Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
ogohlantirish haqida
Bilgin, Alloh seni muvaffaq qilsinki, hadisning to‘g‘ri va noto‘g‘risini ajratgan har bir kishi faqat ishonchli, sofdil kishilar naql etgan hadislarnigina rivoyat qilib, bid’atchi va o‘zbilarmonlarning rivoyat qilgan hadisidan chetlanmog‘i lozim. Bu so‘zimizning dalili xilof bo‘lmagan holda Allohning quyidagi oyatlarida aksini topgan: «Ey mo‘minlar! Agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biron qavmga musibat yetkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizga afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab-tekshirib ko‘ringlar» (Hujurot surasi, 6-oyat); «Va sizlar rozi bo‘ladigan (adolatli) guvohlardan (guvoh qilinglar)» (Baqara surasi, 282-oyat); «O’zlaringizdan (ya’ni, musulmonlardan) bo‘lgan ikki adolat sohibini guvoh qilinglar» (Taloq surasi, 2-oyat). Bu oyatlardan bildikki, fosiq kishining xabari nuqsonli va qabul etilmaydi. Albatta adolatsiz kishining shahodati rad qilingan. Agar xabar bilan shahodatning ma’nolari ba’zi ko‘rinishlarda farqli bo‘lsa ham, ko‘p o‘rinlarda jamlanadi. Ilm ahli nazdida fosiqning xabari maqbul emas. Shu singari fosiqning shahodati ham barchalarining nazdlarida maqbul emas. Qur’on fosiqning xabarini inkor qilganidek, sunnat ham munkar xabarli rivoyatlarni quyidagi mashhur hadisda aytilganidek rad etadi: 1/1. Mug‘iyra ibn Sho‘‘ba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 8 alayhi vasallam: «Kim mening nomimdan yolg‘on deb gumon qilingan hadisni aytsa, bas, u yolg‘onchilarning biridir», dedilar. 2-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘on ishlatish odobsizlik ekani haqida 2/1. Rib’iy ibn Xirosh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot Ali roziyallohu anhuning quyidagicha xutbalarini eshitganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga nisbatan yolg‘on gapirmanglar. Chunki kim menga nisbatan yolg‘on gapirsa, do‘zaxga kiradi», dedilar. 3/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim menga nisbatan ataylab yolg‘onni qasd qilsa, joyini do‘zaxdan tayyorlab qo‘ysin», degan so‘zlari meni ko‘p hadis aytishdan to‘sib turadi», dedilar. 4/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim mening nomimdan qasddan yolg‘on gapirsa, joyini do‘zaxdan tayyorlab qo‘yaversin», dedilar. 5/4. Ali ibn Rabiy’a roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Masjidga bordim. Mug‘iyra Ko‘faning amiri edilar. Mug‘iyra: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Menga nisbatan yolg‘on gapirish boshqa biron kishiga nisbatan yolg‘on gapirish kabi emas. Bas, kim menga nisbatan yolg‘on gapirsa, joyini do‘zaxdan tanlab qo‘yaversin», deb aytganlarini eshitdim», dedilar». Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Lekin «Menga nisbatan yolg‘on gapirish boshqa biron kishiga nisbatan yolg‘on gapirish kabi emas» jumlasi zikr qilinmagan. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling