Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 Bu ilm hadisning matni, sanadi, nasslarining yod olingani, hadisdagi ixtilof va ziyodasini, hadisning sahih va zaifini hamda marfu’, mavqufi va maqtu’larini bilishdir. Imom Muslimning shoh asarlari «Sahihi Muslim»dir. U zotning uzoq yillar davomidagi mashaqqatli mehnatlari va butun aql-zakovatlarining samarasi bo‘lgan ushbu asar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislariga bag‘ishlangan eng e’tiborli va muhim manbalardan biridir. Sahih deb e’tirof qilingan oltita sahih kitobining ikkinchisidir. Ilm ahllari orasida bu asar «Jome’» yoki «Musnad» nomlari bilan ham yuritiladi. «Sahihi Buxoriy» va «Sahihi Muslim» Islom olamida haqli ravishda Qur’oni karimdan keyingi asosiy manbalar hisoblanadi. Imom Muslimning sahih kitoblari Buxoriyning sahih kitoblaridan keyingi o‘rinda turishiga butun ummat ittifoq qilishgan. Bu haqda u zot o‘zlari: «Bu musnadga bir narsa kiritsam, faqat hujjat bilan kiritdim. Biror narsa tushirsam ham, faqat hujjat bilan tushirdim. Sahih kitobim o‘zim eshitgan uch yuz ming hadislardan tanlab olingan», deb aytdilar. Uning tasnifi uchun o‘n besh yil vaqt ketdi. Mana shu yil mobaynida hadislarni to‘plab yig‘ganlari uchun ham Alloh bu kitobning martabasini ko‘tardi.` 2) Ilmu rijolil hadis; Muhaddislar sanadlarni ajratishda e’timod qiladigan eng asosiy narsa shudir. Bunda ismlar, kunyalar, laqablar, nasablar o‘rganiladi. 3) Ilmul jarh vat-ta’dil; Bunda hadis rivoyat qiluvchilarning kuchli yoki zaif ekanliklari tanqid qilinadi. 4) Ilmu ilalil hadis; Bir hadis ilmining eng maxfiy hamda daqiq bo‘lagidir. Imom Muslim shu fanlarda ko‘plab asarlar bitganlar. Imom Muslim safarlari davomida ko‘plab shayxlardan hadis eshitganlar. Hofiz Zahabiy Imom Muslim sahihlarida rivoyat qilgan shayxlarini sanab 220 taga yetkazdilar. Ulardan mashhurlari: 1. Abdulloh ibn Maslama al-Qa’nabiy; 2. Ahmad ibn Hanbal; 3. Ishoq ibn Rohavayh; 4. Yahyo ibn Mu’iyn; 5. Ishoq ibn Mansur al-Kuvsaj; 6. Abu Bakr ibn Abu Shayba; 7. Abdulloh ibn Abdurahmon Doramiy; 8. Abu Kurayb Muhammad ibn A’lo; 9. Muhammad ibn Abdulloh ibn Numayr; 10. Abd ibn Humayd; Imom Buxoriy, Zuhaliy va Ibn Madiyniylar ham u zotning ustozlaridan edi. Muslim ibn al-Hajjojning Imom Buxoriyga nisbatan muhabbatlari cheksiz bo‘lib, u zotga g‘oyatda izzat-ikrom va ehtirom ko‘rsatadilar. Bir kuni Imom Buxoriyning huzurlariga kelib, u Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 3 zotni yuz-ko‘zlaridan o‘pib: «Ey ustodlarning ustodi, muhaddislarning sayyidi, illatli (noqis) hadislarning tabibi! Menga oyoqlaringizni o‘pishga ruxsat qiling», deb murojaat qiladilar. Imom al-Buxoriy Nishopurda turgan vaqtlarida u zotdan bir qadam ham ajralmasdan, ertayu kech u zotning yonlarida bo‘ldilar. Imom Buxoriy Muslimning ustozlaridan biri bo‘lishlariga qaramasdan, u kishidan birorta hadis rivoyat qilib sahihlariga kiritmaganlar. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling