Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Tayammum qiluvchi kishi qo‘lini tuproqqa urgandan so‘ng, puflab
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-bob. Tayammum yuz va ikki qo‘lga qilingay
3-bob. Tayammum qiluvchi kishi qo‘lini tuproqqa urgandan so‘ng, puflab
tashlaydimi? Sa’id ibn Abdurrahmon Abziyning otalari quyidagi hadisni aytib bergan ekanlar: «Umar ibn al-Xattob huzurlariga bir kishi kelib: «Men jimo’ qildim-u, suv topmadim» dedi. Shunda Ammor ibn Yosir Umar ibn al-Xattobga qarab: «Eslaysizmi, ikkovimiz safarda edik. O’shanda siz namoz o‘qimadingiz, men esa tuproqqa yumalab olib, keyin namoz o‘qidim. Buni Janob Rasulullohga aytdim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikki kaftlarini yerga urib, puflab tashladilar, so‘ng ikki kaftlarini avval yuzlariga, keyin ikki qo‘llariga surtdilar-da: «Mana shunday qilsang, kifoya edi, dedilar», dedi». 4-bob. Tayammum yuz va ikki qo‘lga qilingay Sa’id ibn Abdurrahmon ibn Abziydan: «Ammor xam yuqoridagi hadisni aytib berdi-da, qo‘lini yerga urdi, keyin og‘ziga yaqinlashtirib, puflab tashladi. So‘ng yuzi va ikki qo‘liga surtdi». Ammor raziyallohu anhu: «Toza tuproq musulmon kishi uchun (suv yo‘g‘ida) suv o‘rniga o‘tadigan tahorat vositasidir», deb aytgan ekanlar. Ammor raziyallohu anhu Umar al-Xattobga: «Sariyyada ekanligimizda jimo’ qildik», deb quyidagi hadisni aytib bergan ekanlar: «Men tuproqqa yumaladim, keyin buni Rasululloh Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 72 sollallohu alayhi va sallamga aytdim. Shunda u zot: «Yuz bilan ikki qo‘lingga surtmoq senga kifoya qilar edi», dedilar». 5-bob. Toza tuproq musulmon kishi uchun (suv yo‘g‘ida) suv o‘rniga o‘tadigan tahorat vositasidir Hasan Basriy: «Tahorati sinmagan kishi tayammum qilsa, kifoya. Ibn Abbos tayammum qilgan holda imomlikka o‘tdi», deganlar. Yahyo ibn Sa’id: «Sho‘r yerda namoz o‘qimoqning zarari yo‘q, shuningdek o‘sha yerdagi tuproqqa tayammum qilmoqning ham zarari yo‘q», deganlar. Imron dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga safarda edik. Kechasi yo‘l yurdik, tunning oxiriga borganda, bizni uyqu bosdi. Musofir kishi uchun bundan halovatliroq uyqu bo‘lmaydi. Bizni quyoshning harorati uyg‘otdi. Birinchi bo‘lib falonchi, undan keyin falonchi, undan keyin falonchi (hikoya qilguvchi Abu Rajo’ ularning ismlarini aytgandi, lekin Avf degan hikoyachi yodidan chiqarib qo‘ygan), keyin to‘rtinchi bo‘lib Umar al-Xattob uyg‘ondi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uxlasalar, birov uyg‘otmas edi. U kishi o‘zlari uyg‘onar edilar. U kishi uxlab yotganlarida nimalar bo‘lganidan biz bexabar edik. Umar uyg‘ongach, odamlarni nima tashvishga solayotganini fahmlab (o‘zi g‘ayratli odam edi), Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uyg‘ongunlaricha baland ovoz bilan takbir aytaverdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uyg‘ongach, u kishiga ro‘y bergan hodisani shikoyat qildilar. Rasulloh sollallohu alayhi va sallam: «Zarari yo‘q, yo‘lga tushingiz!» dedilar va o‘zlari ham yo‘lga tushdilar. Bir oz yurilgach (tuyadan) tushib, tahoratga suv so‘radilar, keyin tahorat oldilar. Namozga azon aytildi. Odamlar bilan birga namoz o‘qidilar. Namozni o‘qib bo‘lib yonlariga o‘girildilar, shunda bir chetda odamlarga qo‘shilmay, namoz ham o‘qimay turgan bir kishiga ko‘zlari tushdi. «Jamoat bilan namoz o‘qimog‘ingga nima to‘sqinlik qildi, ey falonchi?» dedilar Janob Rasululloh. «Yo Rasulalloh, men yuvuqsizman (junubman), g‘uslga suv yo‘q», dedi boyagi kishi. «Senga tuproq ham bo‘laveradi, tuproqqa tayammum qilmog‘ing lozim», dedilar Rasululloh, so‘ng yo‘lga tushdilar. Odamlar u kishiga chanqaganliklarini aytib shikoyat qildilar, shunda Rasululloh bir joyga kelganda to‘xtab, (tuyalaridan) tushdilar, falonchini chaqirdilar (o‘shanda uni Abu Rajo’, deb chaqirgandilar, Avf degan kishi rivoyat qila turib, uning ismini eslay olmagan), keyin Alini chaqirib: «Boring, suv qidiring!» dedilar. Ikkovlari suv axtarib ketdilar. Yo‘lda tuya ustidagi ikki mesh o‘rtasida o‘tirib ketayotgan bir xotinga yo‘liqdilar. Xotindan: «Qaerda suv bor?» deb so‘radilar. «Bu suvni kecha shu vaqtda yo‘ldan olganman. Erkaklarimiz bizni qoldirib (suv axtarib) ketishgan», dedi xotin. «Suv bunchalik uzoqda bo‘lsa, unda biz bilan yura qoling!» deyishdi (Ali bilan Abu Rajo’). «Qaerga?» deb so‘radi xotin. «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam oldilariga», deyishdi (Ali bilan Abu Rajo’). «Anavi eski dindan chiqib, yangi din olib kelgan odam oldigami?» dedi xotin. «Ha, o‘sha siz aytgan odam oldiga, yuring biz bilan!» deb xotinni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldilariga boshlab ketishdi, yetib borgach, bo‘lgan gapni u kishiga aytib berishdi. «Xotinni tuyasidan tushirdilar», deydilar Imron. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tuyadagi ikkala meshni olib kelmoqni buyurdilar. Olib kelishgach, meshlarning tepa qismidagi kichik og‘zini yechib, hovuchlab suv oldilar-da, yana qayta quyib bog‘lab qo‘ydilar, keyin pastidagi katta og‘zini yechib, odamlarni suv ichishga chaqirdilar. «Suv ichingiz va (tuyalarni) sug‘oringiz!» dedilar Rasululloh. Odamlar xohlaganlaricha suv ichishdi, xohlaganlaricha (tuyalarini) sug‘orishdi. Nihoyat, boyagi yuvuqsiz kishiga bir |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling