Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Yo‘lda jonliq sotib olib, uning bo‘yniga belgi osgan kishi haqida


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet414/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

114-bob. Yo‘lda jonliq sotib olib, uning bo‘yniga belgi osgan kishi haqida 
Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Zubayr raziyallohu anhu xalifaligi 
davrida, Haruriya haji yili haj qilmoqchi bo‘ldilar. Shunda ul kishiga: «Odamlar o‘zaro 
urushmoqdalar, ular sizning haj qilmog‘ingizga mone’lik etishmasa, deb qo‘rqg‘aymiz»,- 
deyishdi. Ibn Umar «Rasulullohda sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir»,- degan oyatni 
o‘qib, «Agar shunday qilsalar, Janob Rasululloh kabi ish tutg‘aydirmen, sizlarning 
huzuringizda o‘zimga umrani vojib qildim, deb e’lon etg‘aydirmen»,- dedilar. Shundan 
so‘ng, ul kishi umraga ehrom bogladilar. Keyin, Baydo’ga kelib, bir yo‘la ham haj, ham 
umraga talbiya aytdilar-da, «Haj ham, umra ham bir xil savobga molikdir. men haj va 
umrani birga qo‘shib ado etg‘aymen, deb sizlarni guvoh qilurmen»,- dedilar. So‘ng, 
jonliq sotib olib, bo‘yniga belgi osdilar-da, Makkaga jo‘natdilar. O’zlari (ham) Makkaga 
kelgach, Ka’bani tavof aylab, Safoda sa’y qildilar, bundan ortiq hech narsa qilmadilar. 
Nahr kunigacha ehrom bog‘laganlarga man’ etilgan ishlarni qidmadilar. So‘ng, sochlarini 
oldirib, jonliqlarini zabh qildilarda, Ka’bani bir marta tavof qilganlaricha haj va umrani 
ado etdim, deb hisobladilar. Keyiy: «Nabiy sallalloho‘ alayhi va sallam ham shunday 
qilgan erdilar»,-deb qo‘ydilar». 
115-bob. Erkak kishining o‘z xotinlari nomidan, ular aytmagan bo‘lsa ham, sigir 
zabh qilmog‘i to‘g‘risida 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
birlan birga faqat haj qilmoq niyatida Zulqa’da oyining oxirgi besh kunligida yo‘lga 
chiqdik. Makkaga yaqinlashganimyzda Janob Rasululloh: «Kimning jonlig‘i bo‘lmasa, 
Ka’bani tavof aylab, Safo va Marvada sa’y qilgandan keyin, ehromini yechsin!» - deb 
farmon berdilar. Nahr kuni kelgach, bizga sigir go‘shti olib .kelishdi. Shunda men: «Bu 
nechuk go‘shtdir?»- deganimda, «Rasululloh zaifalari nomidan sigir zabh qildilar»,- deb 
aytishdi». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling