism. Fol, sehr va munajjimlikning tarifi va unga bo‘lgan munosabat
Malakaviy ishning maqsadi: Malakaviy ishdan ko’zlangan maqsad Islom aqidasida fol, sehr va munajjimlikka oid masalalarni tadqiq etishdan iborat.
Malakaviy ishning vazifalari: 1. Fol, sehr va munajjimlikning tarifi va unga bo‘lgan munosabatlarni yoritib berish; 2. Fol, sehr va munajjimning shariatdagi hukmini tahlil qilib berish; 3. Jinlar va shaytonlar haqida ma’lumotlar berish; Malakaviy ishning nazariy va metodologik asoslari. Malakaviy ishning nazariy va metodologik asoslarini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni1, 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5416-son Farmoni2 hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning asarlari, so’zlagan nutqlari tashkil etadi. Malakaviy ishni bayon etishda umumfalsafiy metodlardan kuzatish, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, tarixiylik va mantiqiylik, abstraktlik va konkretlik, analogiya metodlaridan foydalanildi. Asosiy qism. Fol, sehr va munajjimlikning tarifi va unga bo‘lgan munosabat Fol dastlabki ibtidoiy jamoa davridayoq paydo bo‘lgan. Ovchilik, so‘ngra chorvachilikning vujudga kelishi bilan qushlarning sayrashi, uchishi, harakatlariga qarab fol ko‘rish rasm bo‘la boshladi. Ibtidoiy dehqonchilik paydo bo‘lgan davrda yulduzlarga qarab fol ko‘rish tarqaldi; keyinchalik bunday fol ko‘rish negizida sohta fan- astrologiya yuzaga keldi. Fol bobilliklar, etrusklar, yunonlar va boshqa qadimiy xalqlarda keng tarqalgan edi.3 Fol ko‘rish bilan maxsus kishilar – folbinlar shug‘ullanganlar. Ko‘pgina xalqlarda folbinlar suyaklar, don-dukkakli o‘simliklarning mevalari, yong‘oq, qo‘y qumalog‘i va shunga o‘xshash narsalar yordamida fol ochganlar. O‘rta Osiyo xalqlarida fol ochishda fol ochtiruvchining tomirini ushlab, nomini takrorlash yoki boshqa so‘zlar aytish, mayda toshlardan foydalanish yoxud piyoladagi suvga paxta tashlash kabi usullar qo‘llanilgan. Keyingi davrlada kartaga va qo‘l kaftining chiziqlarigaqarab fol ochish keng tarqaldi. Aolning hozirgi kunga qadar saqlanibqolgan eng qadimgi ko‘rinishi tushga qarab fol ochishdir. Fol ochish negizida tabiat va odamlarni boshqaruvchi g‘ayritabiiy kuchlar bilan aloqa bog‘lab, nomalum voqea va hodisani anglash mumkin, degan diniy tasavvurlar yotadi.4 Bugungi kun odamlari sehrgarlik, folbinlik hamda munajjimlik balosi bilan balolangan. Bu hol shu qadar keng rivoj olganki, ommaviy axborot nashrlari ham munajjimlar bashoratiga alohida e’tibor qaratib, odamlarning yulduziga qarab fol ochish bilan ovora. Allohning kalomi, payg‘ambar s.a.v ning hadisi shariflari bir chetda qolib, odamlar shaytonga rostmana shogird tutingan folbinlarning so‘zlariga quloq soladilar. Rosululloh s.a.v o‘z hadislarida folbinning oldiga borib, uning gapini tasdiqlagan kishi dindan chiqishini aytganlar. Nima uchun endi, faqat borgan odam emas, balki borib gapini tasdiqlagan kishi? Hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Gap bu yerda folbinning oldiga borishda emas, balki uning gapini tasdiqlashda. Iymon haqida ketmoqda gap. Kishilar turli maqsad bilan borishadi, ularning aksari kelajagini bilishga qiziqadi. Ammo oddiy bir farosat bilan o‘ylab ko‘rishmaydiki, borayotgan joylarida o‘tirgan odam xuddi men kabi bir odam, agar folbin bo‘lib, kelajakni bilsa, nima uchun turli konlarni topib, lotoreyalarni o‘ynab boyib ketmagan. Nima uchun kambag‘al va xor bo‘lib yashamoqda. G‘aybni biladigan odamga yarashadimi bu holat? deb o‘ylab ham ko‘rilmagani alamli holat. Rosululloh s.a.v folbinning oldiga borib, uning gapini tasdiqlagan kishini murtad demoqdalar. Demak, bu yerda gap iymon-e’tiqod haqida. Inson tabiiy ehtiyojlar mahsuli hisoblanadi. Agar uning qorni ochsa, albatta nimadir yeydi. Halol yo‘l bilan topmasa, haromi bilan ozuqalanadi baribir. Nafsni qondirmasdan uning iloji yo‘q. Balog‘atga yetganlar yo nikohlanib shaxviy nafslarini qondirishadi, yoki zino qilishadi. o‘rtada yo‘l yo‘q. Inson vujudida qalb degan bir javhar bor. U sig‘inishga, qulliq qilishga extiyoj sezadi.5 Shuni yaxshi bilib olaylikki, Allohga sig‘inmagan banda baribir nimagadir, kimgadir sig‘inadi. Allohning taqdiridan rozi bo‘lmagan banda kimningdir so‘zlaridan rozi bo‘ladi va ana shu so‘zlarga ishonadi. Shuning uchun ham, sarvari koinot s.a.v folbinning so‘zini tasdiqlagan kishini dindan chiqadi, deganlar. Shu birgina amal ila inson kofir bo‘lishi turgan gap. Folbinning aytayotgan so‘zlari yuz foiz to‘g‘ri chiqib qolsa ham, uning so‘zlariga mo‘min odam ishonmaydi, chunki Alloh va Uning rosuli buni qat’iy ravishda ta’qiqlagan. Ba’zan insonlarni sinash uchun folbin va munajjimlarning so‘zlarini amalga oshiradi, xuddi shayton bir odamning ko‘ziga qo‘lini tiqib olib, folbinning oldidan chiqqanida qo‘yib yuborgani singari. o‘sha odamning ko‘zi tuzalib ketadida, u buni folbin amalga oshirdi, deb o‘ylaydi. Bu erda gap iymon, e’tiqod, ishonch ustida ketmoqda. Bu savdo qattiq savdo hisoblanadi.6 Hozirgi kunda munajjimlar bashoratiga qarab ish rejalashtiradigan, gazeta nashrlarida chop etilgan bashoratlarga ishonib, kelgan sovchini qaytarib yuborayotgan yurtdoshlarimizga xitobimiz shuki, Allohga qayting, Muhammad s.a.v qaytargan va oxiri abadiy do‘zah bo‘ladigan yo‘lni tark eting. Payg‘ambarimiz Alloh ta’olo har bir odamning taqdirini yaratilishidan ellik ming yil oldin yozib qo‘yilganini aytib ketganlar. Bu taqdirni hech kim o‘zgartira olmaydi. Folbinlarga qatnayotgan opalarimiz, singillarimizning shu bugundanoq bu yo‘ldan qaytishlarini so‘raymiz. o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, nima uchun folbinlar hamisha xor va g‘aribxonalarda yashashadi. Nima uchun ular kelajakni aytib berish uchun o‘zlarida jur’at topishadi-yu, oyoqlari ostida turgan konlarni topib, boyib ketmaydilar. Mayli, bu ham og‘irdir, nega birgina lotoreya qog‘ozini olib, nol butun mingdan bir millimetr narida turgan yozuvni o‘qib, Neksiya yo Damas egasi bo‘lib olishmaydi, nega?! Chunki ular kelajakni hech qachon bila olishmaydi. Alloh ta’olo Qur’oni karimda bu ilm faqat o‘zida ekanligini aytgan. Alloh bilan Allohning ilmini talashayotgan bandalar albatta xor bo‘lajak. Shu mal’un, iflos va jirkanch mahluqlarning oldiga borib, iymon-u e’tiqodni poymol qilmaylik, azizlar. Kimki shu ishni qilgan bo‘lsa, shu bugunoq tavba qilsin, Alloh kechiruvchi Zot. Ulgura olmay qolsa, Allohning o‘zi asrasin, qiyomatda Muhammad s.a.v ga tushgan dinda turmaydi. Hammaga yaratgandan tavfiq va ofiyat so‘rab qolamiz. Albatta, U sahiy va marhamatli Zotdir. Abu Hurayradan (roziyallohu anhu), Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki bashoratgo‘y yoki folbinning oldiga borib, aytayotgan gapini rost deb bilsa, u shubhasiz, Muhammadga tushgan narsaga kufr keltiribdi» Download 178.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling