Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-bob. Yuvuqsiz (junub) odam, agar g‘usl qilsam kasal bo‘laman yoki o‘lib qolaman deb qo‘rqsa, yohud (suvni ishlatib qo‘yib) suvsiz qolaman, deb
www.ziyouz.com kutubxonasi
73 idishda suv berib: «Bor, cho‘milib ol!» dedilar Rasululloh. Xotin tepada tik turib, odamlar suvni nima qilayotganiga qarab turar edi. «Allohga qasam ichib aytamanki, odamlar suv olib bo‘lishgach, meshlarning og‘zini bog‘lashganda, meshlardagi suv bizga ilgarigidan ham ko‘proq ko‘rindi», deydilar Imron. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Xotinga bir nima yig‘ib beringiz!» dedilar. Odamlar xotinga xurmomi, unmi, talqonmi, qo‘yingki, birmuncha rizq yig‘ib, bir narsaga tugib, tuyasiga ortib berdilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xotinga: «Bildingmi, suvingni hech kamaytirmadik, ammo bizga Alloh taoloning o‘zi suv ato etdi», dedilar. Xotin o‘z odamlari oldiga ravona bo‘ldi, yetib borgach, «Ey falonchi, qaerda eding?» deyishdi. «Ajoyib bir voqeaning shohidi bo‘ldim, men yo‘lda ikki kishini uchratdim, ular meni anavi yangi din olib kelgan kishining oldiga olib borishdi. U unday qildi va bunday qildi», deb bor gapni aytib berdi xotin. Keyin bunday deb qo‘shib qo‘ydi: «Allohga qasamki, u kishi manavi bilan ana u (o‘rta barmog‘i bilan yer va osmonga ishora qildi) o‘rtasidagi barcha odamlarning eng sehrgarrog‘i yoki haqiqatan ham Alloh taoloning payg‘ambari bo‘lishi kerak». Musulmonlar o‘sha voqeadan keyin atrofdagi mushriklar (Allohni bir deb bilmaydiganlar) yashaydigan qishloqlarni ishg‘ol qila boshladilar. Lekin haligi xotin yashayotgan joyga tegishmadi. Buni ko‘rgan xotin hamqishloqlariga: «Anavi musulmonlar sizu bizga ataylab tegishmayapti, deb o‘ylayman. Islomga kirsak-chi, nima deysizlar?» dedi. Xotinning gapiga ko‘ndilar va islomga kirdilar». 6-bob. Yuvuqsiz (junub) odam, agar g‘usl qilsam kasal bo‘laman yoki o‘lib qolaman deb qo‘rqsa, yohud (suvni ishlatib qo‘yib) suvsiz qolaman, deb cho‘chisa, tayammum qiladi Amr ibn al-Os qattiq sovuq kechalardan birida (g‘azot vaqti edi) nahs (junub) bo‘lib qoldilar. Shunda tayammum qilib, namoz o‘qidilar. Keyin «O’zingizni halok qilmang, Alloh sizga mahribondir» degan oyatni o‘qidilar, deb zikr qilinadi (ya’ni, kishi ilojsiz qolib, sovuq suvga cho‘milsa, halok bo‘lishi mumkinligiga ishora qilinadi). Amr ibn al-Osning (sovuq suv bo‘la, turib) tayammum qilganini Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga aytishganda, u kishi koyimadilar. Abu Muso: «Nahs odam suv topolmasa, namoz o‘qimaydimi?» deb Abdulloh ibn Mas’uddan so‘radilar. «Agar odamlarga tayammum qilmoqqa ruxsat bersang, ulardan birortasi sal seskansa ham, Abu Muso shunaqa degan edi, deb tayammum qilib namoz o‘qiyveradi», dedilar Abdulloh. «Ammorning Umarga aytgan so‘zi qaerda qoldi, unda?» dedilar Abu Muso. «Ammorning so‘zidan Umar qoniqqan emas, deb o‘ylayman», dedilar Abdulloh. Al-A’mash quyidagi hadisni Shaqiq ibn Salamadan eshitgan ekanlar: «Abu Muso va Abdulloh ibn Mas’udning yonlarida edim. Abu Muso: «Ey Abu Abdurrahmon, agar yuvuqsiz odam suv topmasa, nima qiladi?» deb Abdullohdan so‘radilar. Abdulloh: «Suv topguncha namoz o‘qimaydi», dedilar. «Ammorning aytgan gapi nima bo‘ladi? Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning unga: «Senga tayammum qilmoq kifoya qilgay» deganlari-chi?» dedilar Abu Muso. «Umar bundan qanoatlanmaganligini sezmadingmi? dedilar Abdulloh. «Xo‘p mayli, Ammorning gapini qo‘ya turing, mana bu «Agar suv topmasangiz, tayammum qilingiz» degan oyatga nima deysiz?» dedilar Abu Muso, Abdulloh ibn Mas’ud nima deyishlarini bilmay qoldilar. (Hazrat Umar va Abdulloh ibn Mas’ud mazkur oyati karima tahorati singan odamga taalluqli, deb tushungan edilar. Ammo g‘usl vojib bo‘lgan odam esa, albatta g‘usl qilmog‘i shart, unga tayammum kifoya qilmaydi, deyishar edi. Imom Buxoriy esa yuqoridagi hadislarga tayanib, tayammum kifoya qilgay, deb ta’kidlaydilar). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling