Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Qurbonlik qilgan kishiga qurbonligidan ulush bermaydilar


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet416/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

120-bob. Qurbonlik qilgan kishiga qurbonligidan ulush bermaydilar. 
Ali raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam meni tuya so‘ymoqqa yubordilar
men so‘ydim. Keyin, menga buyurdilar, go‘shtlarini (odamlarga) taqsimladim, keyin 
yana amr berdilar, to‘qimi va terisini ham taqsimladim»,-deydilar. 
Ali raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam menga tuyalarni so‘ymoqni amr 
qildilar, men so‘ydim. lekin menga go‘shtidan ulush berishmadi»,-deydilar. 
121-bob. Jonliqning terisi sadaqa qilinadir. 
Abdurrahmon ibn Abu Laylo rivoyat qiladirlar: «Ali raziyallohu anhuga Nabiy sallallohu 
alayhi va sallam tuyalarni so‘ymoqni buyuribdirlar, keyin ularni shundayligicha, go‘shti, 
terisi va to‘qimi birlan sadaqa qilib yubormoqni amr etibdirlar. Shunda, unga hech narsa 
berishmagan erkan». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
342
122-bob. Tuyaning to'qimi sadaqa qilinadir. 
Ali raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam yuzta tuya qurbonlik qildilar. 
Shunda, menga topshirdilar, uning go‘shtlarini (odamlarga) taqsimladim, yana amr 
qildilar, to‘qimlarini ham taqsimladim, tag‘in buyurdilar, terilarini ham taqsimladim»,- 
deydilar. 
123-bob. 
Olloh taolo bunday deydir: «Ibrohimga Xonai Ka’ba yerini tayin qilib berganimizda 
«Menga hech narsani shirk keltirmag‘il va mening uyimni tavof qilg‘uvchilar, unda 
turguvchilar, ruqu’ va sajda aylag‘uvchilar uchun pokiza tutg‘il, odamlarni hajga da’vat 
etg‘il! Ular.har tarafdan, uzoq-uzoq yo‘llardan piyoda va oriq tuyalarni minib, o‘zlariga 
tegadirgan manfaatlarning guvohi bo‘lmoq uchun yu hayvonlarni rizqu nasiba qilib 
bergani shukronasiga Ollohning ismini muayyan kunlarda zikr qilmoq uchun oldingga 
kelishg‘aydir. Ulardan o‘zlaringiz ham tanovul qilingiz, nochor faqirlarga ham yediringiz, 
keyin badanlarining kirini ketkizsinlar, nazrlariga vafo qilsinlar va qadimiy Ka’bani tavof 
aylasinlar!» deb erdik. Buldir hukm: Kimki Olloh muharram qilgan narsalarni hurmat 
qilg‘aydir, Olloh dargohida xayriyatga erishg‘usidir!» 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling