Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Tuya va sigir bo‘yniga belgi bog‘laydirgan ip yigirmoq haqida


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet412/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

107-bob. Tuya va sigir bo‘yniga belgi bog‘laydirgan ip yigirmoq haqida 
Hafsa raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Yo Rasululloh, odamlar ehromlarini yechishdi, 
nega siz yechmadingiz?» - dedim. Janob Rasululloh: «Chunkim men sochimni 
to‘zg‘imaydirgan qilib (yopishtirib) oldim, jonlig‘imga belgi osdim, shul sababdan hajdan 
qutulmagunimcha ehromimni yecha olmasman»,-dedilar». 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Madinadan jonliq haydab kelsalar, bo‘yniga belgi osadirgan ipini yigirib berardim. Keyin, 
ul kishi ehrom kiygan kishi qilmaydirgan ishlarni ham qilaverar erdilar». 
108-bob. Tuya bo‘yniga belgi osmoq haqida 
Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam jonliq 
bo‘yniga belgi osib va badanini qonatib, qurbonlik ekanini belgilab qo‘ydilar-da, umraga 
ehrom bog‘ladilar». 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jonliqlari 
bo‘yniga belgi osmoq uchun ip yigirib berdim. Keyin, ul kishi jonliqlari bo‘yniga belgi osib 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
339
(yokim men o‘zim osib qo‘ydim shekilli) va badanini qonatib, qurbonlik ekanini belgilab 
qo‘ydilar. So‘ng, o‘zlari Madinada qolib, uni bir kishi orqali Makkaga jo‘natdilar. Shunda, 
ul kishi hajda man’ qilinadirgan ishlardan mahrum bo‘lmadilar». 
109-bob. Jonlig‘i bo‘yniga belgini o‘z qo‘li birlan osib qo‘ygan kishi xususida 
Amra binti Abdurrahmon rivoyat qiladirlar: «Ziyod ibn Abu Sufyon Oisha raziyallohu 
anhoga: «Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu, hajga jonliq jo‘natgan kishi ehrom 
bog‘lagan kishi kabi jonlig‘i zabh qilinguniga qadar makruh ishlardan o‘zini tiyib turmog‘i 
lozimdir, deydir»,- deb maktub yo‘lladi. Oisha raziyallohu anho: «Ibn Abbos aytganicha 
ermas, men Janob Rasulullohning jonliqlari bo‘yniga belgi osadirgan ipni o‘z qo‘lim birlan 
yigirib berardim, ul kishi o‘z qo‘llari birlan uni bog‘lardilar, so‘ng uni otam (Abu Bakr) 
orqali hajga berib yuborardilar, Shunda, Janob Rasululloh jonliqlari zabh qilingunga 
qadar Olloh taolo halol qilgan biror narsadan mahrum bo‘lganlari yo‘q»,- deb javob 
yo‘lladilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling