Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 152-bob. Xurmoni chamalab o‘lchamoq
www.ziyouz.com kutubxonasi
298 sallam bir to‘da odamlarga hadya ulashayotgan erdilar, men ham o‘shalarning orasida o‘tirgan erdim. Janob Rasululloh odamlardan biriga hadya bermay o‘tib ketdilar. O’sha kishi menga boshqalardan ko‘ra ko‘proq yoqardi. Men o‘rnimdan turib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga sekingina: «Sizga ne bo‘ldi, falonchiga hadya bermadingiz? Xudo haqqi men uni mo‘‘min, deb bilurmen»,- dedim. Janob Rasululloh: «Yoki musulmon»,- dedilar. Men bir oz jim qoldim-da, so‘ng boyagi odamni yaxshi bilganimdan, chiday olmay: «Yo Rasululloh, falonchiga nechun hadya bermadingiz? Xudo haqqi, men uni mo‘‘min, deb bilurmen»,- dedim. Janob Rasululloh: «Yoki musulmon»,- dedilar. Men yana bir oz jim qoldim, keyin boyagi kishini yaxshi bilganimdan, chiday olmay, tag‘in: «Yo Rasululloh, falonchidan xafamisiz? Xudo haqqi, men uni mo‘‘min, deb bilurmen»,- dedim. Janob Rasululloh: «Yoki musulmon»,- dedilar. Keyin, yana bundoq dedilar: «Men undan ko‘ra suyukliroq kishiga ham va o‘zgalarga ham, do‘zax o‘tiga yuz tuban qulamasinlar, deb qo‘rqib hadya bermag‘aydirmen». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odamlar (orasinda aylanib yurganida) bir-ikkita xurmo, bir-ikki osham ovqat uzatsalar, olmay, qaytaradirgan odam miskin ermasdir, balki miskin boyimoq maqsadida boylik izlamaydirgan, odamlar sadaqa berg‘ayman, deb qidirmaydirgan va o‘rnidan turib borib odamlardan sadaqa so‘ramaydirgan shaxsdir!»-dedilar». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Erta bilan qo‘lga arqon olib («Toqqa, bo‘lsa kerak»,- deydilar Abu Hurayra) chiqsangiz, o‘tin terib, yelkangizga orqalab, olib borib sotsangiz, puliga yeb-ichib, ham sadaqa aylasangiz, bu siz uchun odamlardan sadaqa so‘rab, tilamchilik qilgandan afzaldir!»- deganlar». 152-bob. Xurmoni chamalab o‘lchamoq Lumayd So’idiy raziyalloxu anhu rivoyat'qiladirlar: «(Bu voqea) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga «Tabuk» g‘azotiga chiqqanimizda bo‘lgandi. O’shanda, Janob Rasululloh «Vodiyu-l-Quro» degan yerga yetib borganimizda, bir ayolning o‘z bog‘ida aylanib yurganini ko‘rib, sahobalarga: «Bu ayolning bog‘idagi mevalarni chamalab ko‘ringiz-chi!» - dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘zlari o‘n vasaq (1 vasaq— 60 so’, 1 so’- 2 kg 400 gr) deb chamaladilar. Keyin, ayolga: «Mevalarning qancha chiqqanlig‘ini hisoblab qo‘yg‘il!» - dedilar. Tabukka yetganimizda Janob Rasululloh: «Shu kecha qattiq shamol qo‘zgaladirg‘on ko‘rinadir, bittangiz ham turmangiz! Kimning tuyasi bo‘lsa, bog‘lab qo‘ysin!»,- dedilar. Biz tuyalarni bog‘lab qo‘ydik. Keyin, qattiq shamol qo‘zg‘aldi. Bir kishi o‘rnidan turgan erdi, shamol uchirib ketib, Tay’ tog‘iga olib borib tashladi. (Shamol tingach) Ayla podshosi Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bitta oq xachir hadya qilib yubordi. Janob Rasululloh Ayla podshosiga elchisi orqali rido (kiyim) tortiq qilib, «Dengiz sohilida odamlari birlan shay bo‘lib tursin!» degan mazmunda noma ham bitib, berib yubordilar. Vodiyu-l-Quroga qaytib borganimizda, Janob Rasululloh mazkur bog‘dagi" ayoldan: «Bog‘ing qancha hosil berdi?» - deb so‘radilar. Ayol: «O’n vasaq»,-deb aytdi. Janob Rasulullohning chamalari to‘g‘ri chiqdi. Keyin, Janob Rasululloh: «Men Madinaga shoshib turibdirman, kimki Madinaga men birlan tezroq bormakni istasa, yursin!»-dedilar. Ibn Bakkor: «Mening uchun eng aziz shahar!» - degan erdi, Janob Rasululloh: «Bu Tobadir! (ya’ni, Madinadir)»,- dedilar. Keyin, Uhud tog‘ini ko‘rib: "Bu tog‘ bizni yaxshi ko‘rg‘aydir, biz ham uni yaxshi ko‘rg‘aydirmiz, ansorlardan kimlarning hovlisi yaxshi ekanligini sizlarga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling