Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 11 5-bob Albatta sanad dindandir. Rivoyat ishonchli kishilardan olinadi. Roviylarning kamchiligi bo‘lsa, ayblash joiz, balki vojibdir. Bu harom bo‘lgan g‘iybatlardan emas, balki mukarram shariatni himoya qilishdir 23/1. Muhammad ibn Siyrin: «Albatta ilm – dindir. Bas, diningizni kimdan olayotganingizga qarang», dedilar. 24/2. Ibn Siyrin: «Ilgari odamlar sanad haqida so‘rashmas edi. Qachonki, fitnalar sodir bo‘lgach, bizga «Hadis gapiruvchi kishilaringizni nomma-nom ayting», deydigan bo‘lishdi. Bas, ahli sunnaga qarab, ulardan hadis olinar edi. Va ahli bid’atga qarab, hadislari olinmas edi», dedilar. 25/3. Sulaymon ibn Muso: «Tovusga yo‘liqib, falonchi undoq va bundoq, deb menga hadis aytmoqda, desam, u zot: «Agar gapirayotgan kishing ishonchli bo‘lsa, undan (hadisni) olavergin», dedilar», deb aytdilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 26/4. Ibn Abu Zinod otalaridan qilgan rivoyatda otalari: «Madinada yuz kishi bilan uchrashdim, ularning barchasi ishonchli edi. Lekin ulardan hadis olinmas va uning ahlidan ham emaslar, deb aytilar edi», dedilar. 27/5. Mis’ardan rivoyat qilinadi. Sa’d ibn Ibrohim: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Faqat ishonchli kishilargina rivoyat qilib gapirishadi», deb aytganlarini eshitdim», dedilar. 28/6. Abdulloh ibn Muborak: «Hadisdagi sanad (ya’ni, falonchi pistonchidan rivoyat qilgan, deb nomma-nom zikr qilish) dindandir. Agar sanad bo‘lmasa, xohlagan kishi xohlagan narsasini aytaveradi», dedilar. 29/7. Abdulloh ibn Muborak: «Biz bilan qavm orasida tirgak, ya’ni sanadlar bordir (agar sahih sanad bilan kelsa, hadisni qabul qilamiz, ammo zaif bo‘lsa, qabul qilmaymiz)», dedilar. 30/8. Abu Ishoq Ibrohim ibn Iso Tolaqoniydan rivoyat qilinadi. «Abdulloh ibn Muborakga: «Ey Abu Abdurahmon, ya’ni Abdulloh, «Namozingga qo‘shib ota-onangga ham namoz o‘qimog‘ing va ro‘zangga qo‘shib ota-onangga ham ro‘za tutmog‘ing yaxshilik qilganingdan keyingi yaxshilikdir», deyilgan hadis (menga) yetib keldi», desam, Abdulloh: «Ey Abu Ishoq, bu (hadis) kimdan?» dedilar. Men: «Bu Shihob ibn Xiroshdan», deganimda, «Ishonchli», dedilar. Yana: «U (hadisni) kimdan oldi?» deganlarida, «Hajjoj ibn Dinordan», desam, «Ishonchli», dedilar. Yana: «U (hadisni) kimdan oldi?» deganlarida, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar», dedim. Shunda u zot: «Ey Abu Ishoq, Hajjoj ibn Dinor bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rtalarida (ulov) hayvonining bo‘ynini kesuvchi uzoq cho‘l yo‘li bor. Va lekin sadaqada ixtilof yo‘qdir», dedilar». (Ya’ni, bu hadis hujjat qilinmaydi. Lekin kim ota-onasiga yaxshilik qilishni xohlasa, sadaqa qilsin. U mayyitga yetib boradi.) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling