Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
www.ziyouz.com kutubxonasi
141
647/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasululloh
sollallohu
alayhi vasallam barcha paytlarda Allohni zikr qilaverardilar», dedilar.
31-bob Betahorat ovqat yeyishning joizligi, bunda karohiyat yo‘qligi hamda
hojatxonadan chiqilgan zahotiyoq tahorat shart emasligi haqida
648/1. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi
vasallam hojatxonadan chiqqanlarida taom olib kelindi. Shunda
u zot uchun tahorat qilib
olishlari eslatildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Namoz o‘qishni xohlasam, o‘sha
paytda tahorat qilaman», dedilar.
649/2. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam huzurlarida edik. U zot hojatxonaga (borib) keldilar. Oldilariga taom qo‘yildi va
u zotga «Tahorat qilib olmaysizmi?» deyilgan edi, «Nima uchun, namoz o‘qirmidim?
Agar namoz o‘qiydigan bo‘lsam, tahorat qilaman», dedilar».
650/3. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.
Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam hojatxonaga ketib, qaytib kelganlarida u zot uchun taom tortiq qilindi.
Hamda: «Ey Allohning rasuli! Tahorat qilib olmaysizmi?» deyishganida, u zot: «Nimaga,
namoz uchunmi?» dedilar.
651/4. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam hojatxonadan bo‘shanib chiqqanlarida u zotga taom tortiq qilindi.
Undan
tanovul qilib suv ushlamadilar.
Amr ibn Dinor roziyallohu anhu Said ibn Huvayris roziyallohu anhudan qilgan
rivoyatlarida quyidagilar ziyoda qilindi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Siz
ovqatdan oldin tahorat qilmadingiz-a?» deyilganida, u zot: «Men namoz o‘qishni
xohlamadim-da,
agar xohlasam, tahorat qilaman», dedilar».
Amr roziyallohu anhu Saiddan bu hadisni eshitganlarini gumon bilan aytdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: