Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Qabrni (lahadni) berkitishda nzxir va boshqa o‘t-o‘lanlardan
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
75-bob. Qabrni (lahadni) berkitishda nzxir va boshqa o‘t-o‘lanlardan
foydalanmoq Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo Makkai Mukarramani muhtaram qildi. Unda qon to‘kmoq mendan avval ham biror kishiga ruxsat etilmagan, mendan keyin ham biror kishiga ruxsat etilmag‘aydir. Menga ersa, fath kuni (Makka zabt etilgan kuni) bir soatgagina urush qilmoqqa ijozat berildi. Makkaning hatto ko‘katlarini yulmoq, daraxtlarini sindirmoq ham makruhdir! Unda ov qilinmag‘aydir, tushib qolgan narsaga tegilmag‘aydir. Tushib qolgan narsani odamlarga ma’lum qilmoq uchungina qo‘lga olmoq mumkindir»,- dedilar. Shunda men: «Izxirnigina yulmoqqa ruxsat beringiz, chunkim biz undan bo‘yoq olg‘aymiz va uni qabrni (lahadni) yopishda ishlatg‘aydirmiz»,- dedim. Janob Rasululloh sallallohu alayhi Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 268 va sallam: «Izxirni bo‘lsa, mayli!» - dedilar. Abu Hurayra: «Rasululloh o‘shanda «Qabrlarimiz va uylarimiz uchud bo‘lsa, mayli!» deb aytdilar»,-deydilar». 76-bob. Mayyit, biror sababga ko‘ra, qabrdan yoki lahaddan qayta kavlab olinadirmi? Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Ubay qabrga qo‘yilgandan so‘ng kelib, uni qayta kavlab olmoqni buyurdilar. Abdullohni qabrdan chiqarib olishdi. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdullohning boshini tizzalariga qo‘yib, dam soldilar-da, unga o‘zlarining ko‘ylaklarini kiydirdilar (buning sababini Olloh bilg‘aydir). Abdulloh, hayotligida, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning amakilariga bir ko‘ylak kiydirgan erdi. Sufyon birlan Abu Hurayra bundoq deyishadir: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ikkita ko‘ylaklari bo‘lib, bir kuni Abdullohning o‘g‘li: «Yo Rasululloh, ustingizdagi ko‘ylagingizni otamga kiydiringiz!» - deb aytdi». «Sahobalar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdullohning amakilariga qilgan yaxshilig‘i evaziga o‘z ko‘ylaklarini berdilar, deb o‘ylashdi»,- deydilar Sufyon. Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Uhud jangi ketayotgan kunlardan birida, kechasi meni otam chaqirib: «Nazarimda, Rasulullohning sahobalaridan birinchi bo‘lib men shahid bo‘ladirganga o‘xshayman. Mening qarzim bor, uni uzg‘il, opa-singillaringga yaxshilik qilg‘il!» - dedilar. Tong otdi, Otam rahmatlik birinchi bo‘lib shahid bo‘ldilar. Otamga qo‘shib yana bir kishini qabrga qo‘yishdi. Otamni boshqa bir kishi birlan birga qabrda qoldirmoqqa ko‘nglim bo‘lmadi. Olti oydan so‘ng otamni qabrdan qayta kavlab oldim. Bundoq qarasam, ul kishi xuddi shu bugun, endigina qabrga qo‘yilgandek yotibdilar. Faqat quloqlarining bittasi sal o‘zgargan». Jobir raziyallohu onhu rivoyat qiladirlar: «Otamga qo‘shib yana bir kishini qabrga qo‘yishdi. Otamni begona kishi birlan birga qabrda qoldirmoqqa ko‘nglim bo‘lmadi. So‘ng, otamni qabrdan qayta kavlab olib, alohida dafn qildim». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling