Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
135 qoldirilgandir. Bizning hanafiya mazhabimizda agar er-xotin jimo’ qilishsa-yu, maniy tushmasa, baribir g‘usl qilishlari vojibdir. 22-bob «Suv suvdandir, ya’ni maniy tushsagina, g‘usl shart», deyilgan so‘z nasx bo‘lib, ikki jinsiy a’zo qovushsa, xoh maniy tushsin, xoh tushmasin, g‘usl vojib ekani haqida 613/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar er (xotinning) to‘rt muchasi, ya’ni ikki qo‘li va ikki oyog‘i orasiga o‘tirsa, so‘ngra jinsiy yaqinlik qilsa, u kishiga g‘usl vojib bo‘ladi», dedilar. Matorning rivoyatlarida «agar maniy tushmasa ham» bo‘lib kelgan. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «maniy tushmasa ham» so‘zi zikr qilinmagan. 614/2. Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Maniy tushmasa ham, g‘usl qilish yoki qilmaslik haqida muhojir va ansorlar jamoasi ixtilof qilib qolishdi. Ansorlar: «Otilib chiqqan maniy sababli g‘usl vojib bo‘ladi», deyishdi. Muhojirlar: «Er- xotin qovushsa, bas, g‘usl vojib bo‘ladi», deyishdi. Men: «Men sizlarga bu haqda yechim topib beraman», dedim-da, o‘rnimdan turib Oisha roziyallohu anho huzurlariga kirish uchun izn so‘radim, Oisha roziyallohu anho ruxsat berdilar. Men u onamizga: «Ey mo‘minlar onasi, sizdan bir narsa haqida so‘rashni xohlayapman-u, lekin sizdan hayo qilmoqdaman», desam, Oisha onamiz: «Tuqqan onangdan nimani so‘rasang, mendan o‘sha narsani so‘rayvergin, chunki men ham onangizman», dedilar. Men: «Qaysi narsa sababli g‘usl shart bo‘ladi?» desam, u onamiz: «Bilimdoniga yo‘liqding-ku, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu haqda: «Agar (er xotinining) to‘rt muchasi, ya’ni ikki qo‘li va ikki oyog‘i o‘rtasiga o‘tirib, xatna qilinadigan a’zosi xotinining xatna qilinadigan a’zosiga qovushsa, g‘usl vojib bo‘ladi», dedilar», deb aytdilar. 615/3. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Xotinni jimo’ qilsa-da, maniy tushmasa, ikkovlariga g‘usl qilish lozimmi?» deb so‘radi. U so‘rayotganida Oisha roziyallohu anho ham o‘sha yerda o‘tirgandilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biz sen aytgan narsani mana bu xotin (ya’ni, Oisha) bilan bajaramiz-da, so‘ngra g‘usl qilamiz», dedilar. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling